Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sinal-moqda! Hayot uchun xavfli!»
- «Kenotron uskunalarini ekspluatatsiya
xavfli!» degan shior osilishi shart. To‗siqni sinov o‗tkazayotgan xodim o‗rnatadi.
Zarur bo‗lgan taqdirda sinalayotgan uskuna, sinov uskunasi va ulash simlariga begona odamlarni yaqinlashishini oldini olish uchun, II guruhga ega bo‗lgan brigada a‘zolaridan birini nazoratchi etib tayinlanishi kerak. Nazoratchilik qilayotgan brigada a‘zosi to‗siqdan tashqarida turishi va sinalayotgan uskunani kuchlanish ostida deb hisoblashi shart. Nazoratchilik qilayotgan xodim, o‗z ish joyini faqat ishboshining ruxsati bilan tashlab ketishi mumkin. Agar kabelni ikkinchi uchi berkitilgan xonada (камера), komplekt taqsimlovchi uskunani xonasida yoki xona ichida joylashgan bo‗lsa, kabel elektr uzatish tarmoqlarini sinash jarayonida eshikka yoki to‗siqda, «Sinal-moqda! Hayot uchun xavfli!» degan shior osilishi shart. Agar kabel elektr uzatish tarmog‗ini ikkinchi uchi joylashgan xona eshigi va unga o‗rnatilgan to‗siq berkitilmagan yoki kabelning fazalari trassadagi 175 ta‘mirlashga mo‗ljallangan tarmoq bilan qo‗shib sinaladigan bo‗lsa, kabelni trassadagi fazasi ulangan joyga shiorlar osishdan tashqari, yana brigada tarkibiga kiritilgan II guruhli ishchidan yoki navbatchi xodimlardan qo‗riqlovchi qo‗yilishi kerak. Sinov uskunasi va sinalayotgan uskuna har xil xonalarda yoki taqsimlovchi elektr uskunaning boshqa bir yerida joylashgan bo‗lsa, izolyatsiya ahvolini tekshirib turish uchun III guruhga ega bo‗lgan brigada a‘zolarining birortasi ishboshidan alohida turishiga ruxsat etiladi. Ushbu brigada a‘zolari to‗siqdan tashqarida joylashishlari va sinov ishlarini boshlashdan oldin ishboshidan yo‗riqnoma (инструктаж) olishlari kerak. Sinovga salbiy ta‘sir beradigan yerdan ulagichni olish va sinov ishlari tamom bo‗lganidan so‗ng, qayta o‗rniga qo‗yish, faqat sinov ishlariga rahbarlik qilayotgan xodim ko‗rsatmasi bilan sinov uskunasini yuqori kuchlanishli qismini yerga ulangandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Sinash sxemasini yig‗ishda birinchidan sinov uskunasi, himoya va ishchi yerga ulagichlarini o‗rnatishni bajarish va kerak bo‗lgan taqdirda, sinaladigan uskuna tanasini (корпус) himoyalovchi yerga ulagichini o‗rnatish zarur. Ko‗chma sinov uskunasi bilan sinov o‗tkazilganida, ushbu uskuna tanasini faqat ishchi sxema yordamida yerga ulash ta‘qiqlanadi. Ko‗chma sinov uskunasi tanasini ko‗ndalang kesimi, kamida 10 mm 2 bo‗lgan egiluvchan mis sim bilan alohida yerga ulanishi kerak. Sinov o‗tkazishdan oldin, uskuna tanasini yerga mustahkam ulanganligini tekshirish zarur. Sinov uskunasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulashdan oldin, uning yuqori kuchlanishli qismi yerga ulanishi shart. Sinash sxemalarini yerga ulash uchun ishlatiladigan egiluvchan mis sim- ning ko‗ndalang kesimi, kamida 4 mm 2 bo‗lishi kerak. Sinov uskunasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulaganda, zanjir uzi- lishini yaqqol ko‗rsatadigan o‗chirish-yoqish apparatlari orqali yoki uskunani boshqaruvchi shitga o‗rnatilgan shtepsel vilkasi orqali ulash shart. 176 O‗chirish-yoqish apparati ushlab qoluvchi qurilma bilan jihozlangan bo‗lishi yoki apparatning qo‗zg‗almas va qo‗zg‗aluvchi kontaktlari orasiga izolyatsion qatlam (накладка) qo‗yilishi kerak. Sinash uskunasini 380/220 V kuchlanishli elektr tarmog‗iga ulovchi sim yoki kabel, ushbu tarmoqqa o‗rnatilgan avtomatik o‗chirgich yoki saqlagich bilan himoya qilingan bo‗lishi shart. Ko‗chma sinash uskunasini elektr tarmog‗iga ushbu elektr tarmog‗ini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot vakili (xodimi) ulab berishi zarur. Sinov uskunasidagi nazoratchining ish joyi, uskunani 1000 V kuchlanishdan yuqori qismidan ajratilgan bo‗lishi kerak. Uskunani, 1000 V kuchlanishdan yuqori qurilmasiga kiradigan eshigi blokirovka bilan jihozlangan bo‗lib, eshik ochilganda uskunadan kuchlanish olinishi va uskunaga kuchlanish berish mumkin bo‗lmasligi shart. Nazoratchining ish joyida, uskunaga 1000 V dan past va undan yuqori kuchlanish berilganligini ko‗rsatuvchi yorug‗lik signali bo‗lishi kerak. Bundan tashqari, ko‗chma sinov uskunasida kuchla-nish paydo bo‗lishi bilan, avtomatik ravishda ishlovchi tashqi yorug‗lik signalizatsiyasi bo‗lishi zarur. Yuqori kuchlanishli o‗zgarmas tokni olish uchun, qoida tariqasida, qattiq yarim o‗tkazgichlardan yig‗ilgan sxemalarni qo‗llash zarur. Kenotron sinash uskunalari, xizmat qiluvchi xodimlarni rentgen nurlari-ning zararli ta‘siridan saqlanishlari uchun, «Kenotron uskunalarini ekspluatatsiya Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling