Электр хавфсизлиги
-rasm. Shtanganing egiluvchanligini sinash tartibi
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari
62-rasm. Shtanganing egiluvchanligini sinash tartibi:
1-mahkamlash nuqtasi; 2-yukni osish nuqtasi; 3-yuk osilgan nuqtadagi shtanganing egiluvchanligi 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga, yerga ulagich shtangalari, o‗lchov va universal operativ shtangalar ishchi qismi og‗irligiga ikki hissa katta bo‗lgan kuch bilan sinaladi. Operativ (oddiy) shtangalar egiluvchanligi o‗zining sof og‗irligi ta‘sirida sinaladi. Sinov muddatining davomiyligi 1 daqiqani tashkil etadi. Egiluvchanlik, shtanganing yuk osilgan qismidagi egilish miqdoriga, uning izolyatsiyalovchi qismining uzunligiga nisbatan foiz hisobida hisoblanganda, 220 kV kuchlanishgacha bo‗lgan shtangalar uchun 10% dan, ushbu kuchlanishdan yuqori bo‗lgan shtangalar uchun esa, 20% dan oshmasligi zarur. Egilish miqdorida, ushbu ko‗rsatkichdan yuqori bo‗lgan shtangalarni yaroqsizga chiqariladi. 220 kV kuchlanishgacha bo‗lgan havo elektr uzatish tarmoqlari va 191 taqsimlash uskunalarida yerga ulagich shtangalarini egiluvchanlikka sinalmaydi. Sinovdan so‗ng, shtangalar ko‗zdan kechirilib, qoldiq deformatsiyalar, yoriqlar yoki ulangan joylar bo‗shashganligi aniqlansa, ushbu shtanga yaroq-sizga chiqariladi. Sinov savollari 1. Begona tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash tadbirlarini sharhlab bering. 2. Sinov o‗tkazish ishlariga ijozat, kimga beriladi? 3. Sinov ishlarini bajaruvchi brigada tarkibi necha a‘zodan iborat? 4. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida himoya vositalari, hamda boshqa buyumlarda, birdaniga ommaviy sinovdan o‗tkazish ishlarini kim tomonidan va qanday amalga oshiriladi? 5. Elektr o‗lchov ombirlari va o‗lchov shtangalari bilan bajariladigan ishlarni gapirib bering. 6. Havo elektr uzatish tarmog‗ida, impuls o‗lchov asbobi bilan bajariladigan ishlar tadbirini tushuntiring. 7. Ish joyiga, kim tomonidan to‗siq o‗rnatiladi? 8. Ishboshi tomonidan sinalayotgan uskunaga, sinov uskunasida kuchlanish berishdan oldin qanday tadbirlarni bajarish kerak? 9. Megaommetr va elektr o‗lchov asboblari bilan bajariladigan ishlar to‗g‗risida gapirib bering. 10. Himoya vositasi nima? 11. Asosiy himoya vositalariga, qaysi himoya vositalari kiradi? 12. Qo‗shimcha himoya vositalari qaysilar? 13. Saqlovchi himoya vositalarini tushuntirib bering. 14. Elektr himoya vositalari nima uchun sinaladi? 15. Necha xil sinash mavjud? 16. Kuchlanish ko‗rsatkichlarini sinash tadbirini izohlang. 17. Izolyatsiyalovchi shtangalarni sinash yo‗llarini tushuntiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling