Электр хавфсизлиги


Download 90.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.04.2023
Hajmi90.84 Kb.
#1399194
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10–MA‘RUZA. KABEL TARMOQLARIDA ISH BAJARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIK QOIDALARI



10–MA‘RUZA. KABEL TARMOQLARIDA ISH BAJARISHDA ELEKTR
XAVFSIZLIK QOIDALARI
Reja: 1. Kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini tayinlash.
2. Kabel tarmoqlari. Yer qazish ishlari.
3. Kabel va muftalarni inshootlarga osish va mahkamlash. Muftani ochish
hamda kabelni kesish tartibi.
4. Muftaga qo‘yiladigan birikma bilan ishlash. Kabellarni yotqizish. Kabel va
muftalarni boshqa yerga ko‘chirish.
5. Yer osti inshootlaridagi ishlar.
6. Sinov savollari.
1. Kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini tayinlash.
Ish rahbari quyidagi hollarda tayinlanishi kerak:
- mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini ishlatilganda;
- 1000 V kuchlanishdan yuqori uskunalarda qurilmalardan kuchlanishni olib
ishlashda (texnika xavfsizligining qoidalariga muvofiq barcha elektr qurilmalardan
kuchlanish olingan hollar, oddiy va aniq sxemali elektr qurilmalar, elektr motorlar va
ular ulangan yopiq taqsimlovchi uskuna qurilmalari bundan mustasno);
- transport harakati serqatnov hamda kommunikatsiyalar maydonida joylash-
gan kabel elektr uzatish va aloqa kabellarida ishlanganda;
Naryad beruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan ishlardan tashqari boshqa ishlar
uchun ham ish rahbari tayinlashiga ruxsat beriladi.
2. Kabel tarmoqlari. Yer qazish ishlari.
Yer osti inshootlari va yo‘llarida joylashgan kabellarni ta‘mirlash yoki kabel-
larni yotqizish bilan bog‘liq yer qazish ishlari, ushbu yer osti inshootlari va yo‘llarini
ekspluatatsiya qiladigan javobgar korxona yoki sex rahbarining yozma ruxsati bilan
ish rahbari tayinlanganida olib boriladi. Ruxsatnomada yer osti inshootlari va yo‘l-
larini joylashishi hamda yotgan chuqurligi ko‘rsatilgan chizmasi ilova qilingan
bo‘lishi kerak.
Agar chizmada belgilanmagan kabel, quvur, yer osti inshooti va shuningdek
qurol-yarog‘lar topilsa, ularni qaysi tashkilotga tegishligini aniqlanmaguncha va
tegishli tashkilotlardan ishni davom ettirishga ruxsatnoma olmaguncha yer qazish
ishlari to‘xtatilishi zarur.
Kabel trassasidan 5 metrgacha yaqin joylarda kuch bilan uradigan mashina va
mexanizmlardan, kabel tarmoqlarini qo‘riq maydonida esa yer qazish mashinalaridan
foydalanish man etiladi.
Kabel tarmoqlarini himoya maydonlarida yer qazish mashinalaridan foydala-
nish, faqat qazish uchun ushbu tarmoqni ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodim-
larigagina ruxsat etiladi. Qazish ishlarini yer qazish mashinalari va pnevmatik
mashinalar hamda lo‘m va kirkalar yordamida, bevosita kabel ustida uni himoya
qatlamigacha 0,3 m qolgunga qadar amalga oshirish mumkin. Yerni qolgan qatlami-
dagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak.
Qish faslida belkurak bilan tuproq qazishga faqat tuproqni isitgandan keyin-
gina kirishish mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelgacha 15 sm ga yaqinlashtirish
mumkin.


O‘ra, xandaq va transheya qaziladigan joylar talabini e‘tiborga olgan holda,
to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqda ogohlantiruvchi belgi va yozuvlar, tunda esa
ogohlantiruvchi yorug‘lik signali bo‘lishi kerak.
O‘pirilish xavfi bor bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli yerlarda transheyalar
qazilayotganda ularning devorlari mustahkam mahkamlanishi kerak.
To‘kilib ketadigan tuproqli erlardagi ishlarni devorlarini mustahkamlamasdan,
uning chetidagi tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda, bajarish shart.
Yer osti suvlari yo‘q, ammo tabiiy nam tuproqli yerlarda, yer osti inshootlari
yaqin joylashgan yerlarda transheya va handaqlarning, mustahkamlanmagan tik
devorlarning chuqurligini:
- o‘yilgan, qumli va katta bo‘lakli yerlarda 1 metrdan;
- qumloq yerlarda 1,25 metrdan;
- qumloq va soz tuproqli yerlarda 1,5 metrdan oshirmasdan qazishga ruxsat
etiladi;
Zich yopishqoq yerlarda tik devorli transheyalarni mahkamlash uskunalarini
qo‘ymasdan, rotorli yoki oddiy ekskavatorlarda 3 metrgacha chuqurlikda kovlashga
ruxsat etiladi. Bunday hollarda transheyalarga odamlarning tushishi man etiladi.
Odamlarni tushishi zarur bo‘lgan transheya qismlari tirgovichlar bilan mustahkam-
lanishi yoki yon tomonlari tabiiy qiyalik holida bajarilishi shart.
Qish faslida, yerni muzlagan qismida (yerni quruq tuproq qismidan tashqari)
yer qazilganda, uni tirgovichlarsiz bajarishga ruxsat etiladi.
Yer qazish sharoiti texnika xavfsizligi qoidasida ko‘rsatilgandan farq qiladigan
holatlarda, o‘ra va xandaqlar qazishni tik devorlarini tirgovich bilan mustahkamlagan
yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda boshlash zarur.
Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan o‘ra va xandaqlarni namunaviy loyiha asosida
maxsus mahkamlovchi yasamalar bilan mustahkamlash shart.

Download 90.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling