Elektr mashinalar


Laboratoriya ishining natijalarini taxlili


Download 0.88 Mb.
bet16/20
Sana28.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1024576
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
сиртқига лаборатория

Laboratoriya ishining natijalarini taxlili. Laboratoriya ishining natijalarini ta’lil qilib, genera-torning o’tkazilgan tajriba natijalarga asosan ko’rilgan xarakteristikalarini darslikda keltirilgan tipik xarakte-ristikalariga mos kelishi xaqida xulosa beriladi. Bunda u yoki bu grafikning ko’rinishiga taosir etuvchi fizik jarayon-larni alo’ida tushuntiriladi.
Masalan, nima uchun salt ishlash xarakteristikasi egri chiziqli ko’rinishda bo’lib, uning magnitlanish va magnitsiz-lanish shaxobchalari ustma - ust tushmaydi. Tajriba asosida chizilgan salt ishlash xarakteristikasini normal xarakteris-tika bilan solishtirilganda bu xarakteris-tikalarni bir-biridan farqini miqdor ji’atidan baxolash kerak. Xarak-teristikalarining miqdor jixatidan eng katta farqi ()

Ye0eng.kat. = (Ye taj - Ye norm)100, (8.4)

Bu yerda Ye taj va Ye norm kuchlanishlarning, tajriba asosida qurilgan va normal salt ishlash xarakteristikalarning eng katta farqiga to’g’ri keluvchi qo’zg’atish tokiga nisbatan aniqlangan nisbiy birliklardagi qiymatlari.


Generatorning tashqi va rostlash xarakterstikalarini taxlil qilishda aktiv yuklama bilan ishlaganda qurilgan xarakteristikalarni aktiv-reaktiv xarakterdagi yuklama bilan ishlaganda kurilgan xarakteristikalardan farqini tushuntirib berish kerak.
Generatorning xususiyatlarini ta’lil qilishda, yuklama ajratilgandan keyin kuchlanishning nominal o’zgarishi (8.1) va qo’zg’atish tokini nominal o’zgarishi (8.2) tushunchalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qisqa tutashuv tajribasining natijalarini taxlil qilishda esa qisqa tutashuv xarakteristikasini to’g’ri chiziqli ko’rinishda bo’lishini tushuntirish kerak.

Nazorat savollari.

1. Ayon qutbli va ayonsiz qutbli sinxron mashinalarning tuzilishlarini so’zlab bering.


2. Sinxron generatorda qanday qo’zg’atish usullari qo’llanadi?
3. Sinxron generatorning kuchlanishini rotorning aylanish chastotasini o’zgartirib rostlash mumkinmi?
4. Sinxron generatorning magnitlanish va magnitsiz-lanish salt ishlash xarakteristikalari nima uchun bir-biriga to’g’ri kelmaydi?
5. Sinxron generatorning xar-xil xarakterdagi yuklama-lar bilan ishlaganda qurilgan tashqi va rostlash xarakteris-tikalari nima uchun bir-biriga mos kelmaydi?
6. Sinxron generatorning qisqa tutashuv xarakteris-tikasini to’g’ri chiziqli ko’rinishida bo’lishini qanday tushunish mumkin?
7. Sinxron generatorning qisqa tutashuv nisbati nima va uning kattaligi generatorning xususiyatlariga qanday ta’sir ko’rsatadi ?



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling