Elektr mexanikasi va texnologiyalari


Download 1.41 Mb.
bet29/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

Olti fazali sxema. O‘zgartkich agregatlarining quvvati katta va sxemalaridagi ekvivalent fazalar soni kam bo‘lganda zarur bo‘lgan o‘zgartirish sifati ta’minlanmaydi va to‘g‘rilangan kuchlanishning garmonik tashkil etuvchilarini kamaytirish uchun silliqlashtiruvchi reaktorning quvvatini oshirishga majbur bo‘linadi.
Shu sababli, quvvati 250 kV×A bo‘lgan agregatlardan ekvivalent olti fazali, quvvati 4000 kV×A da esa - o‘n ikki fazali sxemalar kabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Tarmoq chulg‘amlari «uchburchak» ulanganda o‘zgarmas magnit oqimining ko‘pgina qismi birlamchi chulg‘amning «uchburchak» konturidagi tok hosil qilgan m.yu.k. bilan kompensatsiyalanadi. Ventil chulg‘amlardagi tok kuchlanishning faqat 1/6 davrida oqqanligi tufayli, ushbu chulg‘amlar foydali ishlatilishi kabi bo‘ladi va transformatorning tipik quvvati sezilarli ortadi.
Chulg‘amlari va ventillari olti fazali bir taktli sxemada bo‘gan, ya’ni birlamchi chulg‘am «yulduzcha» yoki «uchburchak» va ikkilamchi chulg‘amda ikki teskari «yulduzcha» bilan muvozanatlovchi reaktor magnit o‘zakning majburiy o‘zgarmas magnit maydoni butkul bartaraf etiladi. «Yulduzcha» larning 01 va 02 nol nuqtalari bir-biri bilan bir fazali ferromagnit o‘zakli muvofiqlovchi reaktor orqali ulangan; bunda reaktor chulg‘amining o‘rtacha nuqtasi tok zanjirining manfiy qutbi bo‘lib xizmat qiladi. Reaktor 01-02 klemmalari orasidagi ikki ventil guruhlari kontur toklari uchun juda katta induktiv qarshilikka ega. Bunga sabab, chulg‘amlarning ikki qismi o‘zaro muvofiq ulanganligidir. Shu bilan birga, reaktor chulg‘amlarining 0 nuqtada toklarning 01 va 02 nuqtalari tomon oqayotgan shaxobchalaridagi induktiv qarshiliklari juda kichikdir, chunki shu har bir tokning hosil qlayotgan m.yu.k. lari o‘zgartkich yuki tokining yarmisiga teng va ular o‘zaro kompensatsiyalanadi.
Muvozanatlovchi reaktor birinich va ikkinchi guurh ventillariga kelayotgan anod kuchlanishlarining oniy qiymatlarini ikkala guruh kontur toklarim uchun o‘zining juda katta induktivligi mavjudligi tufayli silliqlashtiradi va yuk tokining bo‘linishini ta’minlaydi. Bu jarayon faqatgina kichik toklarda sodir bo‘lmaydi. Muvozanatlovchi reaktordagi maksimal kuchlanishning qiymati ventil chulg‘ami faza kuchlanishi amplitudasining yarmiga teng, kuchlanishning chastotasi esa tarmoq ta’minlovchi kuchlanishidan uch marta katta.
Agar to‘g‘rilangan tokning qiymati muvozanatlovchi reaktorni magnitlovchi tok (nominal qiymatning 2-5%) dan kichik bo‘lsa, muvozanatlovchi reaktorning ta’siri sezilmaydi, bunda to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati ga teng bo‘ladi. To‘g‘rilangan kritik qiymatdan ortgandan boshlab to‘g‘rilangan kuchlanishning qiymati bo‘ladi.
Transformatorning ventil va tarmoq chulg‘amlari toklarining ta’xmir etuvchi qiymati quyidagi ifodalar bilan aniqlanadi:

Transformatorning tarmoq va ventil chulg‘amlari mo‘ljallangan quvvatlari va transformatorning mo‘ljallangan tipik quvvati, mos ravishda quyidagilarga teng:




muvozanatlovchi reaktorning mo‘ljallangan quvvati, undagi kuchlanish chastotasining uch marta kattaligini e’tiborga olsak ga teng bo‘ladi.
Ushbu sxemada ventillarning kommutasion burchagi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

To‘g‘rilagichning o‘ta yuklanganida ventillarning kommutasion burchagi 600 dan ortishi mumkin. Bu jarayon esa bir onning o‘zida uchta ventildan tok oqishiga olib keladi.
Asosiy ishlash rejimi kommutasion burchagining 600 dan kichik bo‘lgan qiymatlariga mos keladi; bunda ventillar ikkitadan – kommutatsiyalararo oraliqda va uchtadan – kommutasion oraliqlarda guruh bo‘lib ishlaydilar.
Ushbu sxema uchun tashqi tavsif tenglamasi quyidagi shaklga ega:

Yuk qiymatining kritik qiymatdan kichik bo‘lgandagi kichik yuk tok uchun to‘g‘rilangan kuchlanishning kesin ortishini bartaraf etish uchun juda kichik balast yuk kiritialdi yoki muvozanatlovchi reaktorni maxsus o‘zgartkich yordamida uch marta chastotasi m.yu.k. bilan qo‘shimcha ta’minlanadi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling