Электр хавфсизлиги
Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari.
Ushbu asboblar havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari, hamda 3-110 kV kuchlanishli transformatorlarning ishchi kuchlanish ostida fazalarini sozlash uchun mo‗ljallangan. Asbob tuzilishi jihatidan izolyatsiyasi kuchli egiluvchan sim bilan bir-biriga ulangan elektrizolyatsiyalovchi trubkali ikki korpusdan tashkil topgan. Uning elektr sxemasi gazorazryadli indikator lampa, kondensator va qarshiliklardan iborat. Asbobning izolyatsiyalovchi qismini minimal uzunligi, 7-jadvalga mos kelishi zarur. Ushbu asboblarni ishlatish tartibi, ishlatish yo‗riqnomasi asosida aniqlanadi. Sinov savollari 1. Elektr himoya vositalariga qanday talablar qo‗yiladi? 2. Elektr himoya vositalari to‗g‗risidagi umumiy talablarni izohlab be-ring. 3. Dielektrik himoya vositalarini qanday tozalanadi? 4. Rezinali dielektrik himoya vositasini sharhlang. 5. Dielektrik etik va kalishlar qayerda ishlatiladi? 6. Dielektrik rezinali gilamlar va izolyatsiyalovchi tagliklar qanday talablarga javob berishi kerak? 7. Dielektrik qalpoqlarni qanday materiallardan tayyorlanadi? 8. Izolyatsiyalovchi himoya vositalarining turlari. 172 9. Izolyatsiyalovchi qoplamalarni saqlash shartlarini gapiring. 10. Izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‗uv asboblarini qanday kuchlanish bo‗lgan elektr uskunalarda qo‗llaniladi? 11. Shaxsiy ekranlovchi komplektlar qanday himoya vositasidir? 12. Ko‗chma yerga ulagichlar nima uchun ishlatiladi? 13. To‗siq qurilmalarini o‗rnatish joylari? 14. Xavfsizlik plakatlari va belgilarni nima uchun qo‗llaniladi? 15. Shaxsiy himoya vositalarini izohlang. 16. Himoya ko‗zoynagi qanday talablarga javob berishi kerak? 17. Qo‗lqop nechta turda ishlab chiqariladi? 18. Protivogaz va respiratorlar nimadan himoyalanadi? 19. Kaskalar materiallarini aytib bering. 20. Montyorning saqlagich kamari va xavfsizlik arqonlari qayerda ishlatiladi? 21. Izolyatsiyalovchi operativ shtangalar bilan qanday ishlar bajariladi? 22. Yerga ulash shtangalari qanday o‗lchamlarda bo‗lishi kerak? 23. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish larmoqlarida ishchini bevosita tok o‗tkazuvchi qismlarga tegib ishlashi uchun mo‗ljallangan izolyatsiyalovchi qurilma va moslamalar qanday materiallardan tayyorlanadi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling