ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR - O’tkazgich moddada, asosan metallarda, erkin, kristall panjara tugunlariga bog’liq bo’lmagan elektronlar mavjud, ular gaz molekulalari kabi metall ichida tartibsiz harakatda bo’ladi.
- Agar biror metall bo’lagini elektr zaryadlangan jism yaqiniga keltirsak, undagi elektronlar bir tomonga o’yib, qarshi tomonida elektronlar kamayadi va u musbat zaryadlanadi. Shu holda ikki qismga ajratilgan metallardagi musbat va manfiy zaryadlarni bir-biridan ajratish mumkin.
ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR - Bir jinsli elektr maydoniga kiritilgan o’tkazgichning ichida elektr maydoni mavjud emas (nolga teng), uning tashqarisida mavjud (nolga teng emas).
- Elektr zaryadlari o’tkazgichning faqat sirtida bo’ladi. Uchlik joylarida ko’p, botiq joylarida kam bo’ladi.
- Bir jinsli elektr maydoniga kiritilgan o’tkazgichning sirtida zaryadlar hosil bo’lishi jarayoniga elektrostatik induksiya hosilasi deyiladi.
ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR - Avval ikkita A va V metall silindrchalarni izolyatsiya qilingan gorizontal holda shtativda o’rnatib,ularni alohida-alohida elektroskoplarga o’rnatamiz. Elekrtoskop strelkalari nolni ko’rsatib turadi, silindrchalarni yaqinlashtirib bir-biriga tegizganimizda ham elektroskoplar nolni ko’rsatadi.So’ngra biror zaryadlangan sharchani yaqinlashtirsak, har ikkala elektroskop ham zaryad borligini ko’rsatadi, ularning strelkasi og’adi, shu holda ikkita silindrchani bir-biridan uzoqlashtiramiz, lekin elektroskop srtelkasi og’ganicha qoladi.
ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR - Bundan ko’rinadiki, metallarda erkin elektronlar bo’lib, tashqi maydon ta’siri metall-kristall jismdagi musbat tugunlardan ozod holda bo’lgan elektronlar, manfiy zaryadlar bir tomon, musbat zaryadlar o’nga qarama-qarshi tomonda to’plangan bo’lgan. Agar A va V silindrchalar musbat zaryadli B shar uzoqlashgandan so’ng yaqinlashib, bir-biriga tegizilsa, ularning zaryadlari neytrallashib, elektroskop strelkalari nolni ko’rsatadi.
ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR - Bu tajriba ko’rsatadiki, keltirilgan B sharcha zaryadi musbat bo’lsa, A metall silindrchani manfiy zaryadlari esa V silindrcha tomon kuchayadi. V ning elektronlari A silindrchaning musbat zaryadga yaqin tomoniga ko’chib, uning qarshi tomonidan ketishi bilan o’rnini musbat zaryadlangan zarralar egallaydi. Keyin shu holda musbat zaryadli B sharni silindrchadan uzoqlashtirsak, musbat va manfiy zaryadli elektroskoplarning srtelkalari og’ganicha qoladi.
ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR - Demak, metall (o’tkazgich)larda erkin elektronlar mavjud bo’lib, tashqi maydon ta’sirida maydon kuch chiziqlari yo’nalishda harakat qilishlari mumkin. Ammo metallga bir jinsli tashqi elektr maydon ta’sir etmasa, ular tarkibidagi erkin elektronlarning tartibsiz harakati tufayli tok xosil bo’lmaydi. Bir ismli zaryadlar (erkin elektronlar) bir-biridan uzoqlashadi va ularni metallning sirtiga to’planishga olib keladi.
ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR - Endi o’tkazgichlar sirtida elektr zaryadlarning taqsimlanishini qaraylik. Buning uchun izolator ustunchadagi kavak AV shakldagi metall jismni o’rnatib, uni elektrlaymiz.
- So’ngra izolyator dastaga o’rnatilgan va elektroskopga sim orqali ulangan S metall sharchani idish qismiga tegizib, sharchaning prujina-sim orqali ulangan elektrometr ko’rsatishini kuzatsak, ko’ramizki, A da katta, V da esa kamligi kuzatiladi.
ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR - Agar jism sim to’r shaklida bo’lsa, to’rning tashqi sirtida zaryad zichligi katta, ichki (botiq) qismida kam. Jismning sirti kamaya borib, simning uchi kichik bo’lsa, zaryadlar zichligi shunday ko’payaddiki, undan elektronlar chetga ucha boshlaydi. Buni Franklin parragi (g’altagi) aylanishidan kuzatamiz.
- Agar elektrometrga ulangan sinov sharcha S ni uzib olmasdan tashqi sirt bo’ylab surilsa, elektrometr ko’rsatishi – potensial hamma joyda bir xil ekanligini ko’rsatadi.
ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR - Vertikal o’qning ingichka uchida osilgan yengil silindrning qarama-qarshi tomonidan yaqinlashtirilgan metall uchlaridan zaryadlarni uchib chiqishi natijasida elektr shamol hosil bo’lib, silindrning aylanma harakatini kuzatish mumkin.
- Bulardan tashqari, metall to’r ichida zaryad bo’lmasligi hodisasidan kuzatuvchini yoki ba’zi asboblarni elektrostatik himoya qilishlarda foydalanish mumkin.
ELEKTR MAYDONDA O’TKAZGICHLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |