Elektr mexanikasi va texnologiyalari


Bir fazali eng sodda bog‘liq invertorning ishlash tahlili


Download 1.41 Mb.
bet34/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

Bir fazali eng sodda bog‘liq invertorning ishlash tahlili


3-rasm

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda bitta qurilma ham, to‘g‘rilagich ham bog‘liq invertor rejimlarida ishlashi mumkin. Bunga misol qilib o‘zgarmas tok elektryuritmasini ko‘rish mumkin. (4-rasm) O‘zgarmas tok elektryuritma dvigatel rejimida ishlayotgan bo‘lsa, uning o‘zgartkichi to‘g‘rilagich vazifasini bajaradi, agar yuritma generator rejimida ishlasa, uning o‘zgartkichi bog‘liq invertor vazifasini bajaradi. Oxirgi rejim asosan pastga tushayotgan transportning elektryuritma va o‘zgartkichida, elektryuritmaning tormozlash vaqtida va boshqa hollarda kuzatiladi, ya’ni transportning o‘zgarmas tok dvigatelida hosil bo‘lgan quvvat o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga uzatiladi.




4-rasm
Yuqoridagi rasmdan invertor tarkibida ikkita ideal e.yu.k. bo‘lib, ular: Ed - o‘zgarmas e.yu.k. va e2 - o‘zgaruvchan e.yu.k. (punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan). Transformator TP ning birlamchi chulg‘ami elektr tarmog‘iga ulangan.
Kuchlanishning birinchi yarim davrida e2 va Ed manbalar yo‘nalishlari tokning yo‘nalishi bilan mos tushadi va ikkala manbalar generator rejimida ishlaydilar. Bu holda iste’molchi vazifasini Ld induktivlik bajaradi. Bu rejimda invertorlash jarayoni sodir bo‘lmaydi.
Kuchlanishning ikkinchi yarim davrida e2 va Ed manbalar yo‘nalishlari qarama-qarshi bo‘ladi va bu intervalda invertorlash jarayoni sodir bo‘lishi mumkin. Bu holda Ed e.yu.k. ning yo‘nalishi i tokining yo‘nalishi bilan mos keladi, aksincha e2 ‘e.yu.k.ning yo‘nalishi i tokining yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘ladi. Invertorlash jarayonini hosil qilish uchun e2 ning birinchi yarim davrini ko‘pgina qismida B tiristor yopiq bo‘lishini ta’minlash kerak va faqatgina V0-Vr intervaldagina ochilishi mumkin bo‘lsin. Albatta Ed2m sharti bajarilishi kerak. (E2m– e2 manba kuchlanishining amplituda qiymati). Bu yerda chegaraviy nuqta V0 bilan belgilanadiki, chunki shu nuqtagacha tiristor to‘g‘ri kuchlanish ostida bo‘ladi va ochuvchi impuls orqali ochilishi mumkin.. Ikkinchi chegaraviy nuqta Vr bo‘lib, tiristor toki qiymati nolga tushib, tiristorga to‘g‘ri kuchlanish qo‘yilguncha, tiristor yopilib ventillik xususiyatini tiklab olishi uchun kerak bo‘lgan vaqt oralig‘i bilan belgilanadi. Ushbu shartlarni bajargan holda tiristorni ochilish burchagining diapazoni (a0¸ar) oralig‘ida bo‘lganida invertorlash rejimidagi tok quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
. (*)
(Bu yerda Xd – invertorlash konturidagi induktiv qarshi-liklar yig‘indisi, Xd=Xd )
Bu tenglama yordamida tokning o‘zgarish qonunini aniqlaymiz.

Tokning o‘zgarish tezligi Ed+e2 ga bog‘liq bo‘lib, Ed+e2>0 bo‘lsa, di/dt>0 – tok qiymati o‘sadi, Ed+e2=0 bo‘lsa – tok o‘zini maksimal qiymatiga ega bo‘ladi, Ed+e2<0 bo‘lsa – tok qiymati kamayadi. Oxirgi holda Ldda yig‘ilgan energiya hisobiga tok o‘tadi.
Agar tiristorni a=a2 da ochilsa, V2 - p oraliqda Ed va e2 manbalarning e.yu.k. yo‘nalishi o‘zaro mos tushadi va ular generator rejimida ishlaydilar va tok o‘tishi hisobiga Li da energiya yig‘iladi. p- V0 oraliqda e2 manbasini e.yu.k. yo‘nalishi o‘zgaradi va o‘tayotgan tok yo‘nalishiga mos tushmaydi – e2 manba iste’molchi rejimida ishlaydi, Ld da esa hamon energiya yig‘ilishi davom etadi. V=V0 dan boshlab Ld da yig‘ilgan energiya tarmoqqa bera boshlanadi. Invertorlash rejimi p- V2| oraliqda amalga oshadi. V=V2| ondan boshlab tiristordagi kuchlanish ishorasi manfiyga aylanadi, bunday hol b burchagi davomida saqlanadi V=V0| dan boshlab tiristorga ochuvchi impuls kelgunga qadar tiristor to‘g‘ri kuchlanish ostida bo‘lsa ham yopiq bo‘ladi.
(*) ifodaning o‘ng tomonida Ld drosseldagi kuchlanishning oniy qiymati keltirilgan. Ideal (isrofsiz) drosseldagi kuchlanishning o‘rtacha qiymati quyidagicha aniqlanadi:
(**)
Bu yerda l - tokning tiristordan o‘tish davomiyligi bo‘lib, uning qiymati yuqoridagi (**) ifodadan aniqlanadi.
Keltirilgan diagrammadan ko‘rinadiki, a=aA bo‘lsa, tiristor ochilganidan so‘ng yopila olmaydi, chunki 01| nuqtadan yana tiristor tokining qiymati Ed+e2 kuchlanish hisobiga ortib boradi. Bunday holda invertor qisqa tutashuv rejimida ishlaydi. Shuning uchun ham a=ar chegaraviy boshqarish burchagi bo‘lib, invertor chegaraviy rejimda normal ishlay oladi.
Demak, real invertorlarda nonormal rejimi 01| nuqtadan oldin sodir bo‘ladi, chunki yopilganidan so‘ng yopilish xususiyatini tiklashi uchun qandaydir d vaqt kerakki, shu vaqt ichida p-n o‘tishdagi zaryad tashuvchilar so‘rilib ulgurishlari kerak. Bundan xulosa shuki, tiristor 01 nuqtadan kamida d burchagidan oldinroq yopilishi kerak.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling