Электр хавфсизлиги


xavfsizlik texnikasi qoidalari


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

xavfsizlik texnikasi qoidalari" ga rioya qilish kerak. 
Elektr himoya vositalarini sinashdan asosiy maqsad, elektr qurilmalarida 
xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarni xavfsizligini ta‘minlash va elektr toki bilan bog‗liq 
bo‗lgan shikastlanishlarni oldini olishdir. Ishlab chiqarishda elektr tokidan 
jarohatlanishlarning kelib chiqishiga, aksariyat hollarda, himoya vositalaridan 
noto‗g‗ri foydalanish va ularni yaroqsiz holatda ishlatish sabab bo‗ladi. Shuning 
uchun O‗zbekiston Respublikasi «O„zdavenergonazorat» elektr energetikada 
nazorat bo‗yicha davlat agentligi tomonidan, «Elektr uskunalarida foydalani-
ladigan himoya vositalarini qo„llash va sinash qoidalari» ishlab chiqilgan 
bo‗lib, ushbu qoidalar talablariga javob bermaydigan elektr himoya vositalarni 
ishlatish man qilinadi. Himoya vositalari ishlab chiqarilganidan keyin, namunaviy 
va qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‗tkaziladi. 
Qabul qilish–topshirish sinovi, bu tayyorlovchi tomonidan qabul qilish 
nazorati paytida tayyor mahsulot uchun o‗tkaziladigan nazorat sinovidir. 
Namunaviy sinov, nazorat sinovi bo‗lib, bu himoya vositasining tuzilishiga, 
tarkibiga yoki himoya vositasining samaradorligi va muvofiqligini baholashdan 
iboratdir. Davriy sinovlar, bu tegishli hujjatlarda belgilangan hajmda va 
muddatlarda davriy ravishda o‗tkazilib turiladigan mahsulotning nazorat sinovidir. 


184 
Navbatdan tashqari sinovlar esa, himoya vositalarini ta‘mirlash natijasida, 
uning asosiy elektr va mexanik tavsiflari o‗zgarmaganligini aniqlash maqsadida 
o‗tkaziladi. Navbatdan tashqari sinov hajmi himoya vositasining nosozligi 
xususiyati va ta‘mirlash turlariga qarab aniqlanadi. Sinovlarning barcha turlarida, 
himoya vositalarining elektr va mexanik tavsiflari tekshiriladi. 
Himoya vositalari elektr sinovdan oldin, ularning o‗lchami, butligi va 
rostligi, jihozlanganligi, izolyatsion yuzasining holatini tekshirish uchun tashqi 
ko‗rikdan o‗tkazilishi zarur. Ushbu qoidalar talablariga to‗g‗ri kelmagan, 
kamchiliklar bartaraf qilinmaguncha himoya vositalari sinovdan o‗tkazilmaydi. 
Barcha sinovlar, odatda 15-20°S haroratda 50 Gs chastotali o‗zgaruvchan tok bilan 
o‗tkaziladi. Faqat rezinadan tayyorlangan himoya vositalarini, o‗zgarmas tokda 
sinash mumkin. Albatta, sinaladigan himoya vositasi ham, shu haroratda bo‗lishi 
kerak. Sinovdan yaxshi o‗tgan himoya vositalariga, ishlatishga yaroq-liligini 
tasdiqlovchi muhr qo‗yiladi.
Shtanga yoki qisqichni (клеш) (55-rasm), unga berilgan sinov kuchla-
nishida butun davr davomida ushlab turilganda, elektr zaryadsizlanish (разряд) 
yuzaga kelmasa va ko‗rsatuvchi asboblarni (voltmetr, ampermetr) tebranishi 
kuzatilmasa, himoya vositasi sinov kuchlanishiga bardoshli, deb hisoblanadi. 
Bundan tashqari, izolyatsiya qismini qo‗l bilan ushlab ko‗rilganda, qizigan joylari 
bo‗lishi mumkin emas. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling