Электр хавфсизлиги
To„siq qurilmalari. Xavfsizlik plakatlari va belgilari
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Elektr uskuna- larini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari"
9.6. To„siq qurilmalari. Xavfsizlik plakatlari va belgilari
To‗siq qurilmalari, ishchilarning bexosdan kuchlanish ostidagi tok o‗tkazuvchi qismlarga xavfli masofagacha yaqinlashishdan saqlash, hamda taqsimlovchi uskunalar uchastkalariga kirish yo‗llarini to‗sish uchun qo‗llaniladi. To‗siq qurilmalariga shitlar kiradi. Shitlar alif shimdirilgan va rangsiz lak surtilgan quruq taxtadan yoki tiniq elektrizolyatsiyalovchi materialdan tayyor- 153 lanishi lozim. Ularga xavfsizlik texnikasi plakatlari mahkamlanishi yoki "Elektr uskuna- larini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari" ga muvofiq yozuvlar yozib qo‗yilishi lozim. Shitning tuzilishi mahkam, qulay, qiyshayishi va ag‗anashiga imkon bermaydigan choralar ko‗rilgan, og‗irligi esa, bir kishi ko‗tarib o‗rnatadigan bo‗lishi kerak. Shit balandligi kamida 1,7 m va pol bilan pastki qismi oralig‗i ko‗pi bilan 10 sm bo‗lishi shart. Shitlar shunday o‗rnatilishi kerakki, ular xavf paydo bo‗lganda xodimlarning xonadan chiqib ketishiga xalaqit bermasligi zarur. Shitlarning kuchlanish ostidagi tok o‗tkazuvchi qismlariga tegib tu-rishiga ruxsat berilmaydi. Ish joyini to‗suvchi shitdan kuchlanish ostidagi tok o‗tkazuvchi qismlari- gacha bo‗lgan masofa, 1-jadvalda qayd etilgan masofaga mos kelishi shart. To‗siqlarni mustahkam o‗rnatish yoki mahkamlash uchun mo‗ljallangan shitlarni ishlatishdan oldin, ularning ulangan qismlari mustahkamligini, barqaror- ligini va detallarning chidamliligini tekshirish lozim. Xavfsizlik plakatlari va belgilari (bundan keyin plakatlar va belgilar), xatolik bilan ish joyiga kuchlanish berish mumkin bo‗lgan kommutatsion apparatlar harakatini ta‘qiqlash, kuchlanish ostida bo‗lgan tok o‗tkazuvchi qismlarga yaqinlashish xavfli ekanligini ogohlantirish, mehnat xavfsizligining muayyan talablari bajarilganidan so‗ng, ma‘lum harakatlarni amalga oshirishga ruxsat berish, turli ob‘ektlar, qurilmalar va ularning joylashgan o‗rnini ko‗rsatish uchun qo‗llanilishi zarur (24-rasm). Plakatlar va belgilar ogohlantiruvchi, ta‘qiqlovchi, ko‗rsatmali va ko‗rsatuv- chi guruhlarga bo‗linadi (11-ilova). Plakat va belgilar qo‗llash xarakteriga qarab muntazam, hamda ko‗chma bo‗lishi mumkin. Muntazam plakat va belgilarni elektrizolyatsiyalovchi materiallardan (tekstolit, getinaks, polistirol va h.k.) tayyorlash tavsiya qilinadi, beton va metall yuzalariga (havo elektr uzatish tarmog‗i ustunlari, kamera eshiklari va h.k.) esa, 154 trafaretlar yordamida bo‗yoqlar bilan tushiriladi. Metall plakat va belgilar o‗rnatishga ham ijozat beriladi. Ko‗chma plakatlar elektr izolyatsiyalovchi materiallardan (plastmassa, karton) tayyorlanishi lozim. Ochiq elektr uskunalarida metalldan tayyorlangan ko‗chma plakat va belgilarni qo‗llashga ijozat beriladi. Xavfsizlik plakatlari va belgilarining ro‗yxati, o‗lchami, shakli, ishlatish joyi, hamda sharti 11-ilovada keltirilgan. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling