Электр хавфсизлиги
Shaxsiy ekranlovchi to„plamlar (komplektlar)
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
9.4. Shaxsiy ekranlovchi to„plamlar (komplektlar)
Shaxsiy ekranlovchi to‗plamlar, xodimlarni 50 Gs chastotali kuchlanishi 500 kV bo‗lgan elektr uskunalari yuzaga keltiradigan, kuchlanganligi 60 kV/m gacha bo‗lgan elektr maydoni ta‘siridan shaxsiy himoya qilish uchun mo‗ljallangan. Kuchlanish ostida bo‗lgan tok o‗tkazuvchi qismlarga tegish mumkin bo‗lgan hollarda, ya‘ni panellarda, elektr yuritmalarda, ishlab turgan yig‗malarda va 1000 147 V kuchlanishgacha bo‗lgan zanjirlarda ishlashda, elektr asbob-uskunalarni oldini olish (профилактик) sinovida (bevosita sinov o‗tkazayotgan shaxslar uchun), elektr payvandlash ishlarida shaxsiy ekranlovchi to‗plamlardan foydalanish man qilinadi. Havo harorati 42°S dan yuqori bo‗lganda ekranlovchi to‗plamlarni ishlatish tavsiya qilinmaydi. Bunday hollarda statsionar yoki ko‗chma ekranlovchi uskunalarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ekranlovchi to‗plamlarga maxsus ish kiyimi, poyafzal, qo‗l va boshni himoya qiluvchi vositalar, yuzni himoya qiluvchi ekran (kerak bo‗lgan taqdirda), strubsinali yerga ulagich simlari kiradi. Ekranlovchi to‗plamlar uch xilda tayyorlanadi: - ЭПР podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini ta‘mirlash ishchilari uchun (yozgi); - ЭПХ podstansiyaning navbatchi ishchilari uchun (yozgi); - ЭПЗ havo elektr uzatish tarmoqlarini ta‘mirlovchi ishchilar uchun (qishki). ЭПР ekranlovchi to‗plamga: kapyushonli kurtka va yarim kombinezon, elektr o‗tkazuvchi qoplamali kaska yoki uning ustidan kiyiladigan elektr o‗tkazuvchi toladan to‗qilgan jild, elektr o‗tkazuvchi tagi charmli poyafzal, elektr o‗tkazuvchi rezinadan tayyorlangan rezinali etik, elektr o‗tkazuvchi qo‗lqop (ikki juft), strubsinali yerga ulagich simlari kiradi. ЭПХ ekran to‗plami ЭПР to‗plamiga o‗xshash bo‗lib, ekranlovchi ish ki- yimi bilan farq qiladi (kurtka, yarim kombinezon o‗rniga elektr o‗tkazuvchi toladan tayyorlangan xalat ishlatiladi). ЭПЗ ekranlovchi to‗plam tarkibiga: kapyushonli kurtka va issiq astarli shim, elektr o‗tkazuvchi qoplamali yoki jildli kaska, kigiz etik ustidan kiyish uchun elektr o‗tkazuvchan rezinali kalish, elektr o‗tkazuvchan rezinadan tay-yorlangan rezinali etiklar, elektr o‗tkazuvchi qo‗lqoplar yoki yengli qo‗lqoplar, strubsinali yerga ulagich simlari kiradi (42-rasm). Yilning sovuq vaqtlarida ЭПР va ЭПХ yozgi ekranlovchi to‗plamlarni qishki umumiy foydalaniladigan ishchi kiyim ustidan kiyib ishlatish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling