Электр хавфсизлиги


-rasm. Xavfsizlik arqonining saqlagich kamari


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

50-rasm. Xavfsizlik arqonining saqlagich kamari 
Xavfsizlik arqonlari karabinlar (prujinali qisqichlar) bilan jihozlangan 
bo‗lishi mumkin. 
 
9.8. Izolyatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulash shtangalari 
Izolyatsiyalovchi shtangalar operativ ishlarni, o‗lchov ishlarini (izolyatsiya 
holatini va elektr uzatish tarmoqlari, hamda podstansiyalardagi ulagichlarni 
tekshirish uchun), zaryadsizlagich (разрядник) detallarini o‗rnatish va boshqa 
ishlarni bajarish uchun mo‗ljallangan. 
Izolyatsiyalovchi shtangalar, har xil vazifalarni bajarish, detallarni 
almashtirish, ajratib qo‗yishga mo‗ljallangan, boshchali (ishchi qismli) universal 
bo‗lishi mumkin (51-rasm). 
Izolyatsiyalovchi shtangalar ishchi, izolyatsiyalovchi qismlardan va 
dastakdan iborat. Ishchi qismining tuzilishi, ushbu shtanga bilan bajariladigan 
ishlarga muvofiq aniqlanadi. O‗lchov shtangasining ishchi qismi o‗lchov 
qurilmasidir.


160 
 
51-rasm. Izolyatsiyalovchi operativ, qutqarish, universal, ko„pfunksiyali shtangalar va 
yerga ulash shtangalari
Shtanganing izolyatsiyalovchi qismini, «Elektr uskunalarini ishlatishda 
xavfsizlik texnikasi qoidalari» da ko‗rsatilgan materiallardan yasalishi zarur.
Dastak esa, shtanga bilan yaxlit yoki alohida bo‗lak holida yasalishi 
mumkin. Izolyatsiyalovchi qism va dastakning uzunligi 4-jadvalda keltirilgan. 
 


161 
4-jadval 
Yerga ulagich shtangalarining minimal o„lchamlari 
Shtangalar 
Uzunligi, (mm) 
Izolyatsiyalovchi 
qismi 
dastagi 
1000 

kuchlanishgacha 
bo‗lgan elektr 
uskunalarida yerga ulagichni o‗rnatish uchun 
Cheklanmaydi, qo‗llashga 
qulay holda belgilanadi 
2-500 kV kuchlanishli taqsimlovchi uskunalar va 
35 kV kuchlanishgacha bo‗lgan havo elektr 
uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulash uchun 
5-jadval bo‗yicha 
110-220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish 
tarmoqlari 
simlariga 
butunlay 
elektr 
izolyatsiyalovchi materialdan yasalgan, hamda 
elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmali yerga ulashni 
o‗rnatuvchi shtangalar 
1400 
5-jadval 
bo‗yicha 
500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish 
tarmoqlari simlariga yerga ulagich o‗rnatuvchi 
metall zvenolardan iborat yig‗ma shtangalar 
1000 
5-jadval 
bo‗yicha 
110-500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish 
tarmoqlari ustunlaridan izolyatsiya qilingan 
yashindan himoya qiluvchi trosslarga yerga 
ulagichni o‗rnatuvchi 
700 
300 
Tajriba va sinov uskunalarida yerga ulagich 
o‗rnatuvchi 
kamida 700 
300 
Elektr yoyini o‗chirish qurilmasi bilan jihozlangan shtangalarni 110 kV va 
undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining fazalarini alohida 
ta‘mirlashda, o‗chirilgan fazani yerga ulash uchun mo‗ljallangan. 
Bundan tashqari, shtanga, ushbu fazani yerga ulash jarayonida hosil 
bo‗ladigan elektr yoyini o‗chirish vazifasini ham bajaradi. 


162 
Barcha shtangalar yerga ulagich shtangalariga qo‗yilgan talablarni 
qanoatlantirishi zarur. 
Elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan shtangalar 
izolyatsiyalovchi qismdan, dastak, elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmali ishchi qism 
va ilgak (pantografik va boshqa konstruksiyadagi), hamda strubsinali yerga ulovchi 
simdan tashkil topgan. 
Yerga ulovchi simning ko‗ndalang kesimi, mexanik mustahkamligi bo‗yicha 
25 mm
2
dan kam bo‗lmasligi lozim. 
Elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmali shtangada ishlatilishi mo‗ljallangan 
elektr uzatish tarmog‗ini kuchlanishi va elektr yoyini o‗chiruvchi qurilmaning 
nominal toki ko‗rsatilgan bo‗lishi zarur. 
Izolyatsiyalovchi shtangalar o‗lchami 5-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam 
bo‗lmaslik va yerga ulagich shtangalar o‗lchami esa 4-jadvalda keltirilgan 
uzunlikdan kam bo‗lmasligi shart. 15 kV kuchlanishgacha mo‗ljallangan chinni 
izolyatorli va elektr izolyatsiyalovchi materialdan tayyorlangan uzaytirgichlar 
shtangalarning minimal izolyatsiyalovchi qism uzunligiga (5-jadval), izolyator 
uzunligi va uzaytirgichning izolyatordan dastakkacha bo‗lgan qismi kiradi. 
Shtangalar ishchi qismining tuzilishi, ajratgichlar bilan ishlash jarayonida 
sirg‗anib ketishdan xoli bo‗lishi lozim. Izolyatsiyalovchi shtanga va yerga ulagich 
shtangalarining umumiy uzunligi yerdan, poldan, havo elektr uzatish tarmoqlarida 
esa, tayanchdan turib erkin ishlatishni ta‘minlashi zarur.
Izolyatsiyalovchi shtangalarning umumiy uzunligi, uning ishlatish 
sharoitlariga qarab belgilanadi. Bu shtangalar elektr izolyatsiyalovchi material yoki 
metall bilan ulangan bir necha bo‗lakdan iborat bo‗lishi mumkin. Teleskopik 
konstruksiyalarni qo‗llashga ruxsat etiladi. 
Biriktiruvchi metall qismlari, ular-ning uzunligi izolyatsiyalovchi qism 
uzunligining 5% dan ortiq bo‗lmagan taqdirda, shtanganing uzunligini 5-jadvalga 
asosan aniqlashda olib tashlanmaydi. 
Shtanganing og‗irligi, agar u bilan bir odam ishlasa, bir qo‗lga 
(chegaralovchi halqa yonida ushlab turuvchi) tushadigan eng katta kuch o‗lchov 


163 
shtangalari uchun 80 N (8 kgs) dan, qolganlari uchun esa (yerga ulagich shtangasi 
uchun ham), 160 N (16 kgs) dan oshmasligi zarur. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling