189
1000 V dan yuqori bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari.
1000 V dan yuqori kuchlanish ko‗rsatkichlarini sinash, uning izolyatsion
qismini sinash bilan bajarilib, shtanga singari amalga oshiriladi.
Bundan
tashqari, uning ishchi qismi 1 daqiqa davomida yuqori kuchla-
nishda sinaladi. Unda neonli lampaning sozligi va yonish boshlanishi aniqlanadi.
10.7. Izolyatsiyalovchi shtangalarni sinash
Izolyatsiyalovchi
shtangalar
faqat
yopiq
taqsimlash
qurilmalarida
qo‗llanilishi shart.
Ochiq taqsimlash qurilmalarida esa, faqat quruq havoda qo‗llash, tuman, qor
va yomg‗irda ishlatish mumkin emas.
Shuningdek, shtanga faqat malakali kuzatuvchi
xodim bilan birgalikda
ishlatishi kerak. Tutqichli himoya to‗sig‗ini yuqoridagi qismidan ushlamaslik
kerak.
Operativ
shtangalar, o‗lchov, yerga ulagich shtangalarni mexanik sinovdan
o‗tkaziladi.
Izolyatsiyalovchi
himoya
vositalarining
mexanik
sinovlari,
elektr
sinovlaridan oldin o‗tkaziladi.
Shtangalar,
namunaviy
mexanik
sinovlardan
o‗tkaziladi.
Ishlatish
jarayonida, shtangalar mexanik sinovlardan o‗tkazilmaydi.
Tajriba va sinov uskunalarida yerga ulash uchun mo‗ljallangan yerga ulagich
shtangalardan tashqari (taqsimlash qurilmalari va havo elektr uzatish tarmoqlari
uchun), operativ shtangalar va boshqa barcha turdagi yerga
ulagichlar shtangalari
uzilish sinovidan o‗tkaziladi.
500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlarida yerga ulagich,
operativ va o‗lchov shtangalari (chinni izolyatorli operativ shtangalardan tashqari),
egilish sinovidan o‗tkaziladi.
Uzilish
darajasini
aniqlash
sinovida,
shtanganing
ishchi
qismi
mahkamlanadi, dastakka esa, talab qilingan kuch qo‗yiladi (osilgan yuk,
190
dinamometr orqali lebedka trossi).
Operativ va yerga ulagich shtangalari 1500 N (150 kgs) bo‗lgan kuch bilan,
1 daqiqa mobaynida uzilishda sinaladi.
Chinni izolyatorli operativ shtangalar uchun sinash kuchi, 800 N (80 kgs) ni
tashkil qiladi.
10 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida
ishlatiladigan yerga
ulagich shtangalari esa, 1 daqiqa mobaynida 1000 N (100 kgs)
uzilish kuchiga
bardosh berishi zarur.
Shtangalarning egiluvchanligini aniqlash sinovida,
shtangalar gorizontal
o‗rnatilib, ikki joyidan, ya‘ni dastak uchidan va ajratgich halqa o‗rnatilgan joydan
mahkamlanadi (
62-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: