Электр хавфсизлиги


-rasm. Izolyatsion shtanga asbobi


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

54-rasm. Izolyatsion shtanga asbobi 
Yuqori kuchlanishli impuls generatori bo‗lmagan impuls o‗lchov asbobi 
bilan o‗lchov ishlari olib borilganda, ishlayotgan brigadalarni havo elektr uzatish 
tarmog‗idan chetlashtirilmasliklariga ruxsat etiladi. 
 


181 
10.4. Megaommetr va elektr o„lchov asboblari bilan bajariladigan ishlar 
Izolyatsiya qarshiligini 1000, 2500 V li megaommetr bilan o‗lchashni, 
o‗chirilgan tok o‗tkazuvchi qismlardagi elektr zaryadi oldin yerga ulash orqali 
olinganidan so‗ng, bajarilishi kerak. 
Tok o‗tkazuvchi qismdagi yerga ulagich faqat megaommetr ulanganidan 
keyin olinishi zarur. 
Megaommetr bilan izolyatsiya qarshiligini o‗lchashda, megaommetrdan 
chiqqan simni tok o‗tkazuvchi qismga izolyatsiyalangan qisqich (штанга) 
yordamida ulash kerak.
Bundan tashqari, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‗lgan elektr 
uskunalarida, dielektrik qo‗lqopdan foydalanish zarur. 
Megaommetr bilan ish bajarish jarayonida, unga ulangan tok o‗tkazuvchi 
qismlarga tegish man etiladi. Tok o‗tkazuvchi qismlardagi qoldiq zaryad, ish 
tugatilganidan so‗ng, tok o‗tkazuvchi qismlarni qisqa vaqt yerga ulash bilan 
olinishi zarur. 
Megaommetr bilan izolyatsiya qarshiligini o‗lchashni, III guruhga ega 
bo‗lgan xodim bajarishi mumkin. 
Agar izolyatsiya qarshiligini o‗lchash, ushbu elektr uskunasida bajarila-
yotgan ish hajmiga kirsa, naryad yoki farmoyishda, bu ish to‗g‗risida eslatma talab 
qilinmaydi. 
Asbobni ulash va ajratish, 1000 V gacha kuchlanish ostida bo‗lgan elektr 
zanjirini uzishni talab qilsa, bu ishlarni ushbu tarmoqdan kuchlanish olinganidan 
so‗ng, bajarish kerak.
Asbobni ulash va ajratish, elektr zanjirini uzishni talab qilmasa, bu ishlarni 
elektr himoya vositalarini qo‗llagan holda, kuchlanish ostida bajarish mumkin. 
Mabodo, 1000 V gacha kuchlanish ostida bo‗lgan elektr uskunalarining 
elektr parametrlarini o‗lchash talab qilinsa, u holda ko‗chma o‗lchov asbobini 
metall g‗ilofi yerga ulanishi va izolyatsion tutqichli ulovchi simdan foydalanish 
lozim. 


182 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling