Электр хавфсизлиги


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

Dielektrik qalpoqlar. 
Elektr tokiga ulab yuborishning oldini olish uchun, qalpoqlarni bir qutbli 
ajratgich pichoqlariga kiygiziladi. 
Qalpoqlar elektr xavfsizligi shartlari bo‗yich, ko‗chma yerga ulagichni 
o‗rnatishning iloji bo‗lmagan elektr uskunalarining ulangan joylarida qo‗llaniladi. 


145 
Qalpoqlar ajratgich pichoqlariga bemalol kiygizilishi va unda mustahkam turishi 
kerak. 
Qalpoqlar rezinadan yoki plastmassadan tayyorlanadi. Ularni o‗rnatish va 
yechib olish asosiy himoya vositalarini qo‗llagan holda, amalga oshirilishi zarur. 
Qalpoqlarda yoriqlar, darz ketgan joylar, begona jismlar mavjudligi va 
boshqa buzilishlarning yo‗qligini har 12 oyda bir marta tekshirilishi lozim. 
9.3. Izolyatsiyalovchi himoya vositalari 
Izolyatsiyalovchi qoplamalar. 
Izolyatsiyalovchi qoplamalarni 20 kV kuchlanishgacha bo‗lgan elektr 
uskunalarida, tok o‗tkazuvchi qismlarga bexosdan tegib ketishining oldini olish 
uchun, ish joyini to‗siqlar bilan ajratish imkoni bo‗lmagan hollarda, qo‗llashga 
ruxsat etiladi. 
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarda, izolyatsiyalovchi 
qoplamalar uzgichlarni yanglishib ulab yuborishga yo‗l qo‗ymaydigan vosita 
sifatida ham qo‗llaniladi. 
Kuchlanish ostida bo‗lgan va kuchlanishi olingan tok o‗tkazuvchi qismlar 
orasidagi (masalan, qo‗zg‗almas kontaktlar va ajratgich pichoqlari o‗rtasida) 
izolyatsiyalovchi qoplamalar mexanik mustahkam, tuzilishi va o‗lchami tok 
o‗tkazuvchi qismlarni to‗liq yopadigan bo‗lishi zarur. Qoplamalarni bevosita tok 
o‗tkazuvchi qismlar ustiga o‗rnatish mumkin. 
Kuchlanishi 20 kV gacha bo‗lgan elektr uskunalarida qattiq elektr 
izolyatsiyalovchi materiallar (getinaks, shishatekstolit va boshqa) dan yasalgan 
qoplamalar ishlatiladi. 
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalarida dielektrik rezinadan 
yasalgan qalinligi 5 mm dan kam bo‗lmagan elastik qoplamalarni ishlatish 
mumkin. Kuchlanishni olmasdan ular bilan ishlashda, tok o‗tkazuvchi qismlar 
yopiladi. 
Konstruksiyasida, izolyatsiyalovchi dastak yoki tutqich ko‗zda tutilmagan 


146 
tok o‗tkazuvchi qismlar ustiga, qoplamalarning asosiy himoya vositalaridan 
foydalangan holda o‗rnatish zarur. 
Izolyatsiyalovchi qoplamalarni ishlatishdan oldin, ularning changini artish, 
yuzasida yoriq va darz ketgan joylari yo‗qligini, lak qoplamasi buzilmaganligi va 
boshqa kamchiliklar yo‗qligini tekshirish zarur. Izolyatsiyalovchi qoplamalarni 
namlanish va ifloslanishidan saqlash lozim. 
Izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari. 
Izolyatsiyalovchi dastakli asboblar, 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr 
uskunalarida, kuchlanish ostida ishlash uchun asosiy himoya vositasi sifatida 
qo‗llaniladi. 
Faqat «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» 
talablari asosida tayyorlangan izolyatsiyalovchi dastakli asboblarni ishlatishga 
ruxsat etiladi. 
Izolyasiyalovchi 
dastaklar 
g‗iloflar 
shaklida 
yoki 
tayanch 
bilan 
mahkamlangan, nam o‗tkazmaydigan, moy va benzin ta‘siriga chidamli, mo‗rt 
bo‗lmagan, elektr izolyatsiyalovchi materialdan yasalgan, yechilmaydigan 
qoplama shaklida tayyorlanadi. 
Izolyatsiya dastakni batamom qoplashi va uning halqa-tayanch o‗rtasigacha 
bo‗lgan uzunligi 100 mm dan kam bo‗lmasligi kerak. Buragich (отвертка) 
o‗zagining izolyatsiyasi, uning uchiga 10 mm qolgunga qadar davom etishi lozim. 
Izolyatsiyalovchi dastaklar yuzasi va qalinligi nuqsonsiz bo‗lishi, hamda 
g‗ovaklar, singan va shishgan joylari bo‗lmasligi shart. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling