Elektr mexanikasi va texnologiyalari


Download 1.41 Mb.
bet31/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

Nazorat uchun savollar
1.Bir fazali ko‘priksimon sxema.
2.O‘rtacha nuqtali uch fazali sxema.
3.Olti fazali sxema.
4.Uch fazali ko‘prik sxema.


12-Ma’ruza: Elektr manbalari. Ularning asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari, vaqt diagrammalari, ularning afzaliklari, solishtirma tahlili, energiya samaradorligi.


Reja:

  1. Elektr manbalari.

  2. Ularning asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari, vaqt diagrammalari, ularning afzaliklari, solishtirma tahlili, energiya samaradorligi.

  3. O‘zgarmas kuchlanish rostlagichlari klassifikatsiyasi.


Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi: Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.
O‘zgarmas kuchlanish qiymatini o‘zgartkich yordamida kerakli qonun asosida o‘zgartirish mumkin. O‘zgarmas kuchlanish qiymatini o‘zgartirish yoki rostlash uchun ishlatiladigan qurilmalar o‘zgarmas kuchlanish rostlagichi deyiladi. Demak, o‘zgarmas kuchlanish rostlagichlari yordamida yuklamaga beriladigan kuchlanish Uyu qiymatini manba kuchlanish qiymati Ye dan farq qilib beriladi (quyidagi 1-rasmda keltirilgan blok-sxemaga qarang).

1-rasm
Yuklamaga berilayotgan kuchlanishning o‘rtacha qiymatini impuls usulini qo‘llab o‘zgartirilganligi uchun o‘zgarmas kuchlanish o‘zgartkichlari ham deyiladi. Yuklamaga berilayotgan kuchlanishning keng tarqalgan shakli 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm
Bu rasmdagi:
Uyu – yuklamadagi kuchlanishning o‘rtacha qiymati;
tuimpulsning davomiyligi;
tp – pauzaning davomiyligi;
T – qaytarilish davri.
Xuddi to‘g‘rilagichlardagi kabi o‘zgarmas kuchlanish rostlagichi chiqishdagi kuchlanishning shakl sifatini yaxshilash (ya’ni uzluksiz shaklga o‘tkazish) maqsadida tekislovchi filtrlar ishlatilishi mumkin.
O‘zgarmas kuchlanish rostlagichi chiqishdagi kuchlanishning o‘rtacha qiymatini quyidagi usullarda o‘zgartirish mumkin:
Impuls davomiyligini o‘zgartirish usuli (shirotno-impulsniy metod)
Impuls chastotasini o‘zgartirish usuli (chastotno-impulsniy metod)
Aralash yoki vaqt impulsli usuli (kombinirovanniy ili vremya impulsniy metod)
Impuls davomiyligini o‘zgartirish usulida tu=var, T=const (3-rasm). Agar yuklamadagi impuls chastotasi bo‘lsa, yuklamadagi o‘zgarmas kuchlanishning o‘rtacha qiymati manba kuchlanishi orqali quyidagicha aniqlanadi:

tu=0 , bo‘lsa, g=0 va Uyu=0
tu=T , bo‘lsa, g=1 va Uyu=E


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling