187
10.6. Kuchlanish ko„rsatkichlarini sinash tartibi
Kuchlanish ko‗rsatkichlarini, 1000 V gacha bo‗lgan
kuchlanishda himoya
vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Kuchlanishni tekshirish uchun nazorat lampasidan foydalanish mumkin
emas.
1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan kuchlanish ko‗rsatkichlarni sinash, o‗z
ichiga izolyatsion dastasini sinashga va ikki qutbini tutashtiruvchi o‗tkazgichini
teshib o‗tishiga
yuqori kuchlanishda, hamda lampasini yonishini tekshirishga
sinaladi.
Bundan
tashqari, yuqori bo‗lmagan ishchi kuchlanishda, undan o‗tuvchi
tokni o‗lchash bilan ham sinaladi.
1000 V gacha bo‗lgan kuchlanish ko‗rsatgichlarini qabul qilish-topshirish va
ishlatish
sinovlari, izolyatsiyani yuqori kuchlanishda sinash,
sxemani yuqori
kuchlanishda tekshirish, yonish kuchlanishini aniqlash va eng katta ishchi kuchla-
nishga mo‗ljallangan kuchlanish ko‗rsatgichidan o‗tadigan tokni o‗lchashdan
iboratdir.
Ikki qutbli kuchlanish ko‗rsatgichi izolyatsiyasini tekshirish uchun,
izolyatsiyalangan har ikki tanasi (корпус) butun uzunligi bo‗yicha
ajratgich
halqaga folga bilan o‗raladi va tanalarni ulovchi sim suvli vannaga, dastakka 5-10
mm qolguncha va to‗la ko‗milguncha tushiriladi.
Sinov uskunasining bir simi kontakt-uchliklarga ulanib,
ikkinchisi, yerga
ulangani esa, folgaga ulanib suvga tushiriladi (
60-rasm).
Bir qutbli kuchlanish ko‗rsatgichining izolyatsiyalovchi tanasi (корпус)
butun uzunligi bo‗yicha ajratgich halqasi davomida folga bilan o‗raladi.
Folga
bilan dastak boshidagi kontakt orasida kamida 10 mm ochiq joy qoldiriladi. Sinov
uskunasining bir simi kontakt-uchlikka ulanib, ikkinchisi
yerga ulangan simi
folgaga ulanadi.