Электр хавфсизлиги
Elektr himoya vositalari qo„llash va sinash. Elektr sinov
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr uskunalarini ishlatishda
10.5. Elektr himoya vositalari qo„llash va sinash. Elektr sinov
Elektr qurilmalarga xizmat ko‗rsatishda, xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarni xavfsizligini ta‘minlash maqsadida turli xil elektr himoya vositalari qo‗llanadi. Ushbu himoya vositalari elektr tokidan jarohatlanishdan, elektr yoyi ta‘siridan, elektr maydon ta‘siridan, kuyishdan, balandlikdan yiqilishdan himoya qiladi. Izolyatsiyalangan tutqichli slesarlik ta‘mirlash dastgohlarini ishlatish jarayonida, xizmat ko‗rsatuvchi xodim yerdan izolyatsiyalangan bo‗lishi kerak. Ishlatishdan oldin barcha dastgohlar ko‗zdan kechirilishi shart. Rezinali dielektrik himoya vositalarini ishlatishdan oldin, har doim ko‗zdan kechirishi shart. Yirtilgan yoki teshilgan himoya vositasini ishlatish mumkin emas. Ularni qorong‗i va quruq joyda saqlash kerak. Elektr himoya vositalari shartli ravishda uch turga bo‗linadi: izolyatsiyalovchi, to‗suvchi va saqlovchi. Izolyatsiyalovchi himoya vositalari insonni tok o‗tkazuvchi qismlardan, yerga ulangan qismlardan va yerdan izolyatsiyalaydi. Bu himoya vositalari, 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishda asosiy, hamda qo‗shimcha turlarga bo‗linadi. Asosiy himoya vositalari: - 1000 V gacha kuchlanishda: dielektrik qo‗lqop, izolyatsiyalovchi shtanga, izolyatsiyalovchi va elektr o‗lchash kleshlari, slesarlik ta‘mirlash dastgohlari, hamda kuchlanish ko‗rsatgichlar; - 1000 V dan yuqori kuchlanishda: izolyatsiyalovchi shtanga, izolyatsiyalovchi va elektr o‗lchash kleshlari, kuchlanish ko‗rsatgichlari, shuningdek, 1000 V dan yuqori kuchlanishda ishlatiladigan ta‘mirlash asboblari; Qo‗shimcha izolyatsiyalovchi himoya vositalari: - 1000 gacha kuchlanishda: dielektrik kovush va dielektrik gilamcha, shuningdek izolyatsiyalovchi tagliklar; - 1000 V dan yuqori kuchlanishda: dielektrik qo‗lqoplar, boti va dielektrik rezina gilamcha, shuningdek izolyatsiyalovchi tagliklar; 183 To‘suvchi himoya vositalari, tok o‗tkazuvchi qismlarga tasodifan yaqinlashishdan va tegib ketishdan saqlaydi, shuningdek, kommutasion apparatlarni adashib qo‗shib yuborishdan ogohlantiradi. To‗suvchi himoya vositalariga ko‗chma to‗siq va sim to‗rlar, vaqtinchalik ko‗chma yerga ulagichlar, hamda ogohlantiruvchi plakatlar kiradi. Saqlovchi himoya vositalari, xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarni individual ravishda yorug‗lik, issiqlik va mexanik ta‘sirlardan, kuyishdan, elektromagnit maydon ta‘siridan, shuningdek, balandlikdan yiqilib ketishdan saqlaydi. Saqlovchi himoya vositalariga himoya ko‗zoynaklari, maxsus qo‗lqoplar, himoya kaskalari, protivogazlar, elektrik kamarlari, maxsus arqonlar, energetik koktilar, shuningdek, ekranlovchi vositalar kiradi. Himoya vositalarini ishlatishda, "Elektr uskunalarini ishlatishda Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling