185
56-rasm. Izolyatsiyalovchi shtangani sinashni almashtirish sxemasi:
1-sinalayotgan shtanga; 2-elektrodlar; 3- sinov transformatori; 4-kuchlanish o„zgartirgichi
Dielektrik rezinali qo‗lqop, etik va rezinali kalishlar, teshib o‗tishga sinaladi.
Ularni tekshirish uchun
maxsus qurilmadan tashqari, suvli idish vannasi kerak
bo‗ladi. Sinalayotgan vositaga suv to‗ldiriladi va vannaga tushiriladi.
Bunda
suvning sathi, himoya vositasi ichi va tashqarisida qo‗lqop chetidan 5 sm past
bo‗lishi lozim.
Sinalayotgan vositaning suvdan chiqib turgan qismi quruq bo‗lishi kerak.
Elektrodning
bittasi himoya vositasi ichiga, ikkinchisi esa, vannaga tushiriladi.
Qo‗llaniladigan suv, hech qanday qo‗shimchalarsiz oddiy suv bo‗lishi kerak. Agar
teshib o‗tish sodir bo‗lmasa, buyum sinovdan o‗tgan hisoblanadi (
57-rasm).
57-rasm. Boti, dielektrik kovush va dielektrik qo„lqopni sinashni almashtirish sxemasi:
1-sinalayotgan himoya vositasi; 2-suv to„ldirilgan vanna; 3-sinov transformatori;
4-kuchlanish rostlagichi
186
Tutqichli chilangarlik
dastgohlarini sinash, bu dastgohlarni tutqichlarini
izolyatsiyasini sinash bo‗lib, vannaga tushirib sinalgan rezina qo‗lqop
singari
sinaladi (
58-rasm).
58-rasm. Slesarlik dastgohlarini sinashni almashtirish sxemasi:
1-sinalayotgan himoya vositasi; 2-suv to„ldirilgan vanna; 3-sinov transformatori;
4-kuchlanish rostlagichi
Rezinali gilamchalar teshib o‗tishga sinaladi. Aylanuvchi silindrik
elektrodlarga
kuchlanish berilganda, 2-3 sm/sekund tezlikda tortish bilan amalga
oshiriladi (
59-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: