Elektr mexanikasi va texnologiyalari


O‘z-o‘zidan zaryadsizlanish


Download 1.41 Mb.
bet49/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

O‘z-o‘zidan zaryadsizlanish akkumulyatorlarda, ular yig‘gan energiyani yo‘qotilishi bilan xarakterlanadi. O‘z-o‘zidan zaryadsizlanishning barcha kimyoviy tok manbalariga tegishli bo‘lgan umumiy sabablaridan tashqari, faqat kislota-qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlarga hos bo‘lgan qo‘shimcha sabablar xam mavjud.
Bunday sabablardan biri – buxavodagikislorodning manfiy plas-tinkalarni faol massalariga ta’siridir. Ularda xuddi musbat plastin-kalardagi kabi, qo‘rg‘oshin ikki oksidi hosil bo‘ladi. Bir xil ikkita juftlikning (qo‘rg‘oshin ikki oksidi – elektrolit) xosil bo‘lishi, elekt-rodlar potensiallarining tenglashuviga olib keladi, bu esa sig‘imni yo‘qotish bilan barobardir; boshqa sabab – bu o‘z yuzasida qo‘rg‘oshin ikki oksidi, ichida esa qo‘rg‘oshin kukuni bo‘lgan konstruktiv musbat plastin-kalardir.
Nazorat savollari.
1.Kislota-qo‘rg‘oshinli akkumulyatorning ishlash prinsipi.
2.Elektrolitning dissotsiatsiya va assotsiatsiya holati deganda nimani tushinasiz.
3.Akkumulyatorlarning elektr ko‘rsatkichlarini aytning

18- Ma’ruza: Energiya tejaydigan elektr texnikaviy qurilma va tizimlarda qo‘llaniladigan o‘lchovchi va nazorat qiluvchi datchiklarning majmuasi.


Reja:
1. Energiya tejaydigan elektr texnikaviy qurilma
2. Energiya tejaydigan elektr texnikaviy qurilma va tizimlarda qo‘llaniladi
3. Energiya tejaydigan elektr texnikaviy qurilma va tizimlarda qo‘llaniladigan o‘lchovchi va nazorat qiluvchi datchiklarning majmuasi.
Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy:Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi:Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.

1. Kislota-qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlarning
zaryadlash rejimlari
Ochiq turdagi stasionar kislotali akkumulyatorlarni, ularni tayyor-laydigan zavod tomonidan bo‘laklarga bo‘lingan holda olib kelinib, ishlatish joyida yig‘adilar. Idishga musbat va manfiy plastinkalarning guruxlari joylashtirilib, ular vodorod gorelka yordamida qo‘rg‘oshin shinalar bilan ulanadi. Shundan so‘ng, elektrolit quyib, uni 3…4 soat mobaynida plastinkalarga singdiriladi. So‘ng, shakllashtirish (formov-ka) deb nomlanadigan ish bajariladi, keyin esa ishlatish sikllari: zaryadlash – zaryadsizlanish, qayta zaryadlash va nazoratli zaryadsizlanishi bajariladi.
Shakllash o‘z ichiga dastlabki zaryadlash va mashq qilish (trenirovka) ni oladi. Akkumulyator zaryadlash qurilmasiga ulanganda dastlabki zaryadlash amalga oshiriladi. Zaryadlash toki, akkumulyatorning indeks nomeriga muofiq, IzN deb tanlanadi. Zaryadlash vaqti “qaynash” boshlanguncha bo‘lgan 24…36 soatni tashkil etadi. Bunda kuchlanish 2,4 V ga erishadi, shundan so‘ng zaryadlash to‘xtatiladi va akkumulyatorga bir soatlik dam beriladi. Lekin shunga e’tibor qaratish kerakki, zaryadlayotgan vaqtda elektrolit harorati 45˚S dan ortib ketsa, zaryadlashni harorat pasaygunga qadar to‘xtatib turish kerak. Shundan so‘ng, zaryadlash yana “qaynash” paydo bo‘lguncha tiklanadi va keyinchalik, u bir soatlik dam bilan qayta olib boriladi. Keyingi bosqich mashq qilish bo‘lib, u o‘z ichiga zaryadlash – zaryadsizlanishning uchta bosqichini oladi. Birinchi bosqichdan keyin, akkumulyator nominal sig‘imning 70 % ga teng bo‘lgan sig‘imga erishadi. Uchinchi bosqichdan so‘ng, esa akkumulyator nominalga teng bo‘lgan sig‘imga ega bo‘ladi.
Akkumulyatorning ishlatish (foydalanish) uchun zaryadlash turli rejimlarda amalga oshirilishi mumkin.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling