Электр хавфсизлиги


Protivogazlar, respiratorlar


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

Protivogazlar, respiratorlar. Protivogazlar (masalan, ПСХ-1, ПСХ-2) nafas 
olish a‘zolarini kislorod yetishmaslikdan yoki yopiq taqsimlovchi qurilmalarda 
avariya holati tufayli metallarning erishi va elektr izolyatsiyalovchi materiallarning 
yonishi natijasida paydo bo‗ladigan o‗ta xavfli gazlar bilan ifloslangan havo bilan 
zaharlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi (47-rasm). 
Kavsharlash ishlarida kavsharlash aerozollaridan himoya qilish uchun, 
aerozolga qarshi filtrlovchi respiratorlar (У-2к, Ф-62 sh va h.k.) ishlatiladi. Havoni 
filtrlovchi fuqaro protivogazlarini (masalan, ГП-5) faqat uglerod oksididan 
saqlovchi gopkalit patron bilan ishlatishga ruxsat etiladi. Gopkalit pat-roni havo 
harorati 6°S va undan yuqori bo‗lganda, ishlatishga ijozat beriladi, bundan past 
havo haroratida uning himoya xususiyati yo‗qoladi. 
a)
b)
47-rasm. Respiratorlar 
Protivogaz va respiratorlar, "Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik 
texnikasi qoidalari" talablari asosida tayyorlanishi va ishlatilishi lozim. 
Xodimlar protivogaz va respiratorlardan foydalanishga o‗qitilib o‗rgatilgan 
bo‗lishi zarur. Shlangli protivogazlar bilan ishlash jarayonida ishchilar, xavfsiz 


157 
hududda bo‗lgan, kerak bo‗lganda, yordam berishga qurbi etadigan va tayyor 
turgan, yordamchi xodimlar nazoratida bo‗lishi lozim. Respiratorlar faqat shaxsiy 
foydalanish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, boshqa kishilarga tozalanganidan 
(дизенфекция) so‗ng, ishlatishga ruxsat etiladi. 
Kaskalar. Kaskalar boshni mexanik shikastlanishdan, yog‗ingarchilikdan, 
elektr toki ta‘siridan saqlash uchun xizmat qiladi (48-rasm). Elektrstansiya va 
podstansiyalardagi ishlab turgan elektr uskunalarida (boshqaruv, releli va shunga 
o‗xshash shchitlardagi ishlardan tashqari), yopiq va ochiq taqsimlovchi elektr 
uskunalarida, tunnellar va quduqlarda, hamda havo elektr uzatish tar-moqlarida 
ta‘mirlash ishlarini bajarish jarayonida, barcha ishchilar kaskalardan 
foydalanishlari majburiydir. 
a)
b)
v)
g)

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling