Электр хавфсизлиги


Dielektrik rezinali gilamlar va izolyasiyalovchi tagliklar


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

Dielektrik rezinali gilamlar va izolyasiyalovchi tagliklar. 
Dielektrik rezinali gilamlar (40-rasm), o‗ta zax xonalardan tashqari, boshqa 
barcha yopiq joylarda joylashgan 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli 
elektr uskunalarida qo‗shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. 
b)
a)
40-rasm. Dielektrik rezinali gilamdar 
Gilamlarning vazifasi va ishlatish sharoitiga qarab, «Elektr uskunalarini 
ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablariga asosan quyidagi 2 guruhda 


144 
tayyorlanishi zarur: 
- 1-guruh, oddiy tayyorlangani -15°S dan +40°S gacha haroratda ishlatish 
uchun; 
- 2-guruh, moy va benzinga chidamli -50°S dan +80°S gacha haroratda 
ishlatish uchun. 
Gilamni ishlatishda, uning pasport ma‘lumotiga ahamiyat berish lozim. 
Ko‗zga tashlanadigan, mexanik ravishda yirtilgan joylari bo‗lsa, uni, albatta 
chiqitga chiqarish zarur. 
Zax va tez ifloslanuvchi xonalarda izolyatsiyalovchi tagliklarni qo‗llash 
zarur. 
Izolyatsion taglik balandligi 70 mm dan kam bo‗lmagan izolyatorlarga 
o‗rnatilgan to‗shamadan tashkil topgan. 
Tagliklar uchun maxsus ishlab chiqarilgan, СН-6 turdagi izolyatorlarni 
ishlatish tavsiya qilinadi. 
To‗shama o‗lchami 50x50 sm bo‗lgan, qalinligi 30 mm dan kam bo‗lmagan 
quruq, ko‗zsiz, buralmagan yog‗och taxtachalardan yasalishi zarur. Qirqilgan 
taxtachalar oralig‗i 3 sm dan oshib ketmasligi lozim.
Yaxlit to‗shamalarni ishlatish tavsiya qilinmaydi, chunki ular izolyatorlarda 
tasodifiy shuntlanishni yo‗qligini tekshirishni qiyinlashtiradi. 
To‗shama hamma tomonidan bo‗yalgan bo‗lishi lozim. 
Izolyatsiyalovchi tagliklar mustahkam va barqaror bo‗lishi zarur. Olib 
qo‗yiladigan izolyatorlar ishlatilganda, tushamani izolyator bilan ulanganda, uning 
sirg‗anib ketishini bartaraf etish kerak. 
Taglik ag‗darilib ketmasligi uchun to‗shama chetlari izolyatorning tayanch 
yuzasidan tashqariga turtib chiqmasligi zarur. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling