Электр хавфсизлиги


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

Uzunligi, (mm) 
izolyatsiyalovchi qism dastaki 
1 kV gacha 
Cheklanmaydi 
1 kV dan 10 kV gacha 
230 
110 
10 kV dan 20 kV gacha 
320 
110 
35 kV 
510 
120 
110 kV 
1400 
600 
110 kV dan 220 kV gacha 
2500 
800 
1000 V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgachlari. 
Kontaktsiz kuchlanish ko‗rsatgichlarining ishlash jarayoni, elektrostatik 
induksiya jarayoniga asoslangan. Asbobning cho‗g‗lanish lampasi, uning signal 
elementi hisoblanadi. 
Ushbu asbob, 6-35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida, ochiq 
va yopiq taqsimlovchi elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‗qligini tekshirish 
uchun mo‗ljallangan. 
Ushbu kuchlanish ko‗rsatgichi ishchi qism, zaryadlovchi uskuna va 110 kV 
kuchlanishli izolyatsiyalovchi teleskopik shtangadan tashkil topgan. Kuchlanish 
ko‗rsatgichi, kuchlanish ostida bo‗lgan tok o‗tkazuvchi qismga yaqinlashtirilgan 
sari chastotasi ko‗payib boruvchi impulsli yorug‗lik signali bera boshlaydi. 
Kuchlanish ko‗rsatgichi uning sozliligini tekshiruvchi biriktirilgan qurilma 
va tok manbaiga ega, hamda zaryadlovchi uskuna bilan jihozlangan. 
Kontaktsiz kuchlanish ko‗rsatgichi, hamda gazorazryadli lampa osti 
kuchlanish ko‗rsatgichi bilan kuchlanish bor-yo‗qligini tekshirish tartibi bir xildir. 
Ushbu asbobni herga ulash talab qilinmaydi. 
1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari. 
1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‗qligini 
tekshirish uchun nazorat lampasi (cho‗g‗lanuvchi lampali va ikki o‗tkazuvchi simli 
patron) dan foydalanish man etiladi. 


170 
Chunki nazorat lampasidan foydalanilganda, fazalararo kuchlanishga ulanish 
natijasida, uning portlashi va buning natijasida ishchilarning elektr yoyi, hamda 
shisha bo‗laklaridan jarohat olishlariga xavf tug‗ilishi mumkin. 
1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‗qligini 
tekshirish uchun, ikki tipdagi asbobdan: o‗zgarmas va o‗zgaruvchan tokli elektr 
uskunalari uchun, aktiv tok ta‘sirida ishlaydigan ikki qutbli kuchlanish 
ko‗rsatgichidan, o‗zgaruvchan tokli elektr uskunalari uchun sig‗im toki ta‘sirida 
ishlaydigan bir qutbli kuchlanish ko‗rsatgichidan foydalaniladi. 
Ikki qutbli kuchlanish ko‗rsatgichi, elektr sxemasi elementlari joylashgan 
ikki korpusdan tashkil topgan. 
Korpuslar bir-biri bilan havo elektr uzatish tamoqlarida ishlatish uchun, 
uzunligi 1 m dan kam bo‗lmagan, qolgan elektr uskunalari uchun, uzunligi 0,6 m 
dan kam bo‗lmagan mustahkam izolyatsiyali egiluvchan mis sim bilan ulangan. 
Bir qutbli kuchlanish ko‗rsatgichi bir korpusda joylashgan. 
Ikki qutbli kuchlanish ko‗rsatgichi esa, ko‗rsatgichli asbob turida ham 
bajarilishi mumkin (masalan, cho‗ntakda olib yuriladigan ИН-92 turidagi 
voltmetr). 
Ikki qutbli kuchlanish ko‗rsatgichining elektr sxemasi, gazorazryadli 
indikator lampadan lampaga parallel ulangan qarshilik, qo‗shimcha qarshiliklar va 
kontakt-uchliklardan tashkil topgan. 
Bir qutbli kuchlanish ko‗rsatgichining elektr sxemasi qo‗shimcha qarshilikli 
gazorazryadli indikator lampadan, kontakt-uchlikdan va operatorning qo‗li tegib 
turuvchi korpusning yon tomonida joylashgan kontaktdan iborat. 
1000 V gacha bo‗lgan kuchlanish ko‗rsatgichida indikator lampasining 
yonish vaqtidagi kuchlanishi, 90 V dan oshmasligi lozim. 
1000 V gacha bo‗lgan kuchlanish ko‗rsatgichining tuzilishi kontakt-uchlikni 
o‗qi bo‗ylab harakatlanishiga yo‗l qo‗ymasligi zarur. 
Kontakt-uchlikning izolyatsiya qilinmagan qismining uzunligi, 20 mm dan 
oshmasligi lozim. 
Ikkilamchi zanjirlarda ish bajarish jarayonida uchlikning izolyatsiya 


171 
qilinmagan qismidan 5 mm gacha qoldirib, qolgan qismiga, elektr izolyat-
siyalovchi materialdan tayyorlangan trubka kiygizib qo‗yish tavsiya qilinadi. 
Bir qutbli kuchlanish ko‗rsatgichini ikkilamchi zanjir sxemalarini 
tekshirishda, elektr hisoblagichlarni ulaganda, faza simini aniqlashda, elektr lampa 
patronlarini, o‗chirgichlar, saqlagichlar va boshqalarni ulash uchun ishlatish 
tavsiya qilinadi. 
Bunda, kuchlanish bor-yo‗qligini tekshirish jarayonida, indikator lampasi 
tashqi kuchlanish ta‘siri doirasida ham yonishi mumkinligini e‘tiborga olish zarur. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling