Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Montyorning saqlagich kamari va xavfsizlik arqonlari.
- 49-rasm. Himoya kamarlari Kamarlar, "Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoida- lari
48-rasm. Himoya kaskalari
Kaskalar, "Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari" talablari asosida tayyorlanishi zarur. Kaskalar belgilangan maqsadga qarab, bir necha turlarda ishlab chiqariladi: cheti soyabonli, fara ushlagichli, olib qo‗yiladigan pelerinali tomchi o‗tadigan joylarda ishlash uchun qo‗llaniladigan, qish mavsumida kiyish uchun mo‗ljallangan issiq shlemli. Kaskaning barcha detallari o‗tkir qirralar va tomonlardan, hamda bo‗rtiqlardan xoli bo‗lishi lozim. Kaska engakdan o‗tkazib bog‗lash uchun kamar bilan ta‘minlangan bo‗lishi shart. Kaskaning materiali, metall buyumlar bilan urilganda uchqun chiqarmasligi kerak. Kaska korpusi ikki tomoni ochiq tok o‗tkazuvchi detallardan xoli bo‗lib, 1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalarida elektr toki urishidan himoya qilishi shart. Kaskaning tashqi yuzasi tekis, silliq, darz ketmagan va pufaksiz bo‗lishi zarur. 158 Montyorning saqlagich kamari va xavfsizlik arqonlari. Montyorning saqlagich kamari havo elektr uzatish tarmoqlarida, elektrstansiya va podstansiyalarda, taqsimlovchi uskunalarda, balandlikda ishlovchi ishchilarning xavfsizligini ta‘minlash uchun xizmat qiladi (49-rasm). a) b) v) 49-rasm. Himoya kamarlari Kamarlar, "Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoida- lari" talablariga mos kelmog‗i lozim. Ishlab turgan elektr uskunalarida ish bajarishda (kavsharlash ishlaridan tashqari) texnik kapronli tasmadan (lentadan) yoki shunga o‗xshash materialdan tayyorlangan, osma arqonli montyorning saqlagich kamarini ishlatish lozim. Elektr uskunalarining tok o‗tkazuvchi qismlaridan kuchlanishni olib yoki tok o‗tkazmaydigan qismlaridan kuchlanishni olmasdan kavsharlash ishlarini bajarish jarayonida, osma zanjirli saqlagich kamarini ishlatish lozim. Kamar karabini qulflab berkitilishi va qimirlamaydigan moslama bilan jihozlangan bo‗lishi kerak. Dinamik siltanishga duchor bo‗lgan kamar, ishlatishdan olib qo‗yilishi zarur. Xavfsizlik arqoni qo‗shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Ish jo-yida montyorning saqlagich kamarini osma arqoni bilan uskunalar konstruksiyasiga mustahkam o‗rnashib olish imkonini ta‘minlay olmaydigan masofalarda, xavfsizlik arqonidan foydalanish shart. Buning uchun uzunligi kamida 10 m va diametri 15 mm dan kam bo‗lmagan paxtadan tayyorlangan arqon yoki maxsus to‗kilgan kapron arqondan foydalanish zarur. Arqonning statik uzilish yuklamasi 10000 N (1000 kgs) dan kam bo‗lmasligi 159 shart (yelka kamarlari, montyorning saqlagich kamarlari qanday me‘yorlar bilan sinovdan o‗tkazilsa, shu me‘yorlarda sinalishi kerak). Xavfsizlik arqonining saqlagich kamari aylanasiga mahkamlash uchun bog‗lagich tuguni, 50-rasmda ko‗rsatilgan. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling