Elektr mashinalar
Download 0.88 Mb.
|
сиртқига лаборатория
8.3 - jadval
Generator sos1 = 1 va sos1 < 1 rejimlarida ishlayotganda uning stator cho’lg’amidan yuklama ajiratilganda kuchlanishning nominal o’zgarishi (%). bu yerda U0 = E0 generatorning salt ishlash rejimidagi kuchlanishi. R o s t l a sh x a r a k t ye r i s t i k a s i - aylanish chastotasi n2 = n1 va kuchlanishi o’zgarmas U1 = Unom bo’lgan generatorning kuzatish toki Iq ni I1 yuklama tokiga bog’liqligini ifodalaydi. Generatorga ulangan aktiv yuklama sekin-asta orttiriladi (R3 ulanadi) va tajribani o’tkazish davrida sinxron generatorning yakor cho’lg’amidagi kuchlanish nominal qiymatiga teng va kattaligi o’zgarmasligini taominlash uchun qo’zg’atish toki o’zgartiriladi. Tajriba davomida yuklanish tokining (A2) taxminan bir xil oraliqlardagi qiymatlari uchun generatorning qo’zg’atish toki o’lchanadi (A3). O’lchov asboblarining ko’rsatmalarini 8.2 jadvalga yoziladi. Sinxron generatorning stator cho’lg’amiga aktiv-induktiv yuklamani ulab tajriba qaytariladi (R3 ajratilgan, R4 ulangan). Rostlash xarakteristikalardan qo’zg’atish tokining nominal o’zgarishini aniqlanada (%). Bu yerda Iqnom va Iq0nom - nominal yuklamaga ulangan generatorning nominal kuchlanishiga va salt ishlash rejim-lariga mos keluvchi qo’zg’atish toklarining qiymatlari, A. Q i s q a t u t a sh u v x a r a k t ye r i s t i k a s i - bir xil aylanish chastota bilan aylanayotgan n2 = n1 sinxron generatorining qisqa tutashuv rejimidagi statorning toki I1k bilan qo’zg’atish cho’lg’amidagi qo’zg’atish toki orasidagi bog’lanishni ifodalaydi. 2 – rasm. Uch fazali sinxron generatorning qisqa tutashuv tajribasini щtkazish sxemasi Sinxron generatorning qisqa tutashuv xarakte-ristiklarini nisbiy birliklarda qurish qabul qilingan I =f(I ) bu yerda I =Ik/Inom; va I =Iq/I0nom. Sinxron generatorning uch fazali qisqa tutashuv sxemasini yig’ib (8.2-rasm) uni o’qituvchi tekshirgandan so’ng, gene-ratorning qo’zg’atish cho’lg’ami-ni manbaga ulamasdan (R2 ulangan) aylantiruvchi dviga-telni ishga tushiriladi. Ge-neratorning tezligi nomi-nal aylanish chastotaga teng-lashtiriladi (n2 = n1), va tajribani o’tkazish davomida bu tezlik o’zgartirilmaydi; R2 rubilpnikni ulab, Rq potentsiometr yordamida gene-ratorning qo’zg’atish tokini generatorning qisqa tutashuv toki I1q = 1,2 I1nom ga tenglashgunga qadar sekin - asta orttiriladi. Qisqa tutashuv tokining I1q (ampermetr A1) taxminan bir xil intervallaridagi qiymatlari uchun qo’zg’a-tish toki o’lchanadi (ampermetr A2). Qisqa tutashuv tokining o’lchangan qiymatlaridan bittasi generatorning nominal tokiga teng (I1q = I1nom) bo’lishi shart. O’lchov asboblarining ko’rsatmalari jadvalga yoziladi.
So’ngra o’lchov asboblarining ko’rsatmalarini nisbiy birliklarda qayta xisoblanib, qisqa tutashuv xarakteris-tikasi quriladi. Sinxron generatorning qisqa tutashuv toklarni nisbati: QTN= I1q0nom/Iq.q.nom, (8.3) Bu yerda Iq.q.nom- qisqa tutashuv tajribasida statorning nominal (I1q = I1nom) tokiga mos kelgan qo’zg’atish toki, A. Ayon qutbli sinxron mashina-lar uchun QTN = 0,91,9.1> Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling