Elektr mexanikasi va texnologiyalari


-rasm. Ferrorezonans kuchlanish mo‘’tadillagichning sxemasi va


Download 1.41 Mb.
bet39/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

1-rasm. Ferrorezonans kuchlanish mo‘’tadillagichning sxemasi va
U2, Ukop, Uyukuchlanishlarni Ukr kuchlanishiga bog‘liqliklari

Ikkilamchi cho‘lg‘am S kondensator bilan shuntlangan qo‘shimcha cho‘lg‘am bilan birga (1-rasm,a ga qarang) tarmoq chastotasiga sozlangan tebra-nish konturini tashkil etadi. Bu kontur o‘ng ustunning qo‘shimcha to‘yini-shini xosil qiladi va ferrorezanans mo‘’tadillagichsining mo‘’tadillash xususiyatini yaxshilaydi.


Ferrorezanans mo‘’tadillagichlarini turli shaklga ega bo‘lgan po‘lat plastinalardan tayyorlash mumkin. Ularni rostlash va sozlash magnit shun-tini havo tirqishini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Qo‘llani-layotgan plastinalar turiga va quvvatiga bog‘liq holda bu mo‘’tadillagich-lar turlicha belgilanadi: SN-250, ST-200, S-0.09 va hokazo.
Elektr magnit kuchlanish mo‘tadillovchilarining afzalliklari quyi-dagilardan iborat: tarmoq kuchlanishi sezilarli darajada o‘zgarganda yuqori mo‘’tadillangan o‘zgaruvchan kuchlanishni olish imkoniyatini mav-judligi; inersiyasiz ishlashi; elektr ma’lumotlarining barqarorligi; konstruksiyaning oddiyligi va nisbatan afzalligi.
Ferrorezonans mo‘’tadillagichlar yuqorida keltirilgan afzalliklar bilan birga quyidagi bir qator yetishmovchiliklarga ega: nisbatan katta bo‘lmagan f.i.k. (0.7…0.85); chiqish kuchlanishini tarmoq chastotasiga bog‘-liqligi; maxsus filtrlarni ulashni talab qiladi; chiqish kuchlanishi shaklining buzilishi, bu esa chiqish kuchlanishini yuklama xarakteriga bog‘liqligi; sezilarli sochilma magnit maydonining mavjudligi.
Parametrik kuchlanish mo‘’tadillagichlar. Eng oddiy yarim o‘tkazgichli mo‘’tadillagichlardan biri bu rasmda (2-rasm,a) keltirilgan parametrik mo‘’tadillagichdir. Bu yerda mo‘’tadillagich elementi sifatida teskari yo‘nalishda ulangan kremniyli diod VD1 xizmat qiladi. Kichik qiymatga ega bo‘lgan kuchlanishda stabilitrondan xuddi oddiy diod-dagidek kuchlanishga kam bog‘liq bo‘lgan tok oqadi. Bu kuchlanish oshiril-ganda stabilitron to‘siq qatlamining elektr teshilishi sodir bo‘ladi. Bu holatda tokni keng ko‘lamda o‘zgarishi stabilitrondagi kuchlanishni o‘zgar-tirmaydi. Agarda stabilitronda ajralib chiqayotgan quvvat joiz qiymat-dan katta bo‘lmasa, u holda teshilish holati cheksiz uzoq muddat davom etishi va diodning o‘chirilishi va yoqilishida qaytarilishi mumkin. Bu teshilish kuchlanishi mo‘’tadillash Ust kuchlanishidir.



2-rasm. Parametrik kuchlanish mo‘’tadillagichining sxemasi (a)

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling