Elektr mexanikasi va texnologiyalari


– rasm. Individual kommutatsiyali kuchlanish avtonom invertori sxemasi


Download 1.41 Mb.
bet38/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

7 – rasm. Individual kommutatsiyali kuchlanish avtonom invertori sxemasi
Bundan tashqari avtonom invertorlarda anod va katod zanjirlaridagi tiristorlar uchun umumiy bo‘lgan kommutatsiya kondensatorlari qo‘llanilgan sxemalar, invertor tiristorlari uchun umumiy yagona bo‘lgan kommutatsiya qurilmasiga ega bo‘lgan sxemalar va boshqa xilma – xil kommutatsiya qurilmali sxemalar ham amaliyotda keng qo‘llaniladi.


Nazoart savollari
1.Ko‘prik kuch sxemali avtonom invertorning sxemasi.
2.Bir fazali KAI sxemasi.
3.Uch fazali KAI sxemasi



15-Ma’ruza: Burilish burchagi va Impulsli tezlik datchiklari. Ularning asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari.


Reja:
1. Burilish burchagi va Impulsli tezlik datchiklari.
2. Ularning asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari.
Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy:Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi:Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.

Ferrorezonans kuchlanish mo‘’tadillagichlar. Rezonans konturlarida foydalaniladigan elektr magnit kuchlanish mo‘’tadillagichlarini ferro-rezonansli deyiladi. Ulardan tayanch kuchlanish manbalari va kichik quv-vatli o‘zgaruvchan kuchlanish mo‘’tadillagichlari sifatida foydalaniladi.
Ko‘pincha ular Sh-ko‘rinishidagi uchta ustunli transformator po‘lati-dan tashkil topgan bitta o‘zakda bajariladi (1-rasm,a). Chekka ustun-larning ko‘ndalang kesimining yuzasi o‘rta ustunlarnikiga nisbatan sezi-larli darajada kichik bo‘ladi. Bundan tashqari chap tomonidagi ustun xavo tirqishi δ ga ega bo‘lib, bu tirqishch tashqi sochilish oqimini pasayti-ruvchi va ferrorezanans kuchlanish mo‘’tadillagichlarning qo‘shni qurilma-lar ishiga ta’sirini kamaytiruvchi rolni bajaradi.
O‘rta va o‘ng ustunlarda quyidagi cho‘lg‘amlar joylashtiriladi: o‘rta ustunda birlamchi w1 va qoplovchi (qoplovchi) wk cho‘lg‘amlar; o‘ng ustun-da ikkilamchi w2 va qo‘shimcha wd cho‘lg‘amlari joylashtiriladi. Qoplovchi cho‘l-g‘am soni ikkilamchi cho‘lg‘am soniga nisbatan 3…6 marta kam bo‘lganligi uchun bu cho‘lg‘amdagi kuchlanish nisbatan katta bo‘lmaydi. Bu cho‘lg‘am ikki-lamchi cho‘lg‘am bilan ketma-ket va unga qarama-qarshi ulangan.
Kirish kuchlanishi ulanganda birlamchi cho‘lg‘amda tok oqib o‘tadi, va bu tok o‘rta ustunda magnit oqimi F ni yaratadi. Bu oqim ikkiga bo‘linadi, bular: F1chap ustundan oqadigan va F2 – o‘ng ustundan oqadigan magnit oqimlar. Kichik kuchlanishlarda F1 kichik bo‘ladi, chunki uning yo‘lida kat-ta qarshilik hosil qiluvchi δ tirqish mavjud.
Oqim F ning asosiy qismi o‘ng ustun orqali oqib o‘tadi, ya’ni bu U2 va Ud1 kuchlanishlarni paydo qiluvchi F2 oqimidir. Kirish kuchlanishi Ukr ni oshirilganda unga proporsional ravishda U2 kuchlanishi ham ortadi (1-rasm,b). Kirish kuchlanishining keyinchalik oshirilishida o‘ng sterjeni-ning to‘yinishi sodir bo‘ladi, va shu ondan boshlab F2 magnit oqimi ham o‘zgaradi, F1 oqim ko‘paya boshlaydi, bu holda U2 kuchlanishi sezilarsiz darajada o‘zgaradi ya’ni mo‘’tadillash jarayoni boshlanadi.
Chiqish kuchlanishini mo‘’tadilligini oshirish uchun qoplovchi cho‘lg‘am xizmat qiladi. Bu cho‘lg‘amdagi kuchlanish kirish kuchlanishiga proporsio-nal ravishda o‘zgaradi. Qoplovchi cho‘lg‘am ikkilamchi cho‘lg‘amga qarama-qar-shi ulanganligi uchun yuklamadagi natijaviy kuchlanish ularning ayirma-siga teng bo‘ladi, ya’ni, Uyu = U2Ukop. Bundan kelib chiqadiki, U2 ning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishi Ukop kuchlanishi bilan qoplanadi, yukla-madagi kuchlanish esa anchayin mo‘’tadillashgan bo‘ladi (Uyu egri chizig‘i).







Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling