Электр хавфсизлиги


 Elektr o„lchov ombirlari va o„lchov shtangalari (tayoqchalari) bilan


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

10.2. Elektr o„lchov ombirlari va o„lchov shtangalari (tayoqchalari) bilan 
bajariladigan ishlar 
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida elektr o‗lchov 
ombirlaridan foydalanib bajariladigan ishlar, farmoyish bilan ikki kishi ishtirokida 
bajarilishi zarur. Bunda xodimlarni biri IV guruhga, ikkinchisi esa III guruhga ega 
bo‗lishi shart. Asbobga egilib uni ko‗rsatkichini ko‗rish man qilinadi. Ish dielektrik 
qo‗lqopda bajarilishi kerak (53-rasm). 
d)
v)
b)
a)
g)
j)
z)
i)
k)
l)
m)
n)
53-rasm. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr himoya vositalari 


179 
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida, III guruhga ega 
bo‗lgan bir kishi dielektrik qo‗lqopsiz elektr o‗lchov ombirlari bilan ishlashi 
mumkin. Ustunda turib, elektr o‗lchov ombirlari bilan ishlash man qilinadi. 
Elektr o‗lchov shtangalari bilan ishlaganda, kamida ikki xodim ishtirokida 
bajarilishi zarur, bunda xodimlarni biri IV guruhga, qolganlari esa III guruhga ega 
bo‗lishlari shart. 
Ustunlarning tuzilishlari yoki teleskopik minoraga chiqish, hamda undan 
tushish holatlari shtangasiz bajarilishi kerak. 
Shtangani yuqoridagi xodimga uzluksiz arqon yordamida uzatish va 
tushirish zarur. 
Shtanga bilan ish bajarayotganda, dielektrik qo‗lqopdan foydalanish shart 
emas. 
10.3. Havo elektr uzatish tarmog„ida impuls o„lchov asbobi bilan 
bajariladigan ishlar 
Impuls o‗lchov asbobini, faqat o‗chirilgan va yerga ulangan havo elektr 
uzatish tarmog‗iga ulashga ruxsat etiladi. 
Ulash quyidagi tartibda amalga oshirilishi zarur: 
- o‗lchovchi simni avval impuls o‗lchov asbobining yerga ulangan (himoya 
uskunasidan kelayotgan) simiga, so‗ng himoya shtangasi yordamida havo elektr 
uzatish tarmog‗i simiga ulash kerak. 
O‗lchovchi simni havo elektr uzatish tarmog‗iga ulagan shtanga tarmoq 
simida qoldirilishi shart. Shtanga yordamida ish bajarilayotganda dielektrik 
qo‗lqopdan foydalanish zarur; 
- impuls o‗lchov asbobi havo elektr uzatish tarmog‗ining qaysi tomonidan 
ulangan bo‗lsa, o‗sha tomondagi yerga ulagich olinishi kerak. Kerak bo‗lgan 
taqdirda, tekshirilayotgan havo elektr uzatish tarmog‗ini boshqa tomonlariga 
qo‗yilgan yerga ulagichni olishga ruxsat etiladi. 


180 
Havo elektr uzatish tarmog‗idan yerga ulagichlar olingandan so‗ng, ulovchi 
sim, himoya uskunasi va unga kelgan sim kuchlanish ostida deb hisoblanishi 
kerak, hamda ularga tegish man etiladi; 
- impuls o‗lchov asbobiga kelgan simdan yerga ulagich olinadi; 
Impuls o‗lchov asbobi simini izolyatsion shtanga (tayoqcha) yordamida
havo elektr uzatish tarmog‗iga ulash ishlarini IV guruhga ega bo‗lgan nav-batchi 
yoki navbatchi nazorati ostida laboratoriya xodimi bajarishi zarur (54-rasm). 
Impuls o‗lchov asbobining doimiy oldindan ulangan simini, elektr uzatish 
tarmog‗iga oldindan ulangan doimiy o‗chirish-yoqish apparati orqali ulash va 
o‗lchash ishlarini navbatchi xodimning bir o‗zi yoki farmoyish bilan IV guruh-ga 
ega bo‗lgan laboratoriya xodimi bajarishi mumkin. 
O‗lchash ishlari tugatilganidan so‗ng, havo elektr uzatish tarmog‗i yana 
yerga ulanishi, faqat shundan keyingina izolyatsion shtanga simi bilan avval havo 
elektr uzatish tarmog‗idan, keyin esa impuls o‗lchov asbobi simidan uzib olinishi 
zarur. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling