Электр хавфсизлиги


 Dielektrik himoya vositalari


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

9.2. Dielektrik himoya vositalari 
Rezinali dielektrik qo‘lqoplar. 
Elektr uskunalarida ishlash mobaynida texnik shartlar talabi bilan 
tayyorlangan maxsus dielektrik qo‗lqoplardan foydalanishga ruxsat etiladi (38-
rasm). 
a)
b)
v)
38-rasm. Rezinali dielektrik qo„lqoplar 
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalarida dielektrik qo‗lqoplar 
asosiy himoya vositasi sifatida, 1000 V dan yuqori bo‗lgan elektr uskunalarida esa, 
qo‗shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. 
Qo‗lqopning uzunligi 350 mm dan kam bo‗lmasligi lozim. Ish jarayonida 
dielektrik qo‗lqopni shimarib qo‗yish man etiladi. Qo‗lqopni yeng ustidan kiyish 
zarur. Foydalanilgan qo‗lqoplar (mahalliy sharoit bo‗yicha) sovunli yoki sodali 
suyuqlik bilan davriy tozalash (дизинфекция) dan o‗tkazib turilishi lozim. Sovuq 
ob-havo sharoitlarida binodan tashqarisida dielektrik qo‗lqoplar ishlatilganda
yupqa jun yoki ip-gazlama qo‗lqop ustidan kiyishga ruxsat etiladi. 
Dielektrik etik va kalishlar. 
Dielektrik etik va kalishlar yopiq joylarda, hamda yog‗ingarchilik 
bo‗lmaganda ochiq joyda joylashgan elektr uskunalarida qo‗shimcha himoya 
vositasi sifatida ishlatiladi (39-rasm). 
Dielektrik etik va kalishlar, ishlayotganlarni qadamlar orasidagi kuchla-
nishdan saqlaydi. Elektr uskunalarida, faqat «Elektr uskunalarini ishlatishda 
xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va 


143 
kalishlarni ishlatishga ruxsat etiladi. 
a)
b)
v)
39-rasm. Dielektrik etik va kalishlar 
Dielektrik etik va kalishlar tashqi ko‗rinishiga (rangi, maxsus belgi yoki 
laklanmaganligiga) qarab boshqa maqsadlar uchun mo‗ljallangan etik, hamda 
kalishlardan farq qilishi zarur. 
Elektr uskunalari, har xil o‗lchamli dielektrik oyoq kiyimlari bilan 
jihozlanishi lozim. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling