Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida


Download 339.28 Kb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi339.28 Kb.
#1586718
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Maxsus maktabda sinf

a) Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash.
b) Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.
Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlislari, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari kiradi.
v) Ko‘rsatmali ishlar
g) Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan tanishish.
d) Ota-onalarga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Bola yashab turgan oilani o‘rganish, ota-onalar bilan yakin aloqa o‘rnatish va ularga yordam, maslaxatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir. O‘qituvchi oilaga tekshiruvchi sifatida emas, balki maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi.
Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsadi bola tarbiyalanayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir.
Bolalarni uylariga borib ko‘rish ishi ma’lum maqsad asosida tashkil etilgan oilaviy tarbiya bilan tanishish, bolaning oiladagi hulqining o‘ziga hos xususiyatlarining aniqlashdan iborat bo‘lib qolmay, balki ota-onalar bilan yakkama-yakka va jamoa tarzida tashkil etiladigan ishlarning mazmunini, ularning turli shakllarini belgilab olishga ham imkoniyat tug‘diradi. Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odob bilan o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini ochib berilsa, ota-onalarning o‘qituvchiga bo‘lgan xurmati va ishonchi ortadi.
O‘qituvchi suhbat davomida shaxsiy kuzatishlar, ota-onalarga, oilaning boshqa a’zolariga va bolaga berilgan savollar orqali bolani, uning oilasini yanada yaxshiroq bilib olishga imkon beruvchi o‘ziga zarur ma’lumotlarni oladi. Bularning hammasi bola tarbiyasiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Oilani borib ko‘rishning maqsadi va mazmuni tarbiyachining rejasida, hisobida va maxsus kundaligida aks ettirilishi kerak. Oilani yiliga kamida ikki marta borib ko‘rish tavsiya etiladi.
O‘qituvchining ota-onalar bilan ertalab o‘tkazadigan suhbati kiska muddatli bo‘ladi, lekin bolaning kayfiyatini aniqlab olishda, uning yakinlarida yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
Agar ota-onalar o‘qituvchiga bolalari haqida gapirib berishni iltimos qilib murojaat qilishsa, u xolda tarbiyachi, avval bolaning ijobiy tomonlari haqida keyin esa xulkining xavotir olish mumkin bo‘ladigan va salbiy tomonlari haqida ma’lum qilishi lozim.
Maktab va oila hamkorligi. Mamlakatimizda bolalar to‘g‘risida, oila haqida gamxurlik qilish chinakam davlat ahamiyatiga molik ishdir.
Xozirgi davrda o‘sib kelayotgan yosh avlodga oilada va maktabda tarbiya berish dolzarb masala bo‘lib kelmoqda.
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni tarbiyalashda maktab, oila va maxalla jamiyatning birligi yaxshi natijalarni beradi. Tarbiyaning asosiy maqsadi, bolada psixofizik kamchiliklarni korreksiyalashdan iboratdir. Bu esa faqatgina maktabning vazifasi bo‘libgina qolmay bolaning oiladagi tarbiyasiga ham bog‘liqdir. Oiladagi tarbiya bolaning psixikasiga, rivojlanish xususiyatlariga, jismoniy va aqliy rivojlanishiga o‘z tasirini ko‘rsatadi.
Ba’zi ota-onalar bunday xususiyatlarni tushunib yetmaydilar. Nogiron bolalarga ba’zi oilalarda xaddan tashkari erkalash, ularni harakterlariga salbiy tasir ko‘rsatadigan darajada hamma narsaga beriladi. Bunday xususiyatlar keyinchalik egoistlik harakterini shakllanishiga olib keladi va aksincha bazi oilalarda rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni kamsitish, ularni o‘zgalardan chetlashtirishi kabi xollari uchraydi. Bunday munosabatlar bolada boshqa odamlarga nisbata nafrat uyg‘otishiga olib kelishi mumkin. Bunday munosabatlarni hisobga olgan xolda tarbiyachi defetologlarni vazifasini ota-onalar bilan majlislar o‘tkazishdir.
Majlisda quyidagi vazifalar belgilangan:

  1. Ota-onalarni maktabning korreksion tarbiyaviy ish sistemasi bilan tanishtirish.

  2. Oilada nogiron bolalarga nisbatan munosabat va metodik ko‘rsatmalar.

  3. Nuqson kelib chiqishi sabablarini va ularni oldini olish.

  4. Bolaning o‘qish jarayonini nazorat qilish.

  5. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalarga ota-onalarni taklif qilish kerak.

Oila va maktab birligi o‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan to‘g‘ri munosabatlarni shakllantiradi, ota-onalar bolalarni individual xususiyatlari haqida albatta tarbiyachi va o‘quvchilarga malumotlar berib turishlar kerak.
Oilada yangi inson kamol topayotgan, bulajak mehnat kishisi shakillanayotgan ekan, bu har bir ota-onadan masuliyat, burch, vijdon va or-nomusni talab etadi.
Pedagoglar ota-onalar bilan bo‘ladigan suhbatlarda bolalarni ahloqiy shakllanishini kattalarning o‘ziga, ularning namunasiga o‘z shaxslarni takomillashtirishga bo‘lgan intilishlariga bog‘liq ekanligini odob bilan eslatib qo‘yishlari lozim.
O‘sib kelayotgan yosh avlodga har tamonlama talim-tarbiya berish, qadim-qadimdan rivojlanib kelmoqda. Maktabda tibbiyot xodimlari bolalarning sog‘ligi va jismoniy o‘sishining ahvolini muntazam nazorat qilib boriladi. Ota-onalarga sanitariya va gigiena, bola hayoti, turi, ovqatlanishi va jismoniy tarbiyani tashkil etish masalalari bo‘yicha maslahatlar berib boriladi.
Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi – «shaxsning aqliy, ahloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir»7.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari say-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan «Oila-mahalla-maktab hamkorligi» Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturiamal bo‘ldi.
Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy ahloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning o‘zaro aloqalari belgilab olindi.
Barkamol avlodni tarbiyalashda «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o‘tkazib borish; o‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, ota-onasiz bolalarning, homiylik va vasiylikka berilgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash; o‘quvchilarning maktabga belgilangan libosda kelishlarini nazoratga olish; o‘quvchilarning kundaliklarini yuritilishini nazorat va tahlil qilish, ularning o‘quv qurollarini mavjudligi va saqlashlarini kuzatib borish; o‘quvchilarning turar joyilari, uy sharoitlari bilan tanishish, ularning sog‘lig‘i, maishiy xolatlarini o‘rganish, yaxshilashga yordam berish. Uyda va ta’lim muassasasida madaniy dam olishlariga va mustaqil ishlashlariga sharoit yaratishga harakat qilish; o‘quvchilarning o‘quvchilarni turli salbiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlar olib borish; sinf ota-onalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda umummaktab ota-onalar majlislari, konferensiyalar, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish. Sinfda o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlar yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish; darslarga muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilish; o‘quvchilarda ota-onalar va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash, kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berishga tayyor turish, mehribonlik, mehnatsevarlik hislatlarini singdirib borish.
Milliy tarbiya yo‘nalishi orqali yoshlarda o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g‘urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafko‘raviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo‘nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya yo‘nalishlari amalga oshiriladi. Bu Konsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi.
Yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning qalbida milliy an’analar va qadriyatlarimizga hurmat hissini kamol toptirish o‘zini o‘zi boshqarish organlarining eng asosiy vazifalaridandir.
Xalqimizda bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona, degan naql bor. Bu ibora yosh avlod tarbiyasida mahalla beqiyos o‘rin tutishini tasdiqlaydi. Voyaga yetmaganlar tarbiyasida eng samarali usul oila-mahalla-maktab hamkorligining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishidir.
Mahallada voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoyalash va deviant xulq-atvor bo‘yicha profilaktika ishlarining olib borilishi, mahalla oqsoqollarining faoliyatini fokus-gruppa metodi orqali o‘rganilganda mahallalarning ichki ishlar bo‘limlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi aniqlandi. Mahallalar faqat maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari bilan hamkorlikda ish olib borishadi. Maktab mahallaga tarbiyasi og‘ir bolalar haqida ma’lumot yetkazib bergan taqdirdagina ularning oilasi bilan yoki voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishadi. Tarbiyaviy ishlar esa asosan odob-ahloq haqidagi suhbatlar bilan cheklanadi.
Mahallalar faoliyatida asosiy kamchiliklardan biri ta’lim muassasalari, ayniqsa sinf rahbarlar bilan voyaga yetmaganlar va tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiylashuvning yetishmasligidir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, jinoyatning oldini olishda ta’lim muassasalari va mahallaning o‘rni beqiyos. Chunki bolani oiladan so‘ng shu maskanlar bag‘riga oladi, oilada olingan saboq hayotda qo‘llanila boshlaydi. Ma’lumki hech qaysi bola onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi, kimning qanday bo‘lib unib-o‘sishi, tarbiyalanishi, yashashi oilasi va yon atrofdagi muhitga bevosita bog‘liq. Bola nosog‘lom muhitda tarbiya topgan bo‘lsa, muallimu tarbiyachilar, qo‘ni qo‘shni va mahalla oqsoqollari bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishda o‘zlarini burchli deb bilishi zarur. Axir, «bir bolaga yetti mahalla ota-ona» degan purma’no hikmat bejiz aytilmagan.



Download 339.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling