Elektr mashinalar
Download 0.88 Mb.
|
сиртқига лаборатория
Qo’zg’atish toki ortirilganda priborlardan aniqlangan qiymatlar (magnitlanish) salt ishlash xarakteristkasini o’suvchi shoxobchasiga mos keladi, qo’zg’atish toki kamaytirilganda esa (magnitsizlanish) o’lchangan qiymatlar salt ishlash xarakteristkasining «pasayuvchi» shoxobchasiga mos keladi. Salt ishlash xarakteristkasining «o’suvchi» va «pasayuvchi» shoxobchalarining o’rtasidan o’tgan chiziq generatorining salt ishlash xarakteristkasi deb qabul qilinadi. Salt ishlash xarakteristkaning o’suvchi shoxobchasini qurish uchun asboblarning ko’rsatmalarini olishda qo’zg’atish toki faqat orttirilishi, pasayuvchi shoxobchani qurish uchun o’lchov asboblarini ko’rsatmalari olinayotganda qo’zg’atish toki faqat kamay-tirilishi kerak. Tajriba yordamida qurilgan salt ishlash xarakteristkasini sinxron mashinaning normal salt ishlash xarakteristkasi bilan solishtirish uchun bu xarakteristikalar bitta koordinata o’qlarida qurilishi kerak. Qo’yida sinxron mashinaning normal salt ishlash xarakteristkasini kurish uchun kerak bo’lgan kattaliklar keltirilgan. T a sh q i x a r a k t ye r i s t i k a. Sinxron generatorning aylanish chastotasi o’zgarmas (n2 = n1) qo’zg’atish toki (Iq = sonst) va quvvat koeffitsenti sos = const bo’lgan generatorning chiqish klemmalaridagi kuchlanish U1 bilan yuklama toki IL orasidagi bog’lanish tashqi xarakterictikani ifodalaydi. Tajriba qo’yidagi tartibda o’tkaziladi. Aylantiruvchi dvigatelni manbaga ulab, uning tezligini sinxron aylanish chastotasiga tenglashtiriladi va bu tezlik tajriba o’tkazish davomida o’zgartirilmaydi. So’ngra generatorning stator cho’lg’amiga aktiv yuklama ulanadi (R3 rubilpnikni ulab) va uning qarshiligi Ryu o’zgartiriladi, qo’zg’atish toki shunday o’zgartirilishi kerakki stator cho’lg’amidagi kuchlanish (U1 = U1nom) bo’lganda generatorning yuklama toki nominal qiymatiga teng bo’lsin (I1 = I1nom). Shundan keyin generatorning yuklamasini salt ishlash rejimigacha (I1 = 0) kamaytiriladi va tashqi xarakteristikani qurish uchun priborlarni ko’rsatmalari yozib olinadi. Generatorning yakor cho’lg’amiga aktiv-induktiv yuklamani ulab (R3 ni ajratib R4 ni ulab) tajriba takrorlanadi. Ampermetr A bilan volptmetr V larni ko’rsatmalari 8.2-jadvalga kiritiladi va bitta koordinata o’qlarida ikkita tashqi xarakteristika quriladi. 8.2 – jadval
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling