Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida


Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari ish tizimi


Download 339.28 Kb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi339.28 Kb.
#1586718
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Maxsus maktabda sinf

3 Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari ish tizimi


3.1. Maxsus maktabda sinf rahbarining ota –onalar, jamoatchilik va mahalla bilan olib boradigan ish turlari
Sinf rahbari tarbiyaviy ish-faoliyatining muvaffaqiyatga erishuvi ko‘p jihatdan uning o‘quvchilar ota-onalari hamda jamoatchilik bilan mustahkam hamkorligiga bog‘liqdir.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari, odatda, oilalar bilan doimiy aloqa bog‘lab turadilar. Va sinfdan boshlab maktabning oila bilan aloqasi asosan sinf rahbarlari orqali amalga oshiriladi. Albatta, har haysi o‘qituvchi o‘quvchilar oilalari bilan ma’lum darajada aloqada bo‘ladi, ammo bu aloqa o‘qtin-o‘qtin bo‘ladi. Sinf rahbari esa o‘quvchilar ota- onalari bilan doimiy va muntazam suratda aloqa bog‘lab turadi. Bu aloqa, eng avvalo, maktab va oilaning qolaversa maxallaning o‘quvchilar tarbiyasiga bir xildi ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash uchun zarurdir. Sinf rahbari ota-onalar bilan uchrashar ekan, ularni maxsus maktab talabi bilan tanishtiradi, o‘quvchilarga psixologik va korreksion ta’sir ko‘rsatish metod va usullari to‘g‘risida aytib beradi. U barcha ota-snalar o‘z bolalarining diqqat-ye’tibor bilan qaraydigan hamda mehribon murabbiylari bo‘lishlari uchun harakat qiladi.
Ko‘pchilik ota-onalar sinf rahbari talabini yaxshi tushunmaydilar va qo‘llab-quvvatlamaydilar, shu boisdan ham sinf rahbari bolalarini to‘g‘ri tarbiyalab boradi va maktabga uning yosh avlodni tarbiyalash borasidagi murakkab va ko‘p qirrali tarbiyani ota-onalarga tuushuntirib boradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, o‘zining tor oilaviy doirasiga biqinib olib, jamoat tarbiyasi talablariga o‘zining alohida yo‘lini, o‘zining bolalar bilan munosabatidagi uslubini qarama-qarshi qo‘yadigan ota-onalar ham yo‘q emas ekan .
Ba’zi bir ota-onalar o‘z bolalarini erkalatib, tantiq qilib qo‘yadilar, ularning barcha xohishlarini bajo keltirishga harakat qiladilar, ularni mehnatdan chetlashtirib qo‘yadilar. Bunday oilalarda bolalar hatto oddiy uy-ro‘zg‘or ishlariga ham ishtirok etmaydilar, o‘z o‘rinlarini yig‘ishtirmaydilar, uyni saranjomlab tozalashga, pol yuvishga va shu kabi ishlarga qarashmaydilar. Natijada, bunday bolalar tannoz, xudbin bo‘lib o‘sadilar. Ularda qimmatli xislatlarning tarkib’ toptirishda iroda va harakterlari tarkib topishiga, ularni tushuntiradi.
Sinf rahbari murakkab va mas’uliyatli ishda, ya’ni o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalab yetishtirish borasida maktab, oila va maxalla hamda jamoatchilik kuch-g‘ayratlarini birlashtirishda ayniqsa katta rol o‘ynaydi. U keng xalq ommasi orasiga pedagogik bilimlar yotadi, ota-onalarga ularning o‘z farzandalarini tarbiyalab yetishtirish borasidagi o‘z sharafli burchlarini yanada yaxshiroq o‘tashlarida yordam beradi.
Jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga jalb etish sinf rahbarining eng muhim vazifasidir. Maxsus maktab hamisha jamoatchilikdan yordam olib keldi.
Mamlakatimizda 3-dekabr nogironlar kuni deb e’lon qilingan va bu kuni barcha mehr-muruvvat ko‘rsatish uchun maxsus maktabga yordam beradi, homiylik haftalari va homiylik oylari tez-tez o‘tkazib turiladi, muhtoj bolalar kasaba uyushmasi hisobidan va mahalla, keng jamoatchilik fondi hisobidan bepul oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda poyabzal bilan ta’minlab kelindi. Korxonalar, maktab, maktabgacha tarbiya hamda maktabdan tashqari bolalar muassasalari qurilishida, ta’mirlashda hamda ularni jihozlashda faol ishtirok etdilar.
Hozirgi sharoitda jamoatchilikning bolalar tarbiyasiga ishtiroki kengayib bormoqda va bu ishlar mehnat jamoalarining kundalik ishiga aylanib qolmoqda. Jamoat tashkilotlari maxsus maktablarga moddiy yordam ko‘rsatibgina qolmasdan, balki ularning ishlari mazmunini yaxshilash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ham qilib kelmoqda. Bolalar va yoshlar tarbiyasi umumxalq ishiga aylanib qolmoqda.
Maxsus maktab o‘quvchi oilasiga borib turish. Maxsus maktab o‘quvchi oilasiga borib turish - ota-onalar bilan yakka tartibda ish olib borishning birmuncha keng tarqalgan va samarali shakli sifatida qaradik. Sinf rahbari o‘quvchi oilasiga borganda, o‘z o‘quvchisining yashash sharoiti


Biz tomondan to‘zilgan reja asosida sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borgan ishlar haqida misol keltiramiz: maxsus maktab o‘quvchilar ota-onalari bilan olib boriladigan ishlar shakllarini keltiramiz. Sinf rahbari o‘quvchining ota-onasi bilan va uning boshqa oila a’zolari bilan suhbatlardan bu o‘quvchining harakteri, uning qiziqishlari va mayllari haqida, uning o‘z ota-onalariga, oiladagi katta-kichikka nisbatan munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar oldi. Shu bilan birga, u ota-onalarga, oiladagi katta kishilarga o‘quvchining uy mashg‘ulotini tashkil etish, uning kundalik rejimi to‘g‘risida, shaxsiy va jamoat gigienasiga rioya qilish to‘g‘risida, bolalarni mehnatga o‘rgatish shakl hamda metodlari to‘g‘risida pedagogik maslahatlar berdi. Ayni vaqtda u ota-onalarga o‘quvchining o‘zlashtirishi va tartib-intizomi to‘g‘risida, uning ishlab chiqarish ta’limidagi, ijtimoiy-foydali mehnatdagi muvaffaqiyatlari to‘g‘risida axborot berdi.


Maxsus maktab o‘quvchilar uylariga birinchi marta, odatda, o‘quv yili boshlangunga qadar yoki birinchi chorak boshida borib kelindi. Agar sinf rahbari sinfda birinchi yil ish boshlagan bo‘lsa, bu ishni amalga oshirish zarurdir. Birinchi marta borishdan maqsad o‘quvchining uyidagi hayot va turmush sharoiti bilan tanishib kelishdan iborat bo‘ldi.
Har bir oila o‘zi katta va murakkab bir dunyo ekanligini nazarda tutish muhimdir. Har qaysi oilaning o‘z urf-odati, o‘z an’anasi, o‘zining o‘zaro munosabati bo‘ladi. Bularning hammasini yaxshilab o‘rganib chiqildi, Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar tarbiyasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlab olishni lozim deb topdik. Oila ichidagi munosabatlarni o‘rganish o‘z-o‘zidan ma’lumki, juda murakkab, ammo zaruriy ishdir. Buni o‘rganmay turib Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar korrreksion tarbiyasi to‘g‘risida aniq maslahatlar berish qiyin.
O‘quvchining uyiga birinchi marta borganda uning uyida o‘zini qanday tutishini, uy ishlarida ishtirok etish-yetmasligini, o‘z o‘quv qurollarini qanday tutishini, belgilangan rejimga amal qilish-qilmasligini aniqlab olish mumkin bo‘ladi. Bunda o‘quvchining o‘zi bilan ham suhbatlashib, unga uy vazifalarini bajarish to‘g‘risida maslahatlar berish, sinfdan tashqari o‘qish uchun kitoblar tavsiya qilish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va shu kabilar haqida gaplashish maqsadga muvofiqdir.
Maxsus maktab o‘quvchiarining ota-onalari bilan o‘tkaziladigan suhbatlar aniq va mazmundor bo‘lmog‘i uchun, sinf rahbarini oilaga borishdan oldin fan o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, o‘quvchining o‘zlashtirishi va xulq-atvori to‘g‘risida ma’lumotlar bilib olish kerak. Sinf rahbari o‘quvchining uyiga ogohlantirmasdan turib ham borishi mumkin.
O‘quvchilarning yaxshi bilimga ega bo‘lishlari tarbiyaviy ishni aniq tarzda rejalashtirish va uni muvaffaqiyatli o‘tkazish imkonini beradi. Masalan 36-sonli maxsus maktabda 5-sinf rahbari o‘quvchilar uyiga borib ota-onalarning ba’zi bolalarga nisbatan rag‘batlantirish va ularni jazolashda xatoliklarga yo‘l qo‘yayotganligini sezib qoldi. Ba’zi bir ota-onalar bolalarning yaxshi baho olib kelganliklari uchun pul berishadi, qo‘g‘irchoqlar, kitoblar va shu kabi narsalar taqdim qilishadi. Boshqa bilari esa bolalarni nohaq jazolashadi. Ayni vaqtda, bolalarni to‘g‘ri, oqilona rag‘batlantiradi va jazolaydigan oilalardan ham ko‘pgina misol namunalari aniqladi. Sinf rahbari bu materiallarining hammasini to‘plab va o‘ylab-tahlil qilib chiqib, ota-onalarning navbatdagi majlislarda, «oilada rag‘batlantirish va jazolash choralarini qo‘llanishi» degan mavzuda suhbat o‘tkazdi. suhbat aniq misollar bilan to‘latilgan bo‘lib, ota-onalarni ko‘p narsalarga o‘rgatdi.
Agar maktab yordamga kelib, ota-onalar bilan birgalikda bu kamchilikka barham bermasa, bunday o‘quvchilar hayotda ham «ikki xil ahloq» bilan ish tutadigan bo‘lib qoladilar. Bundaylar ishda, muassasa hamda korxonada yaxshi ishlab chiqaruvchi va hatto yaxshi jamoatchi bo‘lib, uyda, oilada esa toshbag‘ir, xudbin bo‘lib qolaveradilar.
Ular ko‘pincha o‘z bolalarini erkalatadilar, ayab puf-puflaydilar, bolalarining barcha istagini bajo keltirishga harakat qiladilar. Yolg‘iz bola tarbiyalab yetishtirayotgan oilalarda, odatda, bunday ahvol ko‘zga tashlanadi. Bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish juda ham qiyin bo‘ladi. Ularni eng avvalo mehnatga, muayyan vazifani bajarishga o‘rgatmoq darkor. Buning uchun eng muhimi barcha oila a’zolarining bolaga bir xilda talablar qo‘yishlariga hamda maktab bilan oilaning mustahkam aloqasiga erishishdir.
Sinf rahbarlari oilaga borilganda o‘z kundaliklariga oilalarga borgan vaqtlarini, ota-onalar bilan o‘tkazgan suhbatlari mazmunini yozib borildi, Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi tarbiyasiga doir qanday maslahatlar berganligini qayd etildi. O‘quvchilarning uylariga qayta borganlarida yoki uning ota-onalari bilan maktabda uchrashganlarida, o‘zlari bergan maslahatlari qanday bajarilayotganligini, o‘quvchi xulq-atvorida qanday o‘zgarishlar bo‘lganligini aniqlab oldik.
Faqat maslahatlar beribgina qolmasdan, balki ota-onalarning gaplarini ham inobatga olindi. Biz ota-onalarga topshiriqni ko‘paytirmay, ularga nasihat qilinmadi, balki ochiq ko‘ngillilik va samimiyat bilan muomala qilishga, ularning ishonchini qozonib, ochiqchasiga gaplashishlariga erishishga harakat qildik. Biz ota-onalarga: «Siz qanday qaraysiz?», «Keling birgalashib yuzaga kelgan ahvolda qanday tadbir ko‘rish keraqligini o‘ylab ko‘ramiz» qabilida ish ko‘rdik.
Maktab, sinf hayotining o‘zi majlis temalarini ko‘rsatib beradi. Bu majlislar taxminan quyidagicha temalarda o‘tkaziladi: «Bolalarning yaxshi o‘qishlari uchun ularga qanday yordam berish kerak», «O‘quvchilarni o‘zlariga yarasha mehnatga o‘rgatish», «Bolalarda Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash», «Kasb tanlash haqida», «To‘g‘rilik va haqqoniylik ruhida tarbiyalash haqida», «Oilada bolalarda madaniy xulq-atvor, ko‘nikma va malakalari tarkib toptirish», «Bolalar nimalarni o‘qishlari va qanday o‘qishlari kerak», «Oilada bolalarni rag‘batlantirish va jazolash haqida», «Ota-onalarning izzat-obro‘si va shaxsiy namunasi».
Tematik majlislarni ma’ruzalar bilan cheklab qo‘yilmadi. Bunday majlislarni oila tarbiyasidan tajriba almashuvlar bilan ta’minlash nihoyatda muhimdir. Masalan, o‘quvchilar kundalik rejimini tashkil etishga bag‘ishlangan majlisda ota-onalar o‘z farzandlarining kun tartiblari haqida, ularning turmushdagi o‘zlariga yarasha mehnatda ishtirok etishlari haqida, sinfdan tashqari ishlar haqida gapirib berishlari so‘raldi. Ota-ona-keyingi majlisda faqat tinglovchilargina bo‘lib qolmasdan ballki bolalar tarbiyasi borasida o‘z tajribalari bilan bo‘lishishlariga erishildi.
Ota-onalar bolalarni tarbiyalashda qanday qilib muvaffaqiyatga erishganliklarini hamma vaqt ham tushuntira olmaydilar. Ota-onalarning majlisga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlarida ularga yordam berish
Bolalarni oilada tarbiyalash tajribasidan ko‘proq misol keltirish, bolalarni qanday qilib to‘g‘ri tarbiyalash to‘g‘risida maslahatlar berildi. Agar bu maslahatlar oila tarbiyasi tajribasiga tayangan bo‘lsa, ular yanada aniqroq va amaliy bo‘ladi.
Masalan, beshinchi sinf rahbarlaridan biri «Bolalarda xulq-atvor madaniyatini tarbiyalash» mavzusida ota-onalar majlisida ma’ruza qildi. Ma’ruza so‘ngida bolalarda xulq-atvor madaniyatini tarbiyalash to‘g‘risida oilada xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashdagi kamchiliklarni ochib beruvchi videofilm namoyish qildi.
Majlis sinf rahbarining qisqacha kirish so‘zi bilan ochildi. U o‘smirlarda xulq-atvor madaniyatini tarkib toptirish borasidagi vazifalarni va bu ishda tarbiyachilarda uchrab turadigan qiyinchiliklarni ko‘rsatib berdi.
Ota-onalar quyidagicha masalalarda so‘zga chiqdilar. Biz o‘z bolalarimizda xushmuomalalikni qanday tarbiyalaymiz. Bolalarning kishilarga (katta yoshdagi kishilarga, o‘z o‘rtoqlariga, kichik bolalarga) nisbatan g‘amxo‘rlik va mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishini tarbiyalaymiz. Bolalarda ovqatlanish vaqtida madaniy ko‘nikmalar tarbiyalash to‘g‘risida. O‘smir bolalardagi madaniyatsizlik odatlarini biz qanday yo‘q qilamiz.
Shundan keyin boshqa ota-onalar so‘zga chiqishdi. Ular o‘z bolalarini tarbiyalash tajribalarini o‘rtoqlashdilar, o‘smirlarda madaniy xulq-atvor tarkib toptirishda uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish to‘g‘risida o‘z mulohazalarini aytishdi. Birmuncha masalalarda qizg‘in tortishuvlar kelib chiqdi.
Sinf rahbari so‘zlab, ota-onalar to‘plagan tajribaning qimmatli jihatlarini, undan keng ko‘lamda foydalanish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi, ota-onalar bir fikrga kela olmagan masalalarga javob berdi.
Sinf rahbari o‘quvchilar ota-onalari bilan muomala qilar ekan, ular orasidan ota-onalar faol belgilab oladi va bu aktiv sinf rahbarining o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishida unga kundalik yordam ko‘rsatib boradi.
Soglom avlodni tarbiyalash oilada sharqona tarbiyani tiklash kabi bir qator muammolarni hal etishga imkon berdi. Oila bolaning shaxsni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi muhim omildir bolani jismoniy tarbiyalash bular ahloq va mehnat tarbiyasini berish oilada shakllanadi, bolaning tafakkur oilada rivojlana boshlanadi. Bizning davlatimizda bola tarbiyasida maktab bilan oilaning maqsadi bitta. O‘zbekiston respublikasining Konstitusiyasining 64 moddasida Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur deyiladi. Ota-ona farzand oldidagi burchini bajarmog‘i kerak, degan edi.
Oila bilan maktab hamda maxalla bilan hamkorlikning mazmuni va ish shakllari. Oila bilan maktab hamkorligi va maxalla hamkorligi barkamol inson tarbiyasidagi muhim omillardan biridir, maktabdagi o‘quv tarbiya ishlarining yuqori saviyada bo‘lishi o‘quvchilarni tarbiyalangan darajasi ota-onalariga bog‘likdir.
Maxsus maktablarning oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma-xil va o‘zaro bog‘lik bo‘lgan shakl va usullar yordamida rejali va izchil ishlar olib borish maqsadga muvofik bo‘ladi.
Bolalarni har kuni ko‘zatuvchi, ularning rivojlanishida ijobiy va salbiy tomonlarini sezuvchi va ota-onalarga bolaga ta’sir qilishning eng samarali ussularini maslaxat beruvchi tarbiyachilar oila bilan juda ko‘p xilma-xil ishlarni olib boradilar.
Maxsus maktab muassalarining ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini moxirlik bilan kushib olib borish tufayli bolalarni taribiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Maxsus maktab xodimlarining ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarkalgan shakl va usullaridan bir nechalarini keltiramiz:

Download 339.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling