Электр хавфсизлиги
Ko„chma yerga ulagichlar
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43-rasm. Zamonaviy ko„chma erga ulagich
9.5. Ko„chma yerga ulagichlar
Ko‗chma yerga ulagichlar, ishchilar o‗chirilgan tok o‗tkazuvchi qismlarda ishlayotganda, xatolik bilan berilgan yoki tashqi elektr kuchlanish ta‘sirida paydo bo‗lgan kuchlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi (43-rasm). Ko‗chma yerga ulagichlar yerga ulovchi simlarga ulash uchun xizmat qiluvchi qisqich (qisma) dan, yerga ulovchi va uskunaning barcha fazalari tok o‗tkazuvchi qismlarini o‗zaro tutashtiruvchi simdan, hamda yerga ulashga yoki yerga ulangan konstruksiyaga ulashga mo‗ljallangan uchlik yoki strubsinadan tashkil topgan. 43-rasm. Zamonaviy ko„chma erga ulagich Har bir fazaga alohida ko‗chma yerga ulagichni qo‗llashga ruxsat beriladi. Ko‗chma yerga ulagichlar, quyidagi talablarni qanoatlantirishi shart: 1. Ular yalang‗och egiluvchan ko‗p tolali mis simdan tayyorlanishi va kesimi bir fazali yoki fazalararo qisqa tutashuv jarayonida termik bardoshlik talablarini qanoatlantirishi kerak. 151 Lekin kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‗lgan elektr uskunalari uchun simning kesim yuzasi 25 mm 2 dan, hamda kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalari uchun esa, kesim yuzasi 16 mm 2 dan kam bo‗lmasligi zarur. Mis simlar kesimini termik bardoshligi bo‗yicha tanlab olishda boshlang‗ich haroratni 30°S, yakuniy haroratni 850°S qabul qilishga ijozat beriladi. Ko‗chma himoya yerga ulagichlarni qisqa tutashuv tokidan qizishini hisoblashda, quyidagi sodda formuladan foydalanish tavsiya qilinadi: 272 / min f ust t I S (mm 2 ) (18) bunda: min S - simning minimal ko‗ndalang kesimi, (mm 2 ); ust I - qisqa tutashuv tokining eng yuqori miqdori, (A); f t - fiktiv vaqt, (sek). Amaliyotda, f t uchun ushbu elektr uskunasini asosiy rele himoyasining eng katta o‗rnatilgan ishlash vaqti olinishi kerak. Qisqa tutashuv tokining qiymati yuqori bo‗lgan holda, bitta yerga ulagichning termik mustahkamligi yetarli bo‗lmasa, bir nechta parallel yerga ulagich o‗rnatishga ruxsat beriladi. 2. Bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni shinalarga ulovchi qisqichning tuzilishi, ko‗chma yerga ulagichdan qisqa tutashuv toki o‗tganda dinamik kuch ta‘sirida o‗rnatilgan joyidan chiqib ketmasligi kerak. Qisqichlar, yerga ulagichlarni tok o‗tkazuvchi qismlariga shtanga yordamida o‗rnatish va olishga mo‗ljallangan moslama bilan jihozlangan bo‗lishi zarur. Egiluvchan mis sim qisqichga bevosita yoki mustahkam bosimlangan (presslangan) mis uchlik yordamida ulangan bo‗lishi shart. Sim, ulangan joylaridan sinmasligi uchun, uni egiluvchan po‗lat simli prujina shaklidagi qobiqqa joylashtirish tavsiya qilinadi. Egiluvchan mis sim tolalarini mexanik shikastlanishlardan saqlash maqsadida, simni aniq ko‗rinadigan qobiqqa solib qo‗yish ham tavsiya qilinadi. 3. Simdagi yerga ulash uchun mo‗ljallangan uchlik, strubsina ko‗rinishida 152 yoki yerga ulangan konstruksiya yoki yerga ulagich simiga mahkamlanuvchi qisqich tuzilishiga (барашка) mos holda bajarilishi zarur. 4. Ko‗chma yerga ulagich elementlarining kontakt yuzalari qalaylab oqartirilgandan so‗ng, presslash, payvandlash yoki bolt bilan mustahkamlab, qattiq ulanishi shart. Buning uchun kavsharlash man qilinadi. Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini yerga ulash uchun ishlatiladigan ko‗chma yerga ulagich uskunalarini, metall ustunlar konstruksiyasiga, yog‗och ustunlarni yerga ulash qurilmasiga yoki maxsus vaqtinchalik yerga ulagichga ulash ruxsat etiladi. Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko‗chma yerga ulagich simining ko‗ndalang kesimi kamida 4 mm 2 , elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan izolyatsiyalangan yashin qaytargich trosslari, hamda ko‗chma uskunalarni (laboratoriya va h.k) yerga ulashda esa, mexanik mustahkamligiga qarab, kamida 10 mm 2 bo‗lishi shart. Har bir ko‗chma yerga ulagichda uning raqami va yerga ulovchi simlar-ning ko‗ndalang kesimi ko‗rsatilgan bo‗lishi lozim. Bu ma‘lumotlar yerga ulagichga mahkamlangan birkaga yoki strubsinaga (uchlikka) o‗yib yozilgan bo‗lishi lozim. Har bir ko‗chma yerga ulagichlarni 3 oyda bir marta ishlatishdan oldin va qisqa tutashuv toki ta‘sirida bo‗lgan hollarda, ko‗zdan kechirilishi shart. Simlarning ulangan kontaktlari yemirilganda, mexanik mustahkamligi pasayganda, ular erib tushganda, 5% dan ko‗p sim tolalari uzilganda va shunga o‗xshash holatlarda ko‗chma yerga ulagichlar ishlatishdan olib tashlanishi kerak. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling