Электр хавфсизлиги


 Ko„chma yerga ulagichlar


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

9.5. Ko„chma yerga ulagichlar 
Ko‗chma yerga ulagichlar, ishchilar o‗chirilgan tok o‗tkazuvchi qismlarda 
ishlayotganda, xatolik bilan berilgan yoki tashqi elektr kuchlanish ta‘sirida paydo 
bo‗lgan kuchlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi (43-rasm). 
Ko‗chma yerga ulagichlar yerga ulovchi simlarga ulash uchun xizmat 
qiluvchi qisqich (qisma) dan, yerga ulovchi va uskunaning barcha fazalari tok 
o‗tkazuvchi qismlarini o‗zaro tutashtiruvchi simdan, hamda yerga ulashga yoki 
yerga ulangan konstruksiyaga ulashga mo‗ljallangan uchlik yoki strubsinadan 
tashkil topgan. 
43-rasm. Zamonaviy ko„chma erga ulagich 
Har bir fazaga alohida ko‗chma yerga ulagichni qo‗llashga ruxsat beriladi. 
Ko‗chma yerga ulagichlar, quyidagi talablarni qanoatlantirishi shart: 
1. Ular yalang‗och egiluvchan ko‗p tolali mis simdan tayyorlanishi va 
kesimi bir fazali yoki fazalararo qisqa tutashuv jarayonida termik bardoshlik 
talablarini qanoatlantirishi kerak. 


151 
Lekin kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‗lgan elektr uskunalari uchun 
simning kesim yuzasi 25 mm
2
dan, hamda kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr 
uskunalari uchun esa, kesim yuzasi 16 mm
2
dan kam bo‗lmasligi zarur. 
Mis simlar kesimini termik bardoshligi bo‗yicha tanlab olishda boshlang‗ich 
haroratni 30°S, yakuniy haroratni 850°S qabul qilishga ijozat beriladi. 
Ko‗chma himoya yerga ulagichlarni qisqa tutashuv tokidan qizishini 
hisoblashda, quyidagi sodda formuladan foydalanish tavsiya qilinadi: 
272
/
min
f
ust
t
I
S


(mm
2

(18) 
bunda: 
min
S
- simning minimal ko‗ndalang kesimi, (mm
2
); 
ust
I
- qisqa tutashuv tokining eng yuqori miqdori, (A); 
f
t
- fiktiv vaqt, (sek). 
Amaliyotda, 
f
t
uchun ushbu elektr uskunasini asosiy rele himoyasining eng 
katta o‗rnatilgan ishlash vaqti olinishi kerak. 
Qisqa tutashuv tokining qiymati yuqori bo‗lgan holda, bitta yerga 
ulagichning termik mustahkamligi yetarli bo‗lmasa, bir nechta parallel yerga 
ulagich o‗rnatishga ruxsat beriladi. 
2. Bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni shinalarga ulovchi qisqichning 
tuzilishi, ko‗chma yerga ulagichdan qisqa tutashuv toki o‗tganda dinamik kuch 
ta‘sirida o‗rnatilgan joyidan chiqib ketmasligi kerak. 
Qisqichlar, yerga ulagichlarni tok o‗tkazuvchi qismlariga shtanga yordamida 
o‗rnatish va olishga mo‗ljallangan moslama bilan jihozlangan bo‗lishi zarur.
Egiluvchan mis sim qisqichga bevosita yoki mustahkam bosimlangan 
(presslangan) mis uchlik yordamida ulangan bo‗lishi shart. Sim, ulangan joylaridan 
sinmasligi uchun, uni egiluvchan po‗lat simli prujina shaklidagi qobiqqa 
joylashtirish tavsiya qilinadi. Egiluvchan mis sim tolalarini mexanik 
shikastlanishlardan saqlash maqsadida, simni aniq ko‗rinadigan qobiqqa solib 
qo‗yish ham tavsiya qilinadi. 
3. Simdagi yerga ulash uchun mo‗ljallangan uchlik, strubsina ko‗rinishida 


152 
yoki yerga ulangan konstruksiya yoki yerga ulagich simiga mahkamlanuvchi 
qisqich tuzilishiga (барашка) mos holda bajarilishi zarur. 
4. Ko‗chma yerga ulagich elementlarining kontakt yuzalari qalaylab 
oqartirilgandan so‗ng, presslash, payvandlash yoki bolt bilan mustahkamlab, qattiq 
ulanishi shart. Buning uchun kavsharlash man qilinadi. 
Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini yerga ulash uchun ishlatiladigan 
ko‗chma yerga ulagich uskunalarini, metall ustunlar konstruksiyasiga, yog‗och 
ustunlarni yerga ulash qurilmasiga yoki maxsus vaqtinchalik yerga ulagichga ulash 
ruxsat etiladi.
Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko‗chma yerga ulagich simining 
ko‗ndalang kesimi kamida 4 mm
2
, elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan 
izolyatsiyalangan yashin qaytargich trosslari, hamda ko‗chma uskunalarni 
(laboratoriya va h.k) yerga ulashda esa, mexanik mustahkamligiga qarab, kamida 
10 mm
2
bo‗lishi shart. 
Har bir ko‗chma yerga ulagichda uning raqami va yerga ulovchi simlar-ning 
ko‗ndalang kesimi ko‗rsatilgan bo‗lishi lozim. Bu ma‘lumotlar yerga ulagichga 
mahkamlangan birkaga yoki strubsinaga (uchlikka) o‗yib yozilgan bo‗lishi lozim. 
Har bir ko‗chma yerga ulagichlarni 3 oyda bir marta ishlatishdan oldin va qisqa 
tutashuv toki ta‘sirida bo‗lgan hollarda, ko‗zdan kechirilishi shart. Simlarning 
ulangan kontaktlari yemirilganda, mexanik mustahkamligi pasayganda, ular erib 
tushganda, 5% dan ko‗p sim tolalari uzilganda va shunga o‗xshash holatlarda 
ko‗chma yerga ulagichlar ishlatishdan olib tashlanishi kerak. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling