Elektr motorlar va generatorlar Reja
Download 82 Kb.
|
Elektr motorlar va generatorlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinxron generator
- Asinxron generator
O ʻzgarmas tok mashinasi — mexanik energiyani oʻzgarmas tok elektr energiyasiga (generator) yoki oʻzgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) aylantirib beradigan elektr mashina. Ham generator, ham dvigatel sifatida ishlashi mumkin. Generatorning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga, dvigatelning ishi tokli oʻtkazgichning magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashishiga asoslangan; unda elektromagnit aylantiruvchi moment vujudga keladi. Oʻzgarmas tok mashinasim.ning aktiv qismlariga magnitli oʻzak, stator va rotor (yakor) chulgʻamlari hamda kollektor kiradi.
Sinxron generator (yun. synchrenos — bir vaqtli va generator) — generator rejimida ishlaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi; sinxron mashina. Odatda, sinxron mashina 3 fazali (generator, dvigatel, kompensator) boʻladi. Sanoat chastotali tok hosil kilish uchun rotorlari bugʻ turbinalari (turbogeneratorlar) yoki suv turbinalari (gidrogeneratorlar) bilan harakatlantiriladigan S. g .lar keng ishlatiladi. Shuningdek, gaz turbinasi, ichki ye’nuv dvigateli, elektr dvigatellaridan harakatlanadigan S.glar qam bor. S.g . rotorining chulgʻamlari alohida generator yoki toʻgʻrilagichdan oʻzgarmas tok bilan taʼminlanadi. Rotor aylanganda uning magnit maydoni statorda oʻzgaruvchan elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil qiladi. Sinxron generatork. kiymati rotor chulgamidagi tokni oʻzgartirish yoʻli bilan rbstlanadi. S.g .lardan oʻzgarmas chastotali oʻzgaruvchan tok manbai sifatida foydalaniladi; ular elektr st-yalari, elektr qurilmalari va boshqalarga oʻrnatiladi. Asinxron generator — Generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanikenergiyanielektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator xarakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yoʻnalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda Asinxron generator rotorinint sirpanishi manfiy boʻlib qoladi, mashina valida tormozlovchi moment vujudga keladi va energiyasini tarmoqqa berib, generator sifatida ishlaydi. Asinxron generatordan kichik quvvatli yordamchi elektr tok manbai va tormozlash qurilmasi sifatida foydalaniladi. Hozirgi elektr stansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish uchun uch fazali o’zgaruvchan tok sinxron generatorlari ishlatiladi. Turbogeneratorlar (birlamchi dvigateli – bug’ yoki gaz turbinasi) va gidrogeneratorlar (birlamchi dvigateli - gidroturbina) bo’ladi. Sinxron elektr mashinalari uchun turg’un ish rejimida agregatning aylanish soni chastotasi (ayl/dak) bilan tarmoq chastotasi f (Gs) orasida aniq muvofiqlik bor: n = 60/ f (1) p bunda p - generator statori chulg’amlarining juft qutblari soni. Bug’ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500 ayl/dak) qilib chiqariladi, chunki shunda turbogeneratorlar eng yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Odatdagi, yoqilg’ida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida (IEM larda) agregatlarning aylanish chastotasi, odatda, 3000 ayl/dak ni tashkil etadi, sinxron turbogeneratorlarda esa ikkita qutb bo’ladi. AES da aylanish chastotasi 1500 va 3000 ayl/dak bo’lgan agregatlar ishlatiladi. Turbogeneratorlar tezyurarligi sababli uning konstruksiyasining o’ziga xos tomonlari bo’ladi. Bu generatorlar vali gorizontal joylashadigan qilib tayyorlanadi. Turbogeneratorning katta mexanik va issiqlik yuklamalarida ishlovchi rotori magnit hamda mexanik xossalari yuqori bo’lgan maxsus (xrom-nikelli yoki xrom–nikelmolibdenli) po’latdan tayyorlangan yaxlit pokovkadan yasaladi. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling