155
kuzoynaklarning ichki yuzasi terlashdan saqlovchi maxsus tarkib bilan moylanishi
lozim (
45-rasm).
a)
b)
v)
g)
45-rasm. Himoya ko„zoynaklarining turlari
Qo‘lqoplar. Qo‗lqoplar qo‗lni uchqunlardan, erigan metall zarrachalari-ning
sachrashidan, to‗ponidan,
yuqori haroratdan, neftdan, ishqordan,
kislotadan,
suvdan, mexanik ta‘sirlanishlardan saqlash uchun mo‗ljallangan (
46-rasm).
a)
b)
v)
46-rasm. Rezinali dielektrik qo„lqoplar
Erigan metallar, kabel
mastikalari bilan ishlaganda, qiyin yonuvchi asbest,
shpilka va boshqa gazlamalardan tikilgan qo‗lqoplardan foydalanish shart.
Qo‗lqoplar, "
Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi
qoidalari" talablari asosida tayyorlanishi zarur.
Qo‗lqoplar olti tipda ishlab chiqariladi:
- keng tikilgan, barmog‗i choklab ulangan;
- barmoqli, qo‗lqopning pastki qismi to‗la bichilgan;
- barmog‗i qo‗lqop bukilishining yon tomonida joylashgan;
156
- ikkita barmoqli;
- elastik lenta bilan bilaklarga bog‗langan;
- qo‗njlari uzaytirilgan, to‗rtta o‗lchamli.
Qo‗lqoplar kuchaytiruvchi va himoya qoplamalariga ega. Qo‗njlari
uzaytirilgan qo‗lqoplarning o‗lchamlari 420 mm dan kam bo‗lmasligi kerak.
Erigan metall, mastika va boshqa moddalar oqib ketishining oldini olishda,
qo‗lqoplar kiyim yenglarini zich qoplab olgan bo‗lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: