2– LABORATORIYA ISHI
ASINXRON MOTORNI ISHGA TUSHIRISH USULLARINI TEKSHIRISH
Ishning maqsadi.Asinxron motorni ishga tushirish xossalari tajribaviy tasdiьini olish, dvigatelni ishga tushirish sxemalari va uni ishga tushirish to’g’risida amaliy bilimlarni oshirish.
Ishning dasturi. 1. Dvigatelni konstruktsiyasi bilan tanishib, reaktor va ulash qurilmalari, o’lchov priborlari va boshqa yordamchi qurilmalarni pasport kattaliklarni yozish.
2. 3.1-rasmda ko’rsatilgan sxemani yig’ish va u o’qituvchi tomonidan tekshirilgandan so’ng manbaga to’g’ridan-to’g’ri ulash.
3. 3.1-rasmda ko’rsatilgan sxemadan foydalanib, stator cho’lg’ami sxemasini uchburchakdan yulduzga o’zgartirib yurgizishni amalga oshirish.
4. 3.2-rasmda ko’rsatilgan sxemani yig’ib, o’qituvchini ruxsatidan so’ng dvigatelni reaktor yordamida yurgizish.
1- rasm. qisqa tutashgan rotorli uch fazali asinxron motorning stator chщlamlarini yulduzdan uchburchakka qayta ulash bilan ishga tushirish uchun ulanish sxemasi
5. 3.3-rasmda ko’rsatilgan sxemani yig’ish va u o’qituvchi tomonidan tekshirilgandan so’ng ishga tushirish momentini manba kuchlanishiga bog’lanish grafigini qurish.
6. Xisobot tuzish va bajarilgan ish bo’yicha xulosa qilish.
Ishga tayyorgarlik ko’-rish. 1. Nazariy bilimlarni takrorlash: Uch fazali qisqa tutashuv rotorli asinxron motorni ishga tushirish xossalari; pasay-tirilgan kuchla-nishda ishga tushirish usullari; taxminlash kuchlanishni ishga tushirish tokiga va ishga tushirish mo-mentiga taxsiri;
A d a b i yo t. Katsman M.M. Elektricheskiye mashinы. – M.: Vыsshaya shkola, 2000, s 193-199.
2. Ishchi daftarda tajriba natijalarini kiritish uchun jadvallarni tayyorlash va grafik qurish uchun koor-dinata to’rlarini chizish.
Ishning bajarish tartibi. U m u m i y k o’ r s a t m a l a r. Laboratoriya mashьuloti davomida obxektiv natija olish uchun maxlum bo’lgan bir necha usullardan foyda-lanilganda bir dvigatelni ustida sinash ishlarini olib boriladi xamda o’lchash ishlarida xam bitta ampermetrdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |