Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida


Download 339.28 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi339.28 Kb.
#1586718
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Maxsus maktabda sinf

Umumiy xulosa

Shunday qilib, olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalaridan quyidagi xulosalarga kelindi.


Maxsus maktabda sinf rahbarining korreksion tarbiyaviy ish faoliyati murakkab va ko‘p qirralidir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, maxsus maktabda korreksion ish faoliyati keng doiradagi vazifalarni qamrab oladi hamda xilma-xil shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi.
Maxsus maktabda sinf rahbari o‘quvchilar jamoasi bilan, o‘z sinfida ish olib boradigan o‘qituvchilari bilan, shifokor-psixonevrolog mutaxassis, ota-onalar va jamoatchilik hamkorlikda ish olib boradi. Bu ishlarning samaradorligi va muvaffaqiyati ko‘p jihatdan maxsus maktab o‘quvchilari maxsus psixologiyasini tizimli tarzda o‘rganib borishi, g‘oyaviy yetukligi, defektologiyaga oid yangi bilimlar bilan doimiy qurollanib, o‘z ustida tinmay ishlashi, siyosiy faolligi va pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Maxsus maktabda yaxshi sinf rahbari bo‘lish murakkab ishdir. Ammo o‘z ustida tinimsiz, tizimli va uzluksiz ish olib boradigan, va defektolog kasbiga, topshirilgan ishga vijdonan, Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘ladigan, yuksak ma’naviy xislati bo‘lgan har bir maxsus maktab defektolog-o‘qituvchisi yaxshi sinf rahbari bo‘la oladi. Sinf rahbarining mehnatdagi, turmushdagi, kundalik xulq-atvorda shaxsan o‘z namunasini ko‘rsatishi, uning shaxsiy e’tiqodi maxsus maktabda o‘sib kelayotgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga korreksion tarbiya berishning eng muhim omillaridandir. Maxsus maktabda yuqori sinflarda sinf rahbarining korreksion tarbiyaviy ishni maqsadli va yaxshi tashkil qila bilishi, balog‘at yoshiga o‘tish davridagi bolalarga, o‘smirlarga, o‘g‘il bolalar va qiz bolalarga individual, mohirlik va ixlos bilan differensial psixologik yondoshish mahorati ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Maxsus maktabda sinf rahbari eshitishda nuqsoni bo‘lganbo‘lgan o‘z o‘quvchilariga qanchalik yaqinlashsa, ularning o‘qituvchi bilan kontaktga kirishi tezroq va osonroq, sinf rahbarining sinfda korreksion tarbiyaviy ish olib borishi, tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ish olib borishi shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. U o‘z tarbiyalanuvchilari hayotiga, bilim olishiga, salomatligiga, oilasiga qanchalik yuksak g‘amho‘rlik bilan singib borsa, ular bilan munosabatda qanchalik oddiy hamda samimiy bo‘lsa, avtoritar yondoshudan qochsa, unga o‘quvchilar shunchalik yuksak ishonch bilan yondoshadilar, ular shunchalik bu sinf rahbariga mehr qo‘yadilar, bog‘lanib qoladilar, o‘zlariga yaqin oladilar. Ular maxsus maktabni bitirib ketgach ham o‘z sinf rahbarlarini uzoq vaqt hotirlab, eslaridan chiqarmaydilar. Maxsus maktabda o‘tkazilgan bayram tadbirlari, qiziqarli mehnat ishlari, ekskursiya va sayohatlar, quvnoq yangi yil, qizg‘in turli qiziqarli uchrashuvlar, sinf rahbarining qiziqarli o‘tkazgan suhbatlari, o‘quvchining «sirdosh»ga zor bo‘lgan vaqtidagi do‘stona qo‘llab-quvvatlashi esdan chiqmaydi.
Maxsus maktabda sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning eng yaqin murabbiylaridir. Ularning vazifasi o‘z sinfi o‘quvchilar hayotini yo‘lga qo‘yishdan, ijtimoiy hayotga tayyorlashdan, ularni aqliy faoliyatlarini korreksion rivojlantirishdan, ularning kamol topib borishlarini boshqarishdan iboratdir. Sinf rahbari bu yuksak ishonchni oqlashi uchun, u ko‘p narsalarni bilmog‘i, pedagogik nazariya va tarbiya berish mahorati egalamog‘i, tarbiya metodlarini ijodiy takomillashtirib barmog‘i zarur. Faqat shundagina u o‘z yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tib, yangi kishi, mustaqil davlatimizning mustaqiligi, ravnaqi yo‘lida hamda jamiyatimizning faol quruvchisini tarbiyalab yetishtirishdagi sharafli hamda ma’suliyatli, murakkab, ammo savobli vazifasini muvaffaqiyatli ado etishi mumkin.

Download 339.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling