Elektr mexanikasi va texnologiyalari
Download 1.41 Mb.
|
2-курс.Ma\'ruza 3
3-Rasm
4-Rasm Demak g ni 0 dan 1 gacha o‘zgartirish yordamida Uyu kuchlanish qiymatini o‘zgartirish mumkin. Impuls chastotasini o‘zgartirish usulida tu= const va T=var bo‘ladi (4-rasm). Bu holda yuklamadagi o‘zgarmas kuchlanishning o‘rtacha qiymati manba kuchlanishi orqali quyidagicha ifodalanadi: U holda, f=0 bo‘lsa Uyu=0 f=1/tu bo‘lsa Uyu=E Aralash yoki vaqt-impulsli usulda tu= var , T= var bo‘ladi. Bu holda Uyu ning o‘rtacha qiymati tu va T lar qiymatlarini o‘zgartirish hisobiga sodir bo‘ladi. O‘zgarmas kuchlanish rostlagichi chiqishidagi kuchlanishning ¢rtacha qiymatidan tashqari kuchlanishning ta’sir etuvchan (effektiv) qiymati ham keng ishlatiladi va u quyidagicha aniqlanadi O‘zgarmas kuchlanish rostlagichlarini, umuman, quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin. Kuchlanish rostlagichi sxemalarida ishlatilayotgan yarimo‘tkazgichli asbobning turiga qarab to‘liq boshqariladigan va to‘liq boshqarilmaydigan kuchlanish rostlagichlariga bo‘linadi. To‘liq boshqariladigan yarimo‘tkazgichli asboblarga tran-zistorlar, ikki amalli tiristorlar misol bo‘la oladi. Demak, shu yarimo‘tkazgichli asboblarda bajarilgan rostlagichlar to‘liq bosh-qariladigan kuchlanish rostlagichlari deyiladi. Yuqoridagi har ikkala kuchlanish rostlagichlari o‘z navbatida reversiv va noreversivlarga bo‘linadi. Noreversiv o‘zgarmas kuchlanish rostlagichlarida chiqish kuchlanishi amplitudalari va uning ishorasi œzgarmas bo‘ladi (impulsning davomiyligi o‘zgaradi). Reversiv o‘zgarmas kuchlanish rostlagichlarida chiqish kuchlanishi amplitudasi o‘zgarmaydi, lekin impulsning davomiyligi va qutblanishi (ishorasi) o‘zgaradi. Noreversiv o‘zgarmas kuchlanish rostlagichlari sxema tarkibidagi yarimo‘tkazgichli asbob va drosselni ulanish joyiga qarab 3 tipga (toifaga) bo‘linadi. Birinchi toifali noreversiv o‘zgarmas kuchlanish rostlagichlarida boshqariladigan ventil va drossel yuklamaga ketma-ket ulanadi (5-rasm). Shuning uchun ham bunday rostlagichlarni ketma-ket rostlagichlar sxemasi ham deyiladi. Bu rostlagichlarda Uyud bo‘ladi. 5 rasm Ikkinchi toifali noreversiv o‘zgarmas kuchlanish rostlagichlarida boshqariladigan ventil yuklamaga parallel, drossel esa yuklamaga ketma-ket ulanadi (6-rasm). 6 rasm Uchinchi toifali noreversiv o‘zgarmas kuchlanish rostlagichlarida drossel yuklamaga nisbatan parallel, boshqariladigan ventil esa yuklamaga ketma-ket ulanadi (7-rasm). Ikkinchi va uchinchi toifali œzgarmas kuchlanish rostlagichlarida Uyu>Ud bo‘lishi mumkin. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling