Электр хавфсизлиги


 Elektr uzatish tarmog„ida yerga ulagichlarni o„rnatish


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

8.7. Elektr uzatish tarmog„ida yerga ulagichlarni o„rnatish 
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmog‗ini taqsimlovchi elektr 
uskunalaridan o‗chirilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsion 
apparatlari oldida yerga ulanishi shart. 
Elektr uzatish tarmog‗ida yerga ulagichlarni o‗rnatish ruxsat etiladi: 
— 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‗ida asosiy 
elektr tarmog‗i ikki tomonidan yerga ulangan, shaxobchadagi podstansiyalarda esa, 
yerga ulagich o‗chirilgan tarmoq ajratgichlaridan keyin o‗rnatilgan bo‗lsa, bu 
elektr tarmoq yerga ulanmaydi; 
— 6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini faqat bir taqsimlovchi 
elektr uskunalarida yoki bir seksiyaga ajratadigan asbob oldida yoxud taqsimlovchi 
elektr uskunalariga yoki seksiyaga ajratadigan asbobga yaqin turgan ustunda yerga 
ulash mumkin. Qolgan taqsimlovchi elektr uskunalarida va seksiyaga ajratadigan 
asboblar oldida elektr uzatish tarmog‗iga qo‗yiladigan yerga ulagichlar, ish joyi 
bilan ushbu taqsimlovchi uskunalar yoki seksiyaga ajratadigan asboblar oralig‗ida 
o‗rnatilish sharti bilan, o‗sha kuchlanish olinib o‗chirilgan elektr uzatish tarmoq-
larini yerga ulamaslik mumkin; 


136 
- elektr uzatish tarmoqlarida yuqorida qayd qilingan yerga ulagichlar, yerga 
ulash uskunalari bor ustunlarga o‗rnatilishi kerak; 
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uzatish tarmoqlarida yerga ulagichni 
faqat ish joyiga qo‗yish yetarli. 
Texnika xavfsizligi qoidalarida eslatib qo‗yilgan yerga ulagichlarga 
qo‗shimcha, har bir brigadani ish joyida simlarni har bir fazasi, kerak bo‗lganda, 
trosslar ham yerga ulanishi shart. Sim tortadigan metall roliklarda va ushlab 
turuvchi qisqichlarda (зажимларда) yotgan simlar uchun roliklarning o‗zidagi 
qo‗zg‗almas bo‗lagini yerga ulash kifoya. Metall tuzilishli, temir qobig‗lari yerga 
ulangan temir-beton ustunlar va ulardagi roliklar halqasi (обойнаси), hamda 
qisqichlar orasida tabiiy tutashish bo‗lsa, rolik va qisqichlarni qo‗shimcha yerga 
ulash talab qilinmaydi. 
Ikki mustahkam anker ustunlari orasida sim osilayotganda, anker ustunini 
aylanib o‗tuvchi sim ulanganidan so‗ng, osilgan simlar boshlang‗ich anker ustunda 
va oxirgi simlarni ushlab turuvchi liniya oxiridagi birorta ustunda yerga ulanishi 
shart. Tayyor uchastkalardagi simlar orqali chaqmoqdan va boshqa o‗ta 
kuchlanishdan, 
keyingi 
uchastkalarga 
osilayotgan 
simlarga 
kuchlanish 
(потенциал) o‗tish xavfini yo‗q qilish maqsadida, oxirgi anker ustunida osilgan 
simlarni va qurilib bitgan elektr uzatish tarmog‗i simlarini yerga ulash ma‘n 
qilinadi. 
Har bir fazada simlar bir necha bo‗limlarga qarab ajratilgan elektr uzatish 
tarmog‗ida, har bir fazaning bir simini yerga ulashga ruxsat beriladi, fazalar-dagi 
simlar izolyatsion kashak yordamida ajratilganda, barcha simlarni yerga ulash talab 
qilinadi. 
Bir zanjirli elektr tarmog‗ida yerga ulagichni, ish olib borilayotgan ustun 
yoki qo‗shni ustunga qo‗yish kerak. Brigada ishlayotgan elektr uzatish tarmog‗i 
qismiga yerga ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmaslik sharti bilan, ikki 
tomonidan yerga ulagich o‗rnatilishiga ruxsat etiladi. 
Ustundan izolyatsiya qilingan chaqmoqqa qarshi osilgan simda (trossda) 
yoki ushbu ustunga osilgan simda yoki ustun qurilmasida, bu simga 1 m dan kam 


137 
masofaga yaqinlashib ishlaganda, sim albatta yerga ulanishi shart. Yerga ulagich 
simni izolyatsiya qilingan tomonidan keyingi ustunga ketgan yerida yoki oralig‗ida 
qo‗yiladi. 
Agar ushbu simda muz eritish mo‗ljallangan bo‗lsa, ish boshlashdan oldin 
sim kuchlanish kelishi mumkin bo‗lgan barcha tomonlaridan o‗chirilib, yerga 
ulanishi shart. 
Ko‗chma yerga ulagich metall ustunlarda, uning elementlariga yerga ulagich 
o‗rnatish uchun jihozlangan temir-beton va yog‗och ustunlarda, yerga ulagich 
uskunalariga ularni butunligini tekshirganidan so‗ng, shu simlarga o‗rnatilishi 
kerak. Yerga ulagich o‗rnatish uchun jihozlangan uskunalari bo‗lmagan temir-
beton ustunlarda, yerga ulagichni ustunning traversiga va boshqa metall elementiga 
o‗rnatish mumkin. 
Neytrali yerga ulangan va nol simi tarmoqda qayta yerga ulangan 1000 V 
kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uzatish tarmoqlarida, yerga ulagichni ushbu nol 
fazali simiga o‗rnatish mumkin (34-rasm). 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling