Электр хавфсизлиги
xavfsizlik texnikasi qoidalari
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„zdavenergonazorat
xavfsizlik texnikasi qoidalari" ga rioya qilish kerak.
Elektr himoya vositalarini sinashdan asosiy maqsad, elektr qurilmalarida xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarni xavfsizligini ta‘minlash va elektr toki bilan bog‗liq bo‗lgan shikastlanishlarni oldini olishdir. Ishlab chiqarishda elektr tokidan jarohatlanishlarning kelib chiqishiga, aksariyat hollarda, himoya vositalaridan noto‗g‗ri foydalanish va ularni yaroqsiz holatda ishlatish sabab bo‗ladi. Shuning uchun O‗zbekiston Respublikasi «O„zdavenergonazorat» elektr energetikada nazorat bo‗yicha davlat agentligi tomonidan, «Elektr uskunalarida foydalani- ladigan himoya vositalarini qo„llash va sinash qoidalari» ishlab chiqilgan bo‗lib, ushbu qoidalar talablariga javob bermaydigan elektr himoya vositalarni ishlatish man qilinadi. Himoya vositalari ishlab chiqarilganidan keyin, namunaviy va qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‗tkaziladi. Qabul qilish–topshirish sinovi, bu tayyorlovchi tomonidan qabul qilish nazorati paytida tayyor mahsulot uchun o‗tkaziladigan nazorat sinovidir. Namunaviy sinov, nazorat sinovi bo‗lib, bu himoya vositasining tuzilishiga, tarkibiga yoki himoya vositasining samaradorligi va muvofiqligini baholashdan iboratdir. Davriy sinovlar, bu tegishli hujjatlarda belgilangan hajmda va muddatlarda davriy ravishda o‗tkazilib turiladigan mahsulotning nazorat sinovidir. 184 Navbatdan tashqari sinovlar esa, himoya vositalarini ta‘mirlash natijasida, uning asosiy elektr va mexanik tavsiflari o‗zgarmaganligini aniqlash maqsadida o‗tkaziladi. Navbatdan tashqari sinov hajmi himoya vositasining nosozligi xususiyati va ta‘mirlash turlariga qarab aniqlanadi. Sinovlarning barcha turlarida, himoya vositalarining elektr va mexanik tavsiflari tekshiriladi. Himoya vositalari elektr sinovdan oldin, ularning o‗lchami, butligi va rostligi, jihozlanganligi, izolyatsion yuzasining holatini tekshirish uchun tashqi ko‗rikdan o‗tkazilishi zarur. Ushbu qoidalar talablariga to‗g‗ri kelmagan, kamchiliklar bartaraf qilinmaguncha himoya vositalari sinovdan o‗tkazilmaydi. Barcha sinovlar, odatda 15-20°S haroratda 50 Gs chastotali o‗zgaruvchan tok bilan o‗tkaziladi. Faqat rezinadan tayyorlangan himoya vositalarini, o‗zgarmas tokda sinash mumkin. Albatta, sinaladigan himoya vositasi ham, shu haroratda bo‗lishi kerak. Sinovdan yaxshi o‗tgan himoya vositalariga, ishlatishga yaroq-liligini tasdiqlovchi muhr qo‗yiladi. Shtanga yoki qisqichni (клеш) (55-rasm), unga berilgan sinov kuchla- nishida butun davr davomida ushlab turilganda, elektr zaryadsizlanish (разряд) yuzaga kelmasa va ko‗rsatuvchi asboblarni (voltmetr, ampermetr) tebranishi kuzatilmasa, himoya vositasi sinov kuchlanishiga bardoshli, deb hisoblanadi. Bundan tashqari, izolyatsiya qismini qo‗l bilan ushlab ko‗rilganda, qizigan joylari bo‗lishi mumkin emas. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling