Markaziy kon boshqarmasi Elektrchilangarlarining 11p- 39 sonli yo’riqnomasi


III. Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari


Download 336.63 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi336.63 Kb.
#1009576
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 R (автовосстановление)

III. Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
22.o’z vaqtida mehnat muhofazasi bo’yicha takroriy yo’l-yo’riqdan va mehnatning xavfsizligi bo’yicha har yilgi bilim tekshiruvidan elektrchilangar ishga qo’ymasligi kerak, shuningdek maqsadli yo’l-yo’riq olmaguncha, uning kasbi bo’yicha majburiyati bilan bog’liq bo’lmagan bir martalik ishni bajarishga kirishmaslik kerak.
23.Yakka tartibda himoyalanish vositalaridan to’g’ri foydalanish.
24.Diqqatli bo’lish, chalg’imaslik va boshqalarni chalg’imaslik.
25.Asbob-uskunalar, moslamalar, asboblarning ishga yaroqliligini, ish joyining yoritilganlik darajasini doimiy ravishda nazorat qilib turish.
26.Faqat asbob-uskunalarni xavfsiz ishlashini ta’minlovchi ishga yaroqli himoya to’siqlari, zaminlashlar, blokirovkalarning mavjudligini tekshirgandan keyin asbob-uskunalarni ishga tushirishni amalga oshirish.
27.Faqat topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar va mexanizmlarni ulash va o’chirish.
29.Harakatdagi mexanizmlar va asbob-uskunalarning aylanayotgan qismlariga, shuningdek kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarga tegmaslik.
30.Yong’inga qarshi profilaktika maqsadida elektrchilangar quyidagilarga majbur:
-ishlarni bajarishda foydalaniladigan mashinalarning yoqilg’i va moy o’tkazgichlari butunligi va mustaxkamligini doimo nazorat qilish;
-yoqilg’i va moy o’tkazgichlarni mexanik shikastlanishlar va ishqalanib uzilishlardan saqlash;
-yilning sovuq faslida agregatlarga ochiq olovni qo’llamaslik;
-kabel va elektr asbob-uskunalarga asbob va boshqa predmetlarni osmaslik;
-yong’inga qarshi vositalar va asbob-uskunalarni shikastlantirmaslik, ularni belgilangan maqsadga zid ishlatmaslik, shuningdek ularning yoniga o’tadigan yo’llarni tiqilinch qilib qo’ymaslik.
30.Elektrchilangar o’z uchastkasidagi elektr asbob uskunalar va tarmoqlarni muntazam ravishda aylanib ko’rib chiqishi va ko’rikdan o’tkazishi kerak. Elektr xavfsizligi bo’yicha II dan past bo’lmagan guruhga ega bo’lgan tezkor xodimga yakka o’ziga elektr asbob-uskunalarni ko’rikdan o’tkazishni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
31.Ko’rikdan o’tkazishda, elektr uzatish liniyalari, kabel liniyalari, zaminlash tarmoqlari, taqsimlash punktlari, boshqaruv shkaflari, transformatorli podstansiyalar va boshqa elektr qurilmalarning holatini va ishga yaroqliligini tekshirish kerak. Tungi paytda unga ishonib topshirilgan uchastkadagi hududning yoritilish holatini tekshirish.
32.Birorta ishni bajarish uchun elektr texnologik xodimlar talabnomasi bo’yicha elektr asbob-uskunlarni o’chirish, asbob uskunalarni tamirlashga chiqarishga talabnoma berish huquqiga ega bo’lgan shaxslarning tasdiqlangan ro’yxatiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu asbob uskunalarni keyinchalik qo’shishni istemolchilar elektr uskunalarini texnik ishlatish va ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq amalga oshirish.
33.Elektr asbob uskunalarni ta’mirlangandan yoki reviziya qilingandan keyin mexanizmni aylantirib ko’rishni faqat ushbu mexanizmga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga, ta’mirlashni bajargan shaxslar ishtirokida amalga oshirishga ruxsat etiladi.
34.Nasoslar, ventilyator va shu kabi asbob-uskunalarning elektr yuritgichlarida ishlarni bajarishga ruxsat etishdan avval, agarda elektr yuritgichlarning ular bilan ulangan mexanizmlaridan aylanib ketishi mumkin bo’lsa, ularning surilma klapanlari va shaberlari yopilgan va bekitib qulflangan, shuningdek elektr yuritgich rotorini tormozlab qo’yish bo’yicha choralar ko’rilgan bo’lishi kerak.
35.Tayanchni joyiga o’rnatgandan va uning turg’unligini ta’minlagandan keyin xodimlarni yuqori voltli liniyalar tayanchlari ustiga chiqishga va simlarni montaj qilishga ruxsat beriladi.
36. Yuqori voltli liniyalariga simlarni tortish qo’lda yoki maxsus moslamalarni (qo’l chigallarini) qo’llash bilan amalga oshiriladi. Ko’chma tayanchlardagi simlarni mexanizmlar (traktorlar, avtomashinalar va shu kabilar) bilan tortish taqiqlanadi.
37.Simlarni temir yo’l yoki kontaktli tarmoq ustidan o’tkazib montaj (demontaj) qilishda, poyezdlarning harakatlanishi to’xtatilishi, quvvat uzatish, yoritish va kontaktli tarmoqlar ochirilishi va temir yo’l stansiyasi yoki post navbatchisida perigonning yopilganligi haqida yozib qo’yilgan bo’lishi kerak.
38.Simlarni avtomobil yo’llari ustidan o’tkazib montaj qilishda, ishlarni amalga oshirish naryadida ishlarni bajarish joyida transport o’tadigan yo’llarning yopilishini tashkil qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
39.Agarda ko’rib chiqishda, elektr uzatish liniyasining holati xodimlarning xavfsizligiga xavf tug’dirayotganligi yoki elektr ta’mirlash uzluksizligining uzilishiga olib kelishi mumkinligi aniqlansa, elektrchilangar uni o’chirishi va nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko’rishi shart.
40.Tayanchga chiqishga va uning ustida ishlashga faqat uning holati tekshirilgandan keyin,qachonki tayanchning, jumladan uning asosining yetarli darajada mustahkam ekanligiga to’liq ishonch hosil qilganda keyin ruxsat etiladi. Zarurat bo’lganda tayanch mustahkamlanishi kerak. Tayanchning holatiga qarab tayanchni mustahkamlash usuli ish boshqaruvchi tomonidan belgilanadi.
41.Elektronlarni chiziqli tezlatgich – ECHT jihozlarini ta’mirlash bo’yicha ishlarni texnologik yo’riqnomalarga muvofiq, iste’molchilarga elektr uskunalariga texnik ishlatish va ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish.
42.Zaminlashni o’rnatish paytida quydagilar zarur:
-zaminlagichni “yerga” ulash;
-kuchlanish ko’rsatgichining ishga yaroqliligini tekshirish;
-zaminlashni o’rnatish kerak bo’lgan joylardagi tok uzatuvchi qismlarda kuchlanish yo’qligini tekshirish (1000V gacha bo’lganda oldindan tekshirilgan voltmetrni qo’llashga ruxsat etiladi);
-kuchlanish ko’rsatgichini(УН) ishga yaroqliligini tekshirishni va kuchlanishning yo’qligini tekshirishni va kuchlanishning yo’qligini tekshirishni dielektrik qo’lqoplarda amalga oshirish;
-bevosita kuchlanish tekshirilgandan keyin zaminlashni o’rnatish;
-kuchlanish uzatilishi mumkin bo’lgan barcha tomonlardan, shu jumladan teskari transformatsiya natijasida yo’nalgan tomonlardan ham zaminlash qo’yiladi;
-barcha tayyorlab qo’yilgan ish joylarida zaminlash o’rnatilgandan keyin
“shu yerda ishlansin” , “shu yerdan chiqilsin” plakatlarini osib qo’yish;
-zaminlashni olib qo’yish esa teskari tartibda amalga oshirish, ya’ni oldin uni tok uzatuvchi qismlardan yechib olish, keyin esa yerdan uzib qo’yish.
43. Tok o’tkazuvchi qismlar va ularning yaqinida kuchlanishni olib tashlamasdan turib ishlarni ikkitadan kam bo’lmagan elektrchilangar bajarishi, ulardan ish bajaruvchisi elektr xavfsizligi bo’yicha IV dan past bo’lmagan, qolganlari esa III dan past bo’lmagan guruhga ega bo’lishi kerak.
44. Kuchlanishi 1000V gacha bo’lgan elektr uskunalarida yoki ularning tok o’tkazuvchi qismlari yaqinida kuchlanish olib tashlanmasdan ishlanganda quyidagilar zarur:
-dielektrik etik yoki izolyatsiyalovchi taglik yoki dielektirik gilamchaning ustida turib ishlash;
-izolyatsiyalovchi dastakli asboblarni qo’llash (otverkalarda, bundan tashqari o’zagi izolyatsiyalangan bo’lishi kerak), bunday asboblar yo’qligida dielektrik qo’lqoplardan foydalanish.
45. Kuchlanishni olib tashlash bilan ishlaganda quyidagi chora-tadbirlarni bajarish:

-ishlarni bajarish uchun ajratilgan uchastkada zarur bo’lgan o’chirishlarni amalga oshirish va kommutatsiya apparatlarini xato yoki o’z-o’zidan ulanishiga qarshi choralarni ko’rish:


-kommutatsiya apparatlarining qo’lda boshqariladigan uzatmalariga masofadan boshqariladiganning kalitlariga taqiqlovchi plakatlarni osib qo’yish;
-zaminlash o’rnatilishi kerak bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarda kuchlanishning yo’qligini tekshirish;
-zaminlashni o’rnatish, zaminlovchi pichoqlarni ulash;
-ogohlantiruvchi, buyuruvchi plakatlarni osib qo’yish, ish joyi va kuchlanish ostida qolgan tok o’tkazuvchi qismlarni to’sib qo’yish.
46. Kuchlanish olgan holda ishlanganda, ularda ishlar bajariladigan tok o’tkazuvchi qismlar kuchlanish uzatishi mumkin bo’lgan hamma tomondan o’chirilgan bo’lishi kerak.
47. Ajratgichlar, ayiruvchilar, yuklamni o’chirgichlari, qo’l uzatmalarini o’chirilgan holda berkitib qulflab qo’yish.
48. Kabellarni ta’mirlashdan oldin ularni ta’minlovchi punktidan uzib qo’yish, navbatma-navbat kabelning simlarini zaminlangan o’tkazgichga ulash bilan sig’imli elektr zaryadlaridan elektrsizlantirish.
49. Elektr yuritgichni ta’mirlashdan oldin undan ajratilgan mexanizimlarni aylanishi mumkin bo’lganda elektr yuritgichlar rotorini tormozlab qo’yish bo’yicha choralarni ko’rish.
50. Izolyatsiyalovchi himoya vositalari yordamida tok o’tkazuvchi qismlardan kuchlanishni olib tashlamasdan ishlarni amalga oshirayotganda quyidagilar zarur:
-himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismlarini ajratgich halqagacha bo’lgan dastagidan ushlash;
-himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismlarini shunday joylashtirish kerakki, ikkita fazaning tok o’tkazuvchi qismlari o’rtasida izolyatsiyaning yuzasi bo’ylab qoplab o’tish yoki yerga tutashish xavfi paydo bo’lmasin;
-faqat izolyatsiyalovchi qismlari quruq va toza, yuzasi shikastlanmagan va o’z vaqtida ko’rikdan o’tkazilgan himoya vositalaridan foydalanish.
51. Himoya vositalarini (izolyatsiyalovchi shtangalar va qisqichlar, elektr o’lchovchi qisqichlar, kuchlanish ko’rsatkichlarini) qo’llash bilan ishlarni amalga oshirayotganda, odamlarning ushbu vositalarining izolyatsiyalovchi qismlari uzunligi bilan belgilangan masofagacha tok o’tkazuvchi qismlariga tok o’tkazuvchi qismlariga yaqinlashishiga ruxsat etiladi.
52. Elektr uzatish kabel liniyalarini yotqizish ishlarini amalga oshirganda quyidagilar taqiqlanadi:
-toshlarning o’tkir qirralari bo’ylab kabelni yotqizish;
-kabelning ustiga asbob va matereallarni qo’yish;
-pog’onaning yonbag’ri yaqinida kabelni yotqizish;
-kabelning va yuqori kuchlanish ulanishlari muftasining ustiga o’tirish va oyoqlar bilan chiqib turish;
-himoyalovchi qutilarni qo’llamasdan turib kabelni ko’mib tashlash;
53. Asbob-uskunalarni uzib qo’yish va ulash bilan bilan bog’liq bo’lgan barcha ta’mirlash ishlari “Istemolchilarni elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga muvofiq tezkor jurnalida rasmiylashtirish sharti bilan amalga oshiriladi.
54. Kabellarni ta’mirlash “Istemolchilar elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” va “Kabellarni ta’mirlash va uchlaridan izolyatsiyasini olish yo’riqnomasi”ga muvofiq amalga oshiriladi.
55. Portlatish ishlari boshlanishidan oldin toklarning turi va kuchlanishidan qat’iy nazar, portlatilgan bo’laklarning ayrim bo’laklari uchib kelishi bo’yicha xavfli zonada bo’lgan barcha kon ichki liniyalarini o’chirib qo’yish zarur.
56. Portlash xavffi bo’lgan binolarda quyidagilar taqiqlanadi:
-kuchlanish ostida bo’lgan elektr asbob-uskunalari va tarmoqlarini ta’mirlash;

-himoyalovchi zaminlash nosoz bo’lganda elektr asbob-uskunalaridan foydalanish;
-agar tok o’tkazuvchi qismlari kuchlanish ostida bo’lsa, portlashdan himoyalangan elektr asbob-uskunalarning qobig’ini ochish;
-o’zidan-o’zi (avtomatik) uzilib qolgan elektr uskunani uning uzilib qolish sababini aniqlamasdan turib qayta ulash;
-portlashdan himoyalangan elektr asbob-uskunalar, similar va kabellarni nominal parametrlaridan ortiqcha yuklash;
-uchqunga xavfsiz asbob-uskunalarni ta’minlovchi manbalarga, ushbu asbob-uskunaning komplektiga kirmaydigan boshqa aparatlarni va zanjirlarni ulash. Elektr shit xonalari eshiklarini ochiq holatda qoldirish;
-portlash xavfi bo’lgan va kuyib qolgan elektr lampalarini, boshqa turdagi lampalarga yoki ushbu chiroq hisoblanganidan kattaroq quvvatdagi lampalarga almashtirish;
-elektr zanjirini uzib qo’yadigan aparatlar (issiqlik elementlari, saqlagichlar, elektr asbob-uskunalarni ushbu asbob-uskuna hisoblanganidan boshqa nominal parametrlar bilan yoki boshqa turdagidan himoyalovchi ajratgichlar) bo’lmaganda elektr uskunalarni ulash.
57. Elektrchilangarga quyidagilar taqiqlanadi:
a) ishlash:
-ishga yaroqsiz maxsus kiyimlar va poyabzalda;
-yakka tartibdagi himoya vositalarini qo’llamasdan;
-mexanizmlar asbob-uskunalarning to’sib qo’yilmagan tok o’tkazuvchi va aylanayotgan qismlari yaqinida;
-pol (yer maydonchasi) sathidan 1,3 metrdan yuqori balandlikda to’silmagan maydonchalarda montyorlik kamarisiz va himoya arqonisiz, to’siqlar bo’lmaganda balandligi bo’yicha farqi bo’lgan chegaralarga 2 metrdan kam masofaga yaqinlashish;
-yomg’ir yog’ayotganda, shamolning tezligi 10m/s dan ortiq bo’lganda balandlikda;
b) ishga yaroqsiz, sinovdan o’tkazilmagan himoya vositalari, asboblar va moslamalardan foydalanish;
-aparatlarning (har xil turdagi blokirovka qiluvchi qurilmalar, doimiy ravishda ulangan voltmetrlarning) o’chib qolganlik holati tog’risida signal beruvchi statsionar qurilmalarning ko’rsatishlari ishlashi asosida kuchlanish mavjud emasligi to’g’risida xulosa chiqarish;
-elektomotor ishlayotganda cho’lg’amlar chiqarmalari va kabel voronkalarining to’siqlarini olish;
-ushbu maqsad uchun mo’ljallanmagan qandaydir o’tkazgichdan zaminlash uchun foydalanish, shuningdek zaminlashni ulashni qayirib bog’lash yo’li bilan amalga oshirish;
-ochiq holdagi qopqoqli tuynuklar va teshiklar yaqinida to’siqlarni o’rnatmasdan turib ishlash;
-ishlarni, o’lchashlarni amalga oshirish vaqtida piriborlar, qarshiliklar, simlar va o’lchov transformatorlarining izolyatsiya qilinmagan qismlariga tegish;
-yuqorida ishlayotganda birorta predmetni irg’itish yo’li bilan uzatish.
Predmetlarni uzatishni yetarli darajada mustaxkamlikdagi halqasimon arqonlar yordamida amalga oshirish.
-izolyatsiyalovchi himoya vositalarini qo’llashni talab qiluvchi ishlarni tuman, yomg’ir va juda ko’p qor yog’ayotganda amalga oshirish;
-quyidagilarni qo’llash:
kuchlanish ostida ishlaganda metal qirqadigan dastagi, arra va egovlar, metal, metal o’lchov priborlari va shu kabilar; xizmat ko’rsatishda, shuningdek elektr uskunalarni ta’minlashda metal narvonlarni, qo’l ko’chma lampalar sifatida statsionar chiroqlarni,
avtotransportlar, drosseli g’altaklar va reostatlarni ko’chma elektr asboblar va chiroqlar uchun ta’minlash manbai sifatida pasaytirilgan kuchlanishni olish uchun, qoplangan qoplamasining shikastlanganligini yoki boshqa nosozliklarini aniqlaganda izolyatsiyalovchi vositalarni, sinovdan o’tkazilmagan izolyatsiyalovchi vositalarni, montyorlik tirnoqlarini (chirmashmalarini), shuningdek navbatdagi sinovdan o’tkazilish muddati o’tib ketgan himoya vositalarini, sinovdan o’tkazish muddati (1 yilda bir marta) o’tib ketgan, shuningdek balandlikdan tushib ketgan, urilgan va zarba yegandan keyin ampermetr tashqarilga chiqarilgan tok o’lchovchi qisqichlarni, kuchlanish ko’rsatgichini;
-kundalik ishlatish tartibi bo’yicha bajariladigan ishlardan tashqari, qandaydir ishlarni yolg’iz bajarish;
-shikastlanishi bo’lgan yoki himoya vositalari bilan komplektlanmagan elektr uskunalariga kuchlanishni berish;
-turli qutbli tok o’tkazuvchi qismlarga bir vaqtda yoki elektr mashinaning tok o’tkazuvchi qismlariga qo’l bilan tegish;
-o’z harakatlarini to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilmasdan turib yoki unga berilgan buyruq tushinarli bo’lmaganligida almashlab ulashni amalga oshirish;
-yerga tutashuv aniqlanganda yopiq taqsimlash qurilmalarida 5 metrdan kam bo’lgan masofaga va ochiq taqsimlash qurilmalarida 8 metrdan kam bo’lgan masofaga tutashuv nuqtasiga yaqinlashish;
v) o’qib urganmasdan va ushbu ishga qo’yilmasdan mashina va mexanizmlarni boshqarish, shuningdek elektr uskunalariga xizmat ko’rsatish, boshqarish yoki ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan ishchilarga ishlayotgan mashinalar va mexanizmlarning ta’sir doirasida bo’lish;
g) mashina va mexanizmlar ishlab turganda ularni tozalash, ta’mirlash va qo’l bilan moy surkash;
d) kon va yo’l-qurilish mashinalari ishlab turganda ulardan tushish va ularga chiqish, shuningdek mashinistni ishga aloqasiz gaplar bilan chalg’itish;
e) ish vaqtida uxlash bevosita yonbag’iridagi qazish joylarida, ishlab turgan mexanizmlar yaqinida, transport yo’llarida, elektr uzatish liniyalari ostida dam olish;
j) pog’onadan pog’onga qiyaliklar bo’ylab va portlatilgan kon massasi ustida harakatlanish.
58.Taqsimlovchi qurilmalar, shitlar, shkaflar, yig’malarni ko’rikdan o’tkazishda quyidagilar taqiqlanadi:
-ogohlantiruvchi plakatlar va to’siqlarni olib qo’yish, ularning orqasiga o’tish;
-tok o’tkazuvchi qismlariga tegish va ularni artish (tozalash), aniqlangan nosozliklarni bartaraf qilish;
59. Ishlab chiqarish elektr asbob-uskunalari (elektomotorlar, generatorlar, quvvat uzatish va payvandlash transformatorlari va h.k.)va kuchlanishi 1000 Vgacha bo’lgan turli texnologik jihozlarning elektr texnik qismlarini ko’rikdan o’tkazishda ko’rikdan o’tkazish uchun shitlar, ishga tushirish qurilmalari, boshqarish qurilmalarining eshiklarini yolg’iz o’zi ochishiga ruxsat etiladi. Bunda ehtiyotkorlikga rioya qilish, aparaturalarining tok o’tkazuvchi qismlariga tegmaslik kerak.
60. Kuchlanishi 1000V dan yuqori bo’lgan elektr uskunalarini yolg’iz ko’rikdan o’tkazishda to’siqlar orqasiga o’tish, taqsimlash qurilmalarning kameralariga kirish, qandaydir ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Kamerani ostonadan yoki to’siqning oldida ko’rikdan o’tkazish kerak.
61. Elektr uskunalar (shitlar, shkaflar yig’malar, kameralar va h.k.) binolarining eshiklari doimo qulflangan bo’lishi kerak.
62. Ko’rikdan o’tkazish vaqtida elektr asbob-uskunalar, havo liniyalari, kabel liniyalarining shikastlanishlari (avariyalari) aniqlanganda, elektrchilangar shikastlangan uchastkani uzib qo’yish bo’yicha choralarni ko’rishi, elektomexanikka (energetikka) xabar berishi va ularning ko’rsatmalariga muvofiq harakat qilishi kerak.
64. Elektr uskunalardagi ishlar quyidagi shartlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak:
-ish naryad, farmoyish bilan rasmiylashtirilgan bo’lishi yoki kundalik ishlatish tartibi bo’yicha amalga oshirilishi kerak;
-ishlarni bajarishni boshlashdan oldin, ishlovchilarning xavfsizligini ta’minlovchi texnik chora-tadbirlar bajarilgan bo’lishi kerak.
65. kundalik ishlatish tartibi bo’yicha bajarilayotgan ishlar “Kundalik ishlatish tartibi bo’yicha bajarilayotgan ishlar ro’yxati”ga binoan amalga oshirilishi kerak.
66. Artish va moylash uchun ishlatiladigan matereallarni maxkam yopiladigan yashiklarda saqlash kerak.

Download 336.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling