Электр хавфсизлиги
–BOB. ELEKTR USKUNALARIDA FOYDALANILADIGAN HIMOYA
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Quyidagi ishlar bajarilishi yuklatilgan»
- «Sinalmoqda! Hayot uchun
10–BOB. ELEKTR USKUNALARIDA FOYDALANILADIGAN HIMOYA
VOSITALARINI QO„LLASH, SINASH VA O„LCHASH. BEGONA TOK MANBAIDAN YUQORI KUCHLANISH BERIB SINASH 10.1. Sinash va o„lchash. Begona tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash Elektr uskunalarida, shu jumladan, elektr uskunalaridan tashqarida (ishlatilmaydigan elektr uskunalarida, omborxonada, korxona maydonida, dalada va hokazolarda) ko‗chma sinov uskunalarini qo‗llab sinov o‗tkazish ishlari, naryad bilan bajarilishi shart. Sinov o‗tkazishga ijozatni ish rahbari, agar u ta-yinlanmagan bo‗lsa, ishboshi beradi. Bunday hollarda naryadni sinov o‗tkazishga, ushbu ishlar zarurligi haqida qaror qabul qilgan va naryad berish huquqiga ega bo‗lgan xodim tomonidan beriladi. Uskunalarni ta‘mirlash yoki ta‘mirlash jarayonida o‗tkaziladigan sinov ishlari, naryadning «Quyidagi ishlar bajarilishi yuklatilgan» degan satrida qayd qilinishi shart. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida sinov ishlarini farmoyish bilan bajarishga ijozat beriladi. Sinov ishlarini tarkibida IV guruhga ega bo‗lgan ishboshi, III guruhga ega bo‗lgan brigada a‘zosi, qo‗riqlash uchun qo‗yilgan II guruhli brigada xodimi amalga oshirishi kerak. Sinov ishlarini bajaruvchi, brigada tarkibiga tayyorgarlik ishlarini baja- rishga jalb qilinadigan va uskuna ustidan nazorat qilish uchun ta‘mirlovchi ishchilar kiritilishi mumkin. Uskunani ta‘mirlash yoki ta‘mirlashni bajaradigan brigada tarkibiga sinov ishlarini bajarish uchun sozlash korxonalari yoki elektr laboratoriya xodimlari kiritilishi mumkin. Bunday holatda, sinov ishlariga ishboshi yoki uning 174 ko‗rsatmasi bilan sozlash korxonasi yoki laboratoriya xodimlaridan IV guruhga ega bo‗lgan ishchi rahbarlik qiladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‗lgan elektr uskunalaridan tashqarida turib, tok o‗tkazuvchi qismlari butunlay to‗r bilan yopilgan, eshiklari esa, blokirovka bilan jihozlangan doimiy o‗rnatilgan sinov uskunalarida izolyatsiya materiallarini va buyumlarini (himoya vositalari, har xil izolyatsion detallar va hokazolar) ommaviy birdaniga sinovdan o‗tkazish ishlarini amaldagi yo‗riqnomaga asosan, III guruhga ega bo‗lgan bir ishchi bajarishi mumkin. Sinov ishlarini o‗tkazishga berilgan naryad, ishga va unga tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun, ijozat sinov uchun mo‗ljallangan elektr uskunada ishlayotgan boshqa brigadalar chiqarib yuborilgandan so‗ng va ular naryadlarini ishga ijozat beruvchiga topshirganlaridan keyingina beriladi. Doimiy navbatchisi bo‗lmagan elektr uskunalarida ishboshiga brigadani ish joyidan chiqarib yuborganidan so‗ng, ishdagi tanaffusni rasmiylashtirib, naryadni o‗zida qoldirishga ruxsat etiladi. Sinalayotgan uskuna, sinov uskunasi va ulash simlari to‗siq, arqon bilan to‗silishi, hamda ularga yozuvi tashqariga qaragan, «Sinalmoqda! Hayot uchun Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling