Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida
Download 339.28 Kb.
|
Maxsus maktabda sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari ish tizimi
- K I R I SH Mavzuning dolzarbligi
MUNDARIJA Kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida 1.1. Maxsus maktabda ta’lim-tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining o‘rni 2 Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari faoliyati mazmun mohiyati 2.1. Maxsus maktabda sinf rahbari ishinining asosiy vazifalari 2.2. Sinf rahbari olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari, metodlari 3 Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari ish tizimi 3.2. Maxsus maktbada sinf rahbarining ota-onalar, jamoatchilik va mahalla bilan olib boradigan ish turlari 3.3. Sinf rahbari faoliyatini takomillashtirishda uslubiy birlashmaning o‘rni Xulosa
K I R I SH Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizning eng muhimlaridan biri jamoatchilik fikri, ijtimoiy fikrni azaliy qadriyatlarimiz bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasiga, oilaga, nogironlarga nisbatan mehr-muruvatlilik, insonparvarlilik, kelajak avlodning sog‘ligi uchun qayg‘urish har birimiz, hammamizning ishimiz ekanligini anglashimiz bo‘ldi, desak adashmaymiz. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilayotganligi, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilimlar ko‘lamini tobora oshib borayotganligi, ta’limni tubdan yaxshilanishi, fanlar bo‘yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta’limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqish davr talabidir. Jamiyatda o‘qituvchi, birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, mehnatkashlarga har tomonlama bilim berishdan iborat bo‘lgan faxrli hamda ma’sul vazifalarni bajaradi. Bu vazifalarni ado etish pedagogning alohida ijtimoiy roli va uning jamiyatdagi faxrli o‘rnini belgilaydi. Jamiyatda o‘qituvchi faoliyati yuksak baholanmoqda va uning obro‘si yuksaltirilmoqda. Inson asosan, ikki yo‘l bilan tarbiyalanishi mumkin: birovlarning bevosita ta’siri, ya’ni o‘rgatishi, shuningdek, donolar fikrlari, o‘gitlari va asarlarini o‘qish orqali, inson o‘zining fikrlashi, odamlar xatti- harakatidan, qilgan va qilayotgan ishlaridan tegishli xulosa qilishning eng qudratlisi tafakkur vositasida tarbiyalanishi mumkin. Allomalarimizdan A.Avloniy «Agar kishiga hayotning o‘zi berolmas ta’lim, unga ta’limni bera olmas hech bir muallim»1deya nasihat qiladilar, bu iison o‘z tafakkuri yordamida tarbiyalanishi deb ahloq normalarini egalash, yashayotgan jamiyat, insongarchilik xulq-atvor o‘zida jamlangan ahloqiy ko‘nikma va malakalarni mujassamlashtirishi lozimligini taqozo etadi. Ko‘pchilik olimu-fo‘zalolar tarbiya deganda faqat bolaga tarbiya berishni tushunadilar. Bizningcha bu tarbiyaga faqat bolalar emas, kattalar ham muhtojdirlar. Hozirgi davr yigit-qizlar, shuningdek yoshi ulardan ham ulug‘lar odob-ahloq aqidalariga zid ish tutadilar. Bunga dalillar ko‘p topiladi. Demak, tarbiyashunoslik insonni go‘dakligidan boshlab to umrining oxirigacha hayot va turmush odobiga o‘rgatuvchi va shu narsalarni tahlil hamda tadqiq etuvchi fandir. Tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi bu ta’rif, ma’no va mazmuniga odamlarning butun umri davomidagi xulq-atvori, odob-ahloqi, bu boradagi milliy an’analarga sadoqat va shularga tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchining to‘la amal qilishi, milliy qadriyat, ma’naviyat va ma’rifatga hurmat, iymon va vijdon singari go‘zal fazilatlar singgan. O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini chuqur tahlil qilib ko‘rilsa, unda yuqorida zikr qilingan tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi fikrlar o‘z ifodasini topganini kuzatish mumkin. Boshqacha aytganda, bizning «Konstitusiyamiz - milliy tarbiya va tarbiyashunoslik qomusidir».2 Uning deyarli har bir moddasida tarbiya ma’nolari silsilasi mavj urib turibdi. Unda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi so‘zlari aynan ishlatilmasada, ularning burch va vazifalari aks etgan. Bu haqda Prezidentimiz I. A. Karimov shunday yozadi: «Tarbiyachi - ustoz bo‘lishi uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak»3. Bu yerda tarbiyachining o‘zi hamisha o‘rnak bo‘lishi zarur degan fikr ilgari surilyaptiki, shu haqida tarbiyaning asosiy tamoyillaridandir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Bilimdon va ma’naviy yetuk bo‘lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi»4. .... Chunki islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi.... Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisining IX sesiyasida Prezidentimiz I.A.Karimov so‘zlagan nutqi va unda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun5 hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim-tarbiya tizimini islox qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish sog‘lom salohiyatli, barkamol avlodni tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilanib, uni hayotta tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan deb hisoblanadi. Demak bugungi kunda yosh avlodni har jihatdan barkamol inson sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb muammolardan etib belgilangan. Yuqorida aytib o‘tilganmizdek sog‘lom bolalar qatorida ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maxus ta’lim tarbiyasiga ham ta’luqli bo‘lib bu sohada ham islohotlar olib borilmoqda. Maxsus maktablarning to‘rtinchi sinfidan boshlab o‘qitish predmeti bo‘yicha amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish va tarbiyalash ishini yakka o‘qituvchi, olib borganligi sababli o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida to‘g‘ri va muntazam birlik vujudga kelgan bo‘lsa, endilikda bir vaqtning o‘zida eshitishda nuqsoni bo‘lgano‘quvchi bir necha o‘quvchi bilan aloqaga kirishadi. Bu hol eshitishda nuqsoni bo‘lgano‘quvchilar haqida vujudga kelgan stereotiplarning buzilishiga va yangisini hosil bo‘lish talab etadi. Ayni vaqtda sinfdagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishning sifati, sinfdan tashqari ishlarning uyushtirilishi, maktab va oila aloqasini mustahkamlash, o‘quvchilarning bolalarga nisbatan qo‘yadigan talablarida birlik bo‘lishni ta’minlash kabi muhim vazifalarni hal etish uchun javobgar shaxs bo‘lishini sharoitning o‘zi talab qiladi. Aynan ana shu maqsadda maxsus maktabda 5-sinfdan boshlab shu sinfda dars beradigan, tajribali, obro‘li, o‘quvchilardan sinf rahbari qilib tayinlanadi. Maxsus maktablarda sinf rahbarining ish tizimiga oid ishlar respublikamizda yetarlicha o‘rganishmagan va bu muammoning ko‘pgina qirralari ham xanuz o‘z yechimini kutmoqda. Download 339.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling