Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida


Download 339.28 Kb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi339.28 Kb.
#1586718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maxsus maktabda sinf

Sinf rahbari olib boradigan asosiy tarbiyaviy ishlar quyidagi

Sinf rahbari faoliyatining mazmuni quyidagi qismlarga bo‘linadi.





  1. O‘quvchilarni o‘rganish sinfga rahbarlik qilish, sinfni har qaysi o‘quvchini o‘rganishdan boshlanadi. Buning natijasida sinfda tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri, ratsional tarzda yo‘lga quyish uchun, o‘quvchilarga individual yondoshishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoit yuzaga keladi.

  2. Sinf o‘quvchilar jamoasini tashkil etish va tarbiyalash sinf rahbari ishining asosiy qismlaridan biridir.

Sinf o‘quvchilar jamoasini uyushtirish va tarbiyalash sinf rahbari ishining asosiy qismlaridan biridir. Sinf rahbari o‘quvchilarni inoq va ma’lum maqsadni ko‘zlagan jamoaga jipslashtirar ekan, o‘quv-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli xal etish uchun zamin yaratadi.
Sinf birdaniga jamoa bo‘lib shakllanib quya qolmaydi. Sinfda sinf rahbari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatish tajribasi to‘plagan taqdirda, faollar o‘sib chiqqan, ijobiy an’analar barpo etilgan taqdirda, o‘rtoqlik aloqalari rivojlanib mustaxkamlangan, umummaktab jamoa bilan to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatilgandan keyingina sinf jamoa bo‘lib shakllanadi.
3. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini mustahkamlash.
Bilimlarning yuksak darajada bo‘lishi va ongli intizom sinfda ta’lim tarbiya ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning eng muhim ko‘rsatkichlaridandir.
O‘quvchilarni ongli intizomlilik ruhida tarbiyalash, ularni demokratik jamiyat, turmush qoidalarini ixtiyoriy bajarishga o‘rgatish sinf rahbarifaoliyatida katta o‘rin tutadi.

  1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish.

  2. Bolalar va o‘smirlar uyushmasi tashkilotlariga yordam ko‘rsatish ular bilan yaqindan aloqada bo‘lish.

  3. O‘quvchilar ota-onalari bilan ish olib borish.

Maktab tajribasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning turli usullari tarkib topib, muvaffaqiyatli qullanib kelinmoqda. O‘quvchilar bilan yalpisiga ishlash bilan yakka-yakka va guruxlarga bo‘lib ham ish olib boriladi.
Faol o‘quvchilar bilan ish olib borish, o‘z sinfida dars utayotgan o‘qituvchilar bilan o‘quvchilarning ota-onalari bilan va korxonalar bilan aloqa bog‘lab turish sinf rahbarining tarbiyaviy ish faoliyatida katta o‘rin tutadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sinf rahbarining olib boradigan ishlarini quyidagicha belgilash mumkin;

    1. Sinf bilan yalpisiga ish olib borish. Sinf bilan yalpisiga ish olib borishning o‘ziga hos xususiyati-sinfdagi hamma o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida tarbiyaviy tadbirlarga jalb etilishdan iboratdir.

Sinf bilan yalpisiga ish olib boriladigan tadbirlar, odatda oyiga ikki-uch marta, ba’zan esa har xaftada bir marta o‘tkaziladi.

    1. Sinf rahbari faoliyatida sinf burchagi.

Maktabda o‘quvchilarning uqish va o‘qishdan tashqari ish faoliyatlari o‘tadigan asosiy joy shu sinfga berkitilgan sinf xonasidir.
Bu sinf xonasida sinf rahbari sinf faollari bilan birgalikda to‘zadi. Unda sinf jamoasining asosiy xujjatlari va ishini aks ettiruvchi materiallar qo‘yiladi.
Sinf burchagi sinfning hayoti va faoliyatini, uning yutuq va kamchiliklarini aks ettiruvchi ko‘zgudir.

  1. O‘quvchilar bilan alohida individual ish olib borish.

  2. Faollar bilan ish olib borish.

  3. Sinf rahbarining o‘z sinfida dars o‘tadigan o‘qituvchilari bilan olib boradigan ishlari.

  4. Sinf rahbarining ishlab chiqarish jamoalari bilan aloqasi.

Sinf rahbari malakasini oshirish.
Yendi ish boshlagan yosh sinf rahbarlarigina emas, balki maktabda ko‘p yillab ishlab kelgan tajribali sinf rahbarlari ham o‘z malakalarini oshirishga muhtojdirlar.
Sinf rahbari pedagogika va psixologiya asoslari nazariyasini yaxshi o‘rganishi va o‘zlashtirishi zarur.
Tarbiya masalalariga oid xozirgi pedagogik adabiyotlarni muntazam uqib borishi zarur.
Bolani qandaydir ijtimoiy-foydali ishga jalb etishi haqida, bolaning biron-bir sohadagi qobiliyatini taraqqiy ettirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish haqida uning ota-onasi bilan kelishib olindi.
Intizomsiz bolalarning ota-onalari chaqirildi, ular bilan o‘quvchiga qo‘yiladigan yagona talablar hamda unga korreksion pedagogik ta’sir etish kelishib olindi.
Nasixat, ota onalarga pand nasihat va jerkib urishishga emas, balki pedagogik maslaxatga, o‘rtoqlarcha yordamga muhtoj bo‘lishlarini tushuntirildi. O‘quvchilar to‘g‘risida qilinadigan do‘q-po‘pisa va o‘quvta ustidan arz dod qilishdan ko‘ra, o‘quvchiga ta’sir etishning oqilona choralari to‘g‘risida og‘ir-vazminlik bilan, ishchanlik vaziyatidagi suh bat juda katta foyda berishini tushuntirildi. Ota-onalarga maktabga tez-tez kelib bolalari haqida ma’lumotga ega bo‘lib turishlarini so‘raldi.
Uzok tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo‘lib, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, dustlik, mexr-oqibat, birodarlik, odoblilik tarbiyalab kelgan. Shurk mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlari ham anna shunday merosga kiradi. Buyuk mutafakkir Abdullu Avloniy asarlari yoshlarimizni odobga, ilm olishga, mehnatsevarlikka, mardlik, mexr-muxabbatli bo‘lishga e’tibor bilan karagan. Ahloqiylik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, to‘g‘ri so‘zlik, or–nomusli masalalariga alohida e’tibor bergan.
Ahloqiy tarbiya shaxsning barkamol shakllantirishda asosiy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham pedagogika ahloq masalalariga kata ahamiyat beriladi. Xozirgi davrda ahloqiy tarbiya muhim ahamiyat kasb etmokda, chunki siyosiy, iktisodiy, ijtimoiy vazifalarni xal etish ko‘p jihatdan jamiyatning va undagi shaxsning ahloqiy darajasiga bog‘liq.
Ahloqiy tarbiya deganda shakllanayotgan, rivojlanayotgan, o‘sib kelayotgan avlod xulq-odob meyorlariga mos keluvchi sifatlarning shakllanishining tushinamiz.
Ahloqiy tarbiyani amalga oshirish usul va yo‘nalishlarning tushinamiz. Bular orqali bolalarda ahloq tushunchalari va xulq-atvorlarining shakllantirish ularning ahloqiy xis–tuyg‘ularini uyg‘otish va rivojlantirish yo‘llarini tushinamiz bular orqali Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarda ahloq tushunchalari va xulq–atvorlarini shakllantirish ularning ahloqiy xis-tuyg‘ularini uyg‘otish va rivojlantirish yo‘llarini tushinamiz. O‘qituvchi va tarbiyachilar o‘quvchilarda tarbiyalanayotgan asosiy sifatlarning harakteriga, ularning yoshi va individual xususiyatlariga karab har xil usul va yo‘llardan o‘z o‘rnida ustalik bilan foydalangandagina tarbiyaning natijasi kutilganidek bo‘lishi mumkin.
Maxsus maktablarda ahloiy tarbiyaning taxminiy mazmunini quyidagicha bayon etish mumkin.


  1. Download 339.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling