Elektr mexanikasi va texnologiyalari


Download 1.41 Mb.
bet33/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

7-rasm
Nazorat savollari

  1. O‘zgarmas kuchlanish rostlagichi nima?

  2. O‘zgarmas kuchlanish rostlagichi yuklamasidagi impuls kuchlanishini parametrlari haqida nimalarni bilasiz?

  3. O‘zgarmas kuchlanish rostlagichi chiqishidagi kuchlanishning o‘rtacha qiymatini qanday usullar yordamida o‘zgartirish mumkin?

  4. Reversiv va noreversiv kuchlanish rostlagichlarining o‘zaro farqlari haqida nimalarni bilasiz?

  5. Noreversiv o‘zgarmas kuchlanish rostlagichlari tarkibidagi yarimo‘tkazgichli asbob va drosselni ulanish joyiga qarab qanday toifalarga bo‘linadi?


13-Ma’ruza: Kuchlanish stabilizatorlari. Ularning asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari, vaqt diagrammalari, ularning afzaliklari, solishtirma tahlili, energiya samaradorligi.


Reja:
1. Kuchlanish stabilizatorlari.
2. Ularning asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari, vaqt diagrammalari, ularning afzaliklari, solishtirma tahlili, energiya samaradorligi.
3.Bir fazali eng sodda bog‘liq invertorning ishlashi haqida.

Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy:Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi:Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.
O‘zgarmas tok elektr energiyasini o‘zgaruvchan tok elektr energiyasiga aylantirish jarayonini invertorlash deyiladi. Invertorlash vazifasini bajaruvchi qurilma (o‘zgartkich) invertor deyiladi. Invertorlar asosan ikki guruhga bo‘linadi:
1.Bog‘liq invertorlar
2.Avtonom invertorlar
Bog‘liq invertorlarda yuklama sifatida elektr tarmog‘i ishlatiladi. Bu holda invertorning yuklama parametrlari elektr tarmoq parametrlari bilan aniqlanadi (yoki elektr tarmoq parametrlariga bog‘liq bo‘ladi), shuning uchun ham bunday invertorlarni bog‘liq invertorlar deyiladi.
Bog‘liq invertorni ishlashini 1, 2-rasmlarda keltirilgan sxema va diagrammalar orqali ko‘rib chiqamiz. AB batareyaning «+» qutbi tiristor katodi bilan ulangan.Bu holda sxema to‘g‘rilash rejimida ishlaydi. Agar sxema elementlari ideal bo‘lsa, u holda eab=Uab, Ed=Ud bo‘ladi. To‘g‘rilash rejimida qavssiz ko‘rsatilgan Ed bo‘lsa, V=V1 da tiristorga ochuvchi impuls berilsa, u ochiladi va Uab>Ud sharti bajarilish vaqti ichida id toki o‘sib boradi.





2-rasm
Bunda id toki Uab-Ud kuchlanishi hisobiga hosil bo‘ladi. V=V2 dan boshlab Uabd sharti bajarilsa ham Ld induktivlikda yig‘ilgan energiya hisobiga id tok o‘tishini davom ettiradi va nihoyat V=V3 da id=0 bo‘ladi. Yuqoridagi holda AB batareyasi e.yu.k. yo‘nalishiga teskari yo‘nalishga ega bo‘lgan tok o‘tgani uchun AB batareya yuklama hisoblanadi, ya’ni AB batareya energiyani qabul qiladi. Elektr tarmog‘i esa generator vazifasini bajaradi, (chunki eab e.yu.k. va induktivlikdan o‘tayotgan tok yo‘nalishlari o‘zaro mos), ya’ni elektr tarmog‘i o‘zidan energiyani uzatadi.
Agar sxemadagi AB batareyani teskari qutb bilan ulansa (sxemada shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan), u holda sxemaning ishlash diagrammasi 3-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu holda AB batareya generator bo‘lib hisoblansa, elektr tarmog‘i esa yuklama vazifasini bajaradi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling