masin! Odamlar ishlayapti!» degan shior osib qo‘yilishi zarur.
Quduq, kollektor va tunellarda hamda ochiq
lyuklar yaqinida chekish man
etiladi. Quduq, kollektor va tunellarda uzoq muddatli ishlarni bajarayotganda ular
ichida ishchilarni bo‘lish vaqtini, ishni bajarish
shart-sharoitiga qarab,
naryad
beruvchi xodim belgilaydi. Quduq, kollektor va tunellarda gaz paydo bo‘lib qolsa, ish
darhol to‘xtatilishi va gaz chiqayotgan manbani topib, uni o‘chirmaguncha, ishchilar
xavfli joydan chetlashtirilishi shart. Ish joyida yig‘ilib qolgan gazni chiqarib yuborish
uchun, majburiy shamollatish uskunasidan foydalanish zarur.
6. Sinov savollari
1. Kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini tayinlash.
2. Kabel elektr tarmoqlarida farmoyish bo‘yicha ish bajarish tartibi.
3. Kabel elektr tarmoqlarida yer qazish ishlarini tushuntiring.
4. Kabel va muftalarni inshootlarga osish hamda mahkamlash.
5. Muftani ochish va kabelni kesish yo‘llarini izohlang.
6. Muftaga qo‘yiladigan birikma bilan ishlash.
7. Kabellarni yotqizish ishlari qanday bajariladi?
8. Kabel va muftalarni boshqa yerga ko‘chirish ishlarini izohlang.
9. Yer osti inshootlarilagi ishlar necha ishchi-xodim
tomonidan amalga
oshiriladi?
6