Elektr mexanikasi va texnologiyalari


Download 1.41 Mb.
bet53/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

3. Ishqorli akkumulyatorlar
Akkumulyatorlarning tasnifi. Ishqorli akkumulyatorlardan ko‘chib yuruvchi (olib yuriladigan) apparaturalarda va xarakatdagi ob’ektlarda foydalaniladi. Faol massa tarkibiga ko‘ra, ishqorli akkumulyatorlar nikel-temirli (NJ), nikel-kadmiyli (NK) va kumush-ruxli (SS) bo‘ladi. NJ va NK faol massali akkumulyatorlar eng ko‘p qo‘llaniladi. Tuzilish jixatidan, ular deyarli farqlanmaydilar. Nikellangan po‘lat idishda separatorlar bilan ajratilgan musbat va manfiy plastinkalar bloki joylashgan.
Plastinkalar bir xil tuzulmaga ega bo‘lib, faqat faol massalar bilan farqlanadi. U, ichiga teshikchalar bo‘lgan nikellangan po‘lat lentali paket (lamel) lar joylashtirilgan po‘lat xalqalardan iborat bo‘ladi. Paketlar-ga faol massa presslangan bo‘ladi. Manfiy plastinkalar uchun Fe – temir kukuni, musbat uchun – yaxshi elektr o‘tkazuvchanlikni ta’minlash maqsadi-da, grafit bilan aralashtirilgan nikelning gidrat oksidi Ni(ON)3 qo‘l-laniladi. Akkumulyatorlar zaryadlanganda va zaryadsizlanganda kechadigan kimyoviy reaksiyalarning tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
Fe + 2Ni(OH)3↔ Fe(OH)2+ 2Ni(OH)2.
NJ akkumulyatorlardagi manfiy plastinkalar soni musbat plastinka-lar soniga qaraganda bitta ortiq bo‘ladi. Chekka (manfiy) plastinkalar korpusga tegib turadi va akkumulyatorning manfiy qutbiga bog‘langan bo‘-ladi. Elektrolit sifatida kaliy ishqori (yedkiy) – KON yoki natriy ishqori –NaOH larning suvdagi aralashmasi qo‘llanilib, ularning zichligi 1,21 G/sm³ bo‘ladi va bunda litiy ishqori LiOH xam qo‘shiladi. Bunday turdagi akkumulyatorlar quyidagicha belgilanadi: NJ-45, bu yerda NJ – elektr kimyoviy tizimni bildirsa, 45 – akkumulyator tizimining sig‘imi (A·soat) ni bildiradi.
Nikel-kadmiyliakkumulyatorlarda manfiy plastinkalarning faol massasi g‘ovakli kadmiydan iborat. Ulardagi musbat plastinkalar NJ akkumulyatordagi plastinkalar bilan bir xil bo‘ladi. NK akkumulyatorlar-da chetki plastinkalar musbat bo‘lib, ular korpusga va u orqali musbat qutbga tegib turadi. NK akkumulyatorlarning belgilanishi nikel-temir (NJ) akkumulyatorlari kabi bo‘ladi.
Kam energiya iste’mol qiladigan, ko‘chib yuradigan apparatlarda kichik o‘lchamli germetik nikel-kadmiy akkumulyatorlardan keng foydalaniladi. Ular quyidagi uchta tuzulmaviy variantda ishlab chiqariladi: diskli, silindrli, to‘g‘ri burchakli. Bu akkumulyatorlar kichik sig‘im (S= 0.06 …1.5 A·soat) ga ega. Bunday akkumulyatorlarning o‘ziga xos xususiyatlardan biri, ularni zaryadlanish paytida elektrodlarning faol massalari ajratayotgan gazlarni yutishidir. Lekin gazlarni yutish tezligi kichik bo‘lganligi uchun akkumulyatorlardagi bosim ko‘payib, deformatsiyaga, ba’zi hollarda esa bu korpusni yorilib ketishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bunda zaryadlash toki Iz< 0.1 Sn bo‘ladi. Germetik akkumulyatorlar quyida-gicha markalanadi: 7D 0,1 – bu yerda 7 – ketma-ket ulangan akkumulyatorlar soni; D – tuzulma turi (diskli); 0,1 – sig‘im, A·soat;

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling