Markaziy kon boshqarmasi Elektrchilangarlarining 11p- 39 sonli yo’riqnomasi
Download 336.63 Kb.
|
11 R (автовосстановление)
Markaziy kon boshqarmasi Elektrchilangarlarining 11P- 39 sonli yo’riqnomasi Mavlonov Sardorbek Bobonorovich 11 R-39 Sonli elektochilangarlar yo’riqnomasi 1.Navbatchi va jihozlarni ta’mirlash bo’yicha elektrchilangar (matnning keying o’rnida elektrchilangar) sifatida mustaqil 18 yoshdan kichik bo’lmagan, ishlarning xavfsiz uslublari va yo’llariga o’qib o’rgangan, tibbiy ko’rikdan, mehnat muhofazasi talablari bo’yicha bilim tekshiruvidan o’tgan, belgilangan shakldagi guvohnoma, elektr xavfsizligi bo’yicha II guruhdan past bo’lmagan guruhga ega bo’lgan shaxslar qo’yiladi. 2.Kelajakda elektrchilangar davriy ravishda quyidagilardan o’tadi: -belgilangan muddatda tibbiy ko’rikdan; -har kvartalda 1 marta – ishlarni xavfsiz olib borilishi bo’yicha takroriy yo’l-yo’riqdan; -mehnat xavfsizligi yo’riqnomalari bo’yicha 12 oyda bir marta bilim tekshiruvidan; -“Istemolchilar elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” bo’yicha bilim tekshiruvidan 12 oyda bir marta. 3.Tibbiy ko’rikdan o’tishdan bo’yin tovlagan yoki tibbiy ko’rik natijalariga ko’ra tibbiy komissiyasining tavsiyalarini bajarmagan taqdirda, ma’muriyat elektrchilangarni ishga qo’ymaslikga haqli. 4.Takroriy bilim tekshiruviga kelmaslik yoki tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomining buzilganligi hisoblanadi. 5.Elektrchilangar quyidagilarga majbur: -ushbu yo’riqnoma va NKMK ishchilari uchun mehnat tartibi qoidalari talablarini bajarish; -o’zi ishlayotgan sex uchastkasining avariyalarini bartaraf qilish rejasi bilan tanishish va unda ko’rsatilgan chora-tadbirlarni bajarish; -Ma’muriyatning farmoyishlarini (ko’rsatmalarini) o’z vaqtida va aniq bajarish; -faqat bevosita ishlar rahbari tomonidan unga topshirilgan ishni bajarish; -korxona hududida faqat belgilangan yo’nalish bo’yicha yurish, avtoyo’llardan harakatlanish zaruriyati bo’lganda, yo’lning chap tomonidan harakatlanayotgan transportlarga qarama-qarshi yurish; -ishga borishda va ishdan qaytishda faqat korxona tomonidan taqdim qilingan transportdan foydalanish, avtobusdan tushishda sakramaslik, uning orqa tomonidan aylanib o’tish; -agarda berilgan topshiriqni bajarish boshqa sexlar va uchastkalarga borish bilan bog’liq bo’lmasa ularga bormaslik; -panjara to’siqlar ustidan oshib o’tmaslik, panjara barerlar, to’siqlar,derazalarda o’tirmaslik; -balandlikda ishlar bajarilayotgan joylarni xavfsiz masofada aylanib o’tish; -ko’tarilgan yukning ostida turmaslik va o’tmaslik; -ularda ishlash uchun topshiriq berilmagan mashinalar, stanoklar va mexanizmlarni ishga tushirmaslik va o’chirmaslik (avariya holatlaridan tashqari); -axborot, ogohlantiruvchi, buyiruvchi, va taqiqlovchi belgilar, signallar, chiziqlarning talablarini bajarish; -birinchi yordam ko’rsatish uchun dori qutichasini joylashishini va ulardan foydalanishni bilish; -B-1 yo’riqnoma talablariga muvofiq, jabr ko’rganlarga birinchi (shifokorgacha bo’lgan) tibbiy yordam ko’rsatishni bilish; -shaxsiy gigiena qoidalarini bilish va ularga rioya qilish; -ushbu maqsad uchun mo’ljallangan maxsus qurilmalardagi (saturatorlar, ichimlik baklari, fontanchiklar va sh.k.) suvni ichish uchun ishlatish; -ovqatni shuning uchun belgilangan xonalarda tanovvul qilish; -ishlatish bo’yicha o’qib o’rgangan va yo’l-yo’riq olgan asboblar, moslamalar va jihozlardan foydalanish; -ish joyida begona shaxslarning bo’lishiga yo’l qo’ymaslik; -ish joyini rahbarning ruxsatisiz tashlab ketmaslik; -harakatlanayotgan transport haydovchilari, kranlar, yo’l qurilish mashinalari, mashinistlarining beradigan ogohlantiruvchi signallariga e’tiborli bo’lish; -elektrpayvandchining ish joyi yaqinida turgan yoki yonida turganda yoki yonidan o’tib ketayotganda elektrpayvandlash alangasiga qaramaslik; - to’xtab turgan vagonlar tagidan o’tmaslik va vagonlar ulangan joylardan oshib o’tmaslik, harakatlanayotgan vagonlar va avtotransportlarga osilmaslik; -elektr asbob-uskunalarning to’siqlari orqasiga o’tmaslik; -ish joylarida statsionar (ko’chmas) narvonlardan ko’tarilayotganda va tushayotganda “uch nuqta” qoidasiga rioya qilish - ikki qo’l va bir oyoqqa yoki ikki oyoq va bir qo’lga tayanish; -bo’linma hududi bo’ylab harakatlanganda va ish vaqtida yo’l garniturasidan (quloqbop radiokarnaychalardan) foydalanmaslik; -ish joyida chekmaslik, ish vaqti va ungacha spirtli ichimliklar, zaxarlovchi va narkotik moddalarni istemol qilmaslik; -maishiy va ishlab chiqarish binolarida tozalikni saqlash; -yong’in xavfsizligi talablarini bajarish, evakuvatsiya rejalari, zaxira chiqish yo’llari, birlamchi o’t o’chirish vositalarining joylashishini va ulardan foydalanishni bilish; -o’zini yoki yonma-yon ishlayotganlarni baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo’lgan hatti-harakatlarga ( harakat yoki harakatsizliklarga), shuningdek behuda xavf-xatarlarga yo’l qo’ymaslik; -boshqa ishchilar tomonidan xavfsizlik talablari buzilganligini ko’rib qolganda uni ularga amal qilish kerakligi haqida ogohlantirish; -odamlarning hayoti va sog’lig’iga xavff xatar tug’dirayotgan, har qanday vaziyat haqida, baxtsiz hodisa to’g’risida zudlik bilan bevosita rahbariga xabar berish; -o’zining ahvolini yomon his qilganda bevosita rahbariga xabar berish va tibbiy yordam ko’rsatish uchun murojaat qilish. 6.Elektrchilangar portlatish amallari bajarilayotganda kon-texnik nazorati shaxsi (ishlar rahbari, muhandis-energetik) ko’rsatgan joyga, xavfli zonaning tashqarisiga chiqib ketishi shart va ish joyiga “отбой” signalidan keyin kon-texnik nazorati shaxsining ruxsati bilan qaytib kelishi shart. 7.Elektrchilangarni mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitib o’rgatish, kirish yo’l-yo’rig’i, ish joyida birlamchi yo’l-yo’riq, takroriy yo’l-yo’riq, rejadan tashqari yo’l-yo’riq, maqsadli yo’l-yo’riq va maxsus o’qitib o’rgatish usulida amalga oshirilishi kerak. 8.Yuklarni qo’lda ko’tarish va tashishni belgilangan me’yoriy chegarasida bajarishga ruxsat etiladi. Bir kishiga yukni qo’lda tekis va gorizontal yuzada tashishning chegaralangan me’yori quyidagilardan oshmasligi lozim: -18 yoshdan katta bo’lgan erkaklar uchun -30kg, (ayollar uchun esa -9kg); 9.Elektrchilangarlarga ishlarni bajarishda ta’sir etishi mumkin bo’lgan asosiy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: -kon lahmlari, ag’darmalarning o’pirilishi,0 to’kilishi; -lentaning bo’shab chiqishi (uzilishi), konveyer konstruksiyasining buzilishi, yong’in; -saralash asbob-uskunasining buzilishi; -aylanayotgan va harakatlanayotgan mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalarining qo’zg’aluvchan qismlari; -transport yoki yo’l qurilish mashinasining kelib urilishi; -asbob-uskunalar yuzasining yuqori harorati; -ish zonasi havosini yuqori darajada chang bosishi va zaxarli gazlar bilan ifloslanishi; -elektr zanjiridagi yuqori kuchlanish, uning qisqa tutashuvi odam tanasi orqali o’tishi mumkin; -ish zonasining yetarli bo’lmagan darajada yoritilganlik; -yaroqsiz asboblar va titrashining yuqori darajasi. 10.Elektrchilangar ishlarni bajarayotgan amaldagi me’yorlar va ishlarning shart-sharoitlariga muvofiq berilishi kerak bo’lgan yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanishi va belgilangan maqsadiga zid ishlamasligi shart.
Download 336.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling