Электр хавфсизлиги
-rasm. Xavfsizlik arqonining saqlagich kamari
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
50-rasm. Xavfsizlik arqonining saqlagich kamari
Xavfsizlik arqonlari karabinlar (prujinali qisqichlar) bilan jihozlangan bo‗lishi mumkin. 9.8. Izolyatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulash shtangalari Izolyatsiyalovchi shtangalar operativ ishlarni, o‗lchov ishlarini (izolyatsiya holatini va elektr uzatish tarmoqlari, hamda podstansiyalardagi ulagichlarni tekshirish uchun), zaryadsizlagich (разрядник) detallarini o‗rnatish va boshqa ishlarni bajarish uchun mo‗ljallangan. Izolyatsiyalovchi shtangalar, har xil vazifalarni bajarish, detallarni almashtirish, ajratib qo‗yishga mo‗ljallangan, boshchali (ishchi qismli) universal bo‗lishi mumkin (51-rasm). Izolyatsiyalovchi shtangalar ishchi, izolyatsiyalovchi qismlardan va dastakdan iborat. Ishchi qismining tuzilishi, ushbu shtanga bilan bajariladigan ishlarga muvofiq aniqlanadi. O‗lchov shtangasining ishchi qismi o‗lchov qurilmasidir. 160 51-rasm. Izolyatsiyalovchi operativ, qutqarish, universal, ko„pfunksiyali shtangalar va yerga ulash shtangalari Shtanganing izolyatsiyalovchi qismini, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» da ko‗rsatilgan materiallardan yasalishi zarur. Dastak esa, shtanga bilan yaxlit yoki alohida bo‗lak holida yasalishi mumkin. Izolyatsiyalovchi qism va dastakning uzunligi 4-jadvalda keltirilgan. 161 4-jadval Yerga ulagich shtangalarining minimal o„lchamlari Shtangalar Uzunligi, (mm) Izolyatsiyalovchi qismi dastagi 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida yerga ulagichni o‗rnatish uchun Cheklanmaydi, qo‗llashga qulay holda belgilanadi 2-500 kV kuchlanishli taqsimlovchi uskunalar va 35 kV kuchlanishgacha bo‗lgan havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulash uchun 5-jadval bo‗yicha 110-220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga butunlay elektr izolyatsiyalovchi materialdan yasalgan, hamda elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmali yerga ulashni o‗rnatuvchi shtangalar 1400 5-jadval bo‗yicha 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulagich o‗rnatuvchi metall zvenolardan iborat yig‗ma shtangalar 1000 5-jadval bo‗yicha 110-500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridan izolyatsiya qilingan yashindan himoya qiluvchi trosslarga yerga ulagichni o‗rnatuvchi 700 300 Tajriba va sinov uskunalarida yerga ulagich o‗rnatuvchi kamida 700 300 Elektr yoyini o‗chirish qurilmasi bilan jihozlangan shtangalarni 110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining fazalarini alohida ta‘mirlashda, o‗chirilgan fazani yerga ulash uchun mo‗ljallangan. Bundan tashqari, shtanga, ushbu fazani yerga ulash jarayonida hosil bo‗ladigan elektr yoyini o‗chirish vazifasini ham bajaradi. 162 Barcha shtangalar yerga ulagich shtangalariga qo‗yilgan talablarni qanoatlantirishi zarur. Elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan shtangalar izolyatsiyalovchi qismdan, dastak, elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmali ishchi qism va ilgak (pantografik va boshqa konstruksiyadagi), hamda strubsinali yerga ulovchi simdan tashkil topgan. Yerga ulovchi simning ko‗ndalang kesimi, mexanik mustahkamligi bo‗yicha 25 mm 2 dan kam bo‗lmasligi lozim. Elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmali shtangada ishlatilishi mo‗ljallangan elektr uzatish tarmog‗ini kuchlanishi va elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmaning nominal toki ko‗rsatilgan bo‗lishi zarur. Izolyatsiyalovchi shtangalar o‗lchami 5-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam bo‗lmaslik va yerga ulagich shtangalar o‗lchami esa 4-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam bo‗lmasligi shart. 15 kV kuchlanishgacha mo‗ljallangan chinni izolyatorli va elektr izolyatsiyalovchi materialdan tayyorlangan uzaytirgichlar shtangalarning minimal izolyatsiyalovchi qism uzunligiga (5-jadval), izolyator uzunligi va uzaytirgichning izolyatordan dastakkacha bo‗lgan qismi kiradi. Shtangalar ishchi qismining tuzilishi, ajratgichlar bilan ishlash jarayonida sirg‗anib ketishdan xoli bo‗lishi lozim. Izolyatsiyalovchi shtanga va yerga ulagich shtangalarining umumiy uzunligi yerdan, poldan, havo elektr uzatish tarmoqlarida esa, tayanchdan turib erkin ishlatishni ta‘minlashi zarur. Izolyatsiyalovchi shtangalarning umumiy uzunligi, uning ishlatish sharoitlariga qarab belgilanadi. Bu shtangalar elektr izolyatsiyalovchi material yoki metall bilan ulangan bir necha bo‗lakdan iborat bo‗lishi mumkin. Teleskopik konstruksiyalarni qo‗llashga ruxsat etiladi. Biriktiruvchi metall qismlari, ular-ning uzunligi izolyatsiyalovchi qism uzunligining 5% dan ortiq bo‗lmagan taqdirda, shtanganing uzunligini 5-jadvalga asosan aniqlashda olib tashlanmaydi. Shtanganing og‗irligi, agar u bilan bir odam ishlasa, bir qo‗lga (chegaralovchi halqa yonida ushlab turuvchi) tushadigan eng katta kuch o‗lchov 163 shtangalari uchun 80 N (8 kgs) dan, qolganlari uchun esa (yerga ulagich shtangasi uchun ham), 160 N (16 kgs) dan oshmasligi zarur. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling